Avvalroq, mamlakatimizda muqaddas Ramazon oyining joriy yil 17 maydan boshlanishi haqida ma’lum qilingan edi.
Kecha, 15 kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari oyning harakatini kuzatgan holda 1439 hijriy Sha’bon oyi 30 kun bo‘lishini hamda Ramazon oyining dastlabki kuni 17 may sanasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildilar. Bu haqda "saudigazette" nashri xabar berdi.
Malayziya, Indoneziya, Singapur, Brunay, Avstraliya va Oman davlatlarida 17 may, payshanba kuni ramazonning birinchi kuni deb e’lon qilindi.
Alloh taolo yurtimizga ushbu muborak oyni barakotli qilsin!
O‘MI Matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyati Koson tumani imom-xatiblari "Xoja Buxoriy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘lishdi.
Tanishuv davomida mehmonlar ta’lim muassasasi faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, imom-xatiblar tomonidan bilim yurtiga 2 dona sovutkich sovg‘a qilindi. "Xoja Buxoriy" ta’lim muassasasi jamoasi ko‘rsatilgan e’tibor va saxovat uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati