Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Kahf surasini juma kuni o‘qisa, ikki juma oralig‘ida unga nur ato etiladi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Kim “Baqara” surasini o‘qisa...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Baqara surasini o‘qisa, jannatda toj kiydiriladi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Kim “Yosin” surasini o‘qisa...
Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Yosin surasini Alloh roziligi uchun o‘qisa, avvalgi gunohlari kechiriladi. Sizlar uni o‘liklaringiz huzurida o‘qinglar”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Yosin surasini kechasi o‘qisa, gunohlari kechirilgan holda tong ottiradi”, dedilar (Imom Abu Nuaym rivoyati).
Kim “Duxon” surasini o‘qisa...
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Duxon surasini har juma kechasi yoki juma kuni o‘qisa, Alloh u uchun jannatda uy bino qiladi”, dedilar. (Imom Tabaroniy rivoyati).
Kim “Voqea” surasini o‘qisa...
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Voqea surasini har kecha o‘qisa, unga hech ham muhtojlik yetmaydi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Kim “Fotiha” va “Ixlos” suralarini o‘qisa...
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim juma kuni imom salom berib, oyoqlarini yozishidan oldin Fotiha, Ixlos, Falaq va Nos suralarini yetti marta o‘qisa, avvalgiyu keyingi gunohlari kechiriladi”, dedilar (Imom Abul As’ad Qushayriy rivoyati).
Kim “Fotiha” surasi va “Oyatul Kursiy” oyatini o‘qisa...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Fotiha surasi va Oyatul Kursiyni biror banda bir hovlida o‘qisa, o‘sha kuni inson yoki jinning ko‘zi tegmaydi”, dedilar (Imom Daylamiy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Fatvo.uz” mobil ilovasi orqali diniy masalalar bo‘yicha ishonchli ma’lumot va javoblarni olishingiz mumkin.
Ilova imkoniyatlari:
diniy savollarga javob olish;
kunlik namoz vaqtlarini ko‘rish;
fatvo va savol-javoblarni mutolaa qilish;
diniy maqolalar hamda foydali kitob va manbalar bilan tanishish;
qulay qidiruv orqali kerakli ma’lumotni tez topish.
Ilovadagi «Savol berish» tugmasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, savolingizni yo‘llashingiz va unga javob olishingiz mumkin.
“Fatvo.uz” — diniy savollaringizga ishonchli manba!
Yuklab olish uchun:
Play google App Store
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati