Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2026   |   24 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:20
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2026, 24 Rajab, 1447

Rasululloh: «Men bobom Ibrohimning duosiman…»

02.05.2018   10824   6 min.
Rasululloh: «Men bobom Ibrohimning duosiman…»

Rasululloh: “Men bobom Ibrohimning duosiman, Iso ibn Maryamning bashoratiman va onamning tushiman”, deganlar. Payg‘ambarimizning “Men bobom Ibrohimning duosiman” deganlaridan murod Hazrat Ibrohimning  Ismoil  bilan birga Ka’bani qurayotganlarida: “Ey Rabbimiz, ularga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitob va hikmat (Qur’on va hadis)ni o‘rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) poklaydigan bir payg‘ambarni yubor! Albatta, Sen O‘zing Aziz va Hakimsan”, deb duo qilganlaridir.

Payg‘ambarimizning “Iso ibn Maryamning bashoratiman” deganlaridan murod Hazrat Isoning: “Ey Isroil avlodi, albatta, men Allohning sizlarga (yuborgan) Payg‘ambariman. (Men) o‘zimdan oldin berilgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keladigan “Ahmad” ismli Payg‘ambar haqida bashorat beruvchiman”, deganlaridir.

Payg‘ambarimizning “onamning tushiman” deganlari esa, “Onam o‘zlaridan nur chiqqanini ko‘rganlar va bu nur tufayli Shom qasrlari yorishib ketgan” mazmunli hadisi sharifga ishoradir.

Ushbu xabarni Imom Buxoriy “At-tarixul kabir” va “At-tarixus sag‘ir”da, Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal, Abu Bakr Bazzor, Abu Ya’lo Muvsiliy va Ibn Rohavayh “Musnad”larida, Ibn Hibbon “As-siqot”da, Dorimiy “Sunan”da, Tabaroniy “Al-mu’jamul kabir”da, Bayhaqiy “Shu’abul imon”, “Daloilun nubuvvah”da, Abu Nuaym “Al-huliya”da, Bag‘aviy “Sharhus sunna”da, Ibn Adiy “Al-komil”da, Imom Tabriziy “Mishkotul masobih”da, Ibn Sa’d “At-tabaqotul kubro”da, Ibn Is'hoq, Ibn Hishom va Ibn Asokirlar “As-siyratun nabaviya” kitob­larida, Abdulloh ibn Muborak va Abu Bakr ibn Mardavayh ham rivoyat qilgan.

Hokim “Al-mustadrak ’alas sahihayn” kitobida bu hadisni: “Imom Muslimning shartiga ko‘ra sahihdir”, degan. Imom Zahabiy “At-talxis”da va Ibn Hajar Asqaloniy “Fathul Boriy”da “Sahih” deyishgan. Shuayb Arnaut “Musnadi Ahmad” va “Sahihi ibn Hibbon” taxrijida: “Sahihun li g‘oyrih”, deydi. Hofiz Nuriddin Haysamiy “Majma’uz zavoid”da va Ahmad ibn Abu Bakr Busoyriy “Ithoful xiyaratil mahara” kitobida: “Isnodi hasan”, deyishgan. Hofiz Zayniddin ibn Abdurahmon ibn Ahmad ibn Rajab Dimashqiy: “Rasululloh  tug‘ilayotganlarida bu muborak nurning chiqishi insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan va shirk zulmatini yo‘q qilgan hidoyat nuriga ishoradir”, degan[1].

Alloma Ibn Kasir: “Bu muborak nur chiqib, Shom diyoridagi qasrlarni yoritib yuborgani Islom dinining Shom diyoriga o‘rnashib, mustahkam bo‘lishiga ishora. Shuning uchun ham oxirzamonda Shom diyori Islom dini va musulmonlar uchun mustahkam qal’aga aylanadi. Iso  Shom diyoriga, aniqrog‘i, Damashqning sharqiy oq minorasi joylashgan yerga tushadilar”, degan. 

Omina  onamizning  doyasi

Payg‘ambarimizga muhabbatimiz tufayli atroflarida bo‘lgan har bir kishini bilgimiz, tanigimiz keladi. Xo‘sh, Rasululloh  tug‘ilayotganlarida Omina onamizga kim doyalik qilgan edi?

Ayrim rivoyatlarda Isoning  onalari pokdomon Maryam bilan Musoni  ulg‘aytirgan hazrat Osiyodek mukarrama zotlar hozir bo‘lishgani aytilgan. Ammo “Maryam va Osiyo onalarimiz Rasululloh  tug‘ilayotgan paytda hozir bo‘lganlari” haqidagi rivoyatni imom Suyutiy “Al-xasoisul kubro” kitobida (1/47): “Juda ham munkar”, degan.

Haq gap esa Omina onamizga Shifo  doyalik qilganlaridir. Shifoning onasi Salmo, eri Avf, o‘g‘illari Abdurahmon va Asvad, qizi Otikadir.

Olamlar sarvarining yorug‘ dunyoga tashrifida istiqbollariga chiqqan, bo‘lajak payg‘ambarni ilk kutib olish sharafiga muyassar bo‘lgan Shifo binti Avfni  Alloh taolo keyinchalik ham ko‘p yaxshiliklar ila siyladi. Shifo haq din kelganida uni qabul etdi, istiqomatda sobit bo‘ldi, Rasululloh  hayotlik davrlarida vafot etdi va o‘g‘li Abdurahmonning  jannati ekani bashoratini oldi.

 

Ilohiy  irodaning  ro‘yobi

Rasululloh  dunyoga kelganlaridan so‘ng Omina onamiz qaynotalari Abdulmuttalibga odam jo‘natib, nabirali bo‘lgani xabarini yetkazadi. Abdulmuttalib behad quvonadi, chaqaloqni olib, Ka’baning ichiga kiradi, Allohga duolar qilib, shukronalar aytadi va shu yerda muborak nabirasiga “Muhammad” deb ism qo‘yadi. Qiziq, Abdulmuttalib nimaga asoslanib ota-bobolarining urfida bo‘lmagan bu ismni qo‘ydi?

Bu borada ikki asos bor:

  1. Abdulmuttalib Rasululloh tug‘ilishlaridan bir oz oldin belidan bir uchi osmonda, bir uchi yerda, yana bir uchi sharqda va bir uchi g‘arbda bo‘lgan kumush zanjir chiqqanini tush ko‘radi. Keyin haligi zanjir ulkan bir daraxtga aylanadi. Har bir yaprog‘ida nur bo‘lib, mashriqu mag‘rib aholisi unga osilayotgan va uni tinmay maqtayotgan edi. Tushini ta’birchilarga aytganida, ular zurriyotlari orasida bir farzand dunyoga kelishini, butun mashrig‘u mag‘rib aholisi unga ergashishi, yeru osmon ahli uni maqtashini aytadi. Abdulmuttalib mana shu tushga asoslanib, “Muhammad” deb ism qo‘ygan.
  2. Omina onamiz ham homiladorlik paytida bir tush ko‘radi. Tushida muborak o‘g‘il ko‘rishi bashorat qilinadi va unga “Muhammad” deb ism qo‘yishi buyuriladi. Vaqt-soati kelib, Omina onamiz muborak o‘g‘ilni dunyoga keltirganida, tushini qaynotasiga aytadi. Abdulmuttalib tushlarning bejiz emasligini tushunadi. Darvoqe, Zamzam qudug‘ining qayerga ko‘milgani ham, uni ochish ham Abdulmuttalibga tushida bildirilgan edi.

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qi­linadi: «Payg‘ambarimiz  tug‘il­ganlarining yettinchi kuni Abdulmuttalib muborak nabirasi nomidan, o‘sha paytdagi arablarning odatiga ko‘ra, qo‘chqor so‘yib, Quraysh ahliga ziyofat beradi. Mehmonlar ziyofat so‘ngida: “Bu nabirang sharofati bilan bizni juda siylading, unga qanday ism qo‘yding?” deb so‘rashadi. U: “Muhammad deb ism qo‘ydim”, deydi. Ular: “Ota-bobolaringda bunaqa ism yo‘q-ku?” deb ajablanishganida, u: “Men bu nabiramning yerda ham, osmonda ham doimo maqtalishini xohladim», deydi”.

Aslida esa, Alloh taolo so‘nggi pay­g‘ambarining ismi “Muhammad” bo‘lishini iroda etgan va bu ilohiy irodaning ro‘yobini Abdulmuttalib bilan Omina onamizga tush orqali ilhom qilib, yuzaga chiqardi. Chunki asl Tavrotda “Muhammad” deb, asl Injilda “Ahmad” deb xabar berilgani ma’lum.

 

Abdul Azim ZIYOVUDDIN,

Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi

 

 

 

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sukut saqlashning 702 ta eng muhim foydasi (3-qism)

13.01.2026   947   9 min.
Sukut saqlashning 702 ta eng muhim foydasi (3-qism)

faqat ASOSIYLARIni taqdim qilamiz. Maqola (5 qismdan iborat)

 

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

   SUKUT saqlashning 702 ta eng muhim XISLATI (faqat ASOSIYLARI)

 

  1. Sukut — AQL VA IDROKNING ZIYNATI.
  2. Sukut aqlni mukammal qiladi.
  3. Sukut fikrni ravshanlashtiradi.
  4. Sukut tafakkur eshigini ochadi.
  5. Sukut zehnni orttiradi.
  6. Sukut insonni shoshma-shosharlikdan saqlaydi.
  7. Sukut — aqlning eng go‘zal libosi.
  8. Sukut — aqlning qirrasi.
  9. Sukut — fikrning ravshanligi.
  10. Sukut — ma’noni his qilishdir.
  11. Sukut — nutqdan oldingi hikmat.
  12. Sukut — idrokni o‘tkirlaydi.
  13. Sukut — fikrning qanotidir.
  14. Sukut — donolik urug‘i.
  15. Sukut — tafakkur uchun maydon.
  16. Sukut — xayolga tartib.
  17. Sukut — zohirda tinchlik, botinda nur.
  18. Sukut — fikrning tarozisi.
  19. Sukut — ongni musaffolashtiradi.
  20. Sukut — xulosaning pishig‘i.
  21. Sukut — xato so‘zlardan qalqon.
  22. Sukut — diqqatni jamlaydi.
  23. Sukut — fikriy faqihlik.
  24. Sukut — muhokamaning asosi.
  25. Sukut — diqqatga yo‘l ochadi.
  26. Sukut — mushohadaning kaliti.
  27. Sukut — tafakkurni chuqurlashtiradi.
  28. Sukut — idrokni kuchaytiradi.
  29. Sukut — fikrning quroli.
  30. Sukut — insonni o‘ziga qaytaruvchi darcha.
  31. Sukut — xulosaga yetaklovchi yo‘l.
  32. Sukut — fikrlarni tuzatuvchi qasr.
  33. Sukut — idrokning tinch gavhari.
  34. Sukut — aqlning himoyasi.
  35. Sukut — anglashga qudrat beradi.
  36. Sukut — xilvatdagi nur.
  37. Sukut — qalbni mulohazaga chorlaydi.
  38. Sukut — ruhiy idrokni ochadi.
  39. Sukut — o‘zini anglash yo‘li.
  40. Sukut — fikrni bosiq qiladi.
  41. Sukut — xulosani aniqlaydi.
  42. Sukut — idrok qal’asi.
  43. Sukut — aqlning himoya devori.
  44. Sukut — nutqdan ustun hikmat.
  45. Sukut — fikrni yig‘adi.
  46. Sukut — diqqatni yakka maqsadga buradi.
  47. Sukut — tafakkurni muhrlaydi.
  48. Sukut — qalb ko‘zini yoritadi.
  49. Sukut — muhokama asosini mustahkamlaydi.
  50. Sukut — ilmiy anglashni kuchaytiradi.
  51. Sukut — javobdan yaxshiroq mudirlik.
  52. Sukut — fikrlarga nafas beradi.
  53. Sukut — anglashni tezlashtiradi.
  54. Sukut — xulosaning asl chaylasi.
  55. Sukut — idrokning avvali.
  56. Sukut — fikriy markaz.
  57. Sukut — hayotni chuqurroq ko‘rish.
  58. Sukut — anglashni olib keladi.
  59. Sukut — har bir fikrga o‘rin beradi.
  60. Sukut — nutqni nazorat qiladi.
  61. Sukut — anglashdagi ozuqa.
  62. Sukut — fikrga ozor bermaydi.
  63. Sukut — mulohazani rivojlantiradi.
  64. Sukut — to‘g‘ri xulosaga ko‘prik.
  65. Sukut — aqlga muhit yaratadi.
  66. Sukut — fikrlarni soflaydi.
  67. Sukut — donolikning ayni belgisi.
  68. Sukut — ilhomning mehmoni.
  69. Sukut — ongga orom.
  70. Sukut — to‘g‘ri qarorlar manbai.
  71. Sukut — izlanishga chorlov.
  72. Sukut — xayol chizig‘ini to‘g‘rilaydi.
  73. Sukut — fikrlar parisini ochadi.
  74. Sukut — olamni yangicha ko‘rsatadi.
  75. Sukut — qarorlarni puxta qiladi.
  76. Sukut — beqarorni barqarorga aylantiradi.
  77. Sukut — fikrning foydasini oshiradi.
  78. Sukut — mulohazaning eng yaxshi sharoiti.
  79. Sukut — aqlni chiniqtiradi.
  80. Sukut — fahmni kengaytiradi.
  81. Sukut — yurak bilan aqlni yaqinlashtiradi.
  82. Sukut — anglashga quloq solish.
  83. Sukut — har narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi.
  84. Sukut — fikrni kelajakka bog‘laydi.
  85. Sukut — qalbdagi ovoz.
  86. Sukut — nutqdan oldingi ustoz.
  87. Sukut — fikrni bardavom qiladi.
  88. Sukut — idrokni chuqurlatadi.
  89. Sukut — hayotni o‘rganishda yo‘lboshchi.
  90. Sukut — ilmiy fikrga asos yaratadi.
  91. Sukut — fahmni nurli qiladi.
  92. Sukut — fikriy salobat.
  93. Sukut — idrokdan anglashga ko‘prik.
  94. Sukut — aqlni isloh qiladi.
  95. Sukut — fikriy musaffolik.
  96. Sukut — anglashni o‘tkirlaydi.
  97. Sukut — xayolni tartibga soladi.
  98. Sukut — qalb va aql birligi.
  99. Sukut — bilish istagini kuchaytiradi.
  100. Sukut — fikrni tozalaydi.
  101. Sukut — dono qarorning asosi.
  102. Sukut — tafakkurni boyitadi.
  103. Sukut — ruhiy hushyorlik belgisi.
  104. Sukut — fikriy mustaqillik.

 

 

AQLIY FOYDALAR:

  1. Aql ravshanlashadi.
  2. Nuqtayi nazar tozalanadi.
  3. To‘g‘ri qaror qabul qilish osonlashadi.
  4. Chalg‘itishlar kamayadi.
  5. Fikriy aniqlik paydo bo‘ladi.
  6. Mantiqiy fikrlash chuqurlashadi.
  7. Ijodiy fikrni kuchaytiradi.
  8. Ehtimoliy xatolarni oldini oladi.
  9. Intellektual salohiyatni oshiradi.
  10. Xotirani yaxshilaydi.
  11. Sukunat aqlning eng yaxshi dorisi hisoblanadi.

 

 

  1. Sukut — AQL NURI.
  2. Sukut aqlni charxlaydi.
  3. Ko‘p gapirgan fikrlay olmas, ko‘p o‘ylagan so‘zlaydi.
  4. Sukunat — tafakkurning onasi.
  5. Kam gapirganning fikri puxta bo‘ladi.
  6. Sukunat — aqlni poklovchi nur.

 

 

Sukutning AQLGA OID FAZILATLARI:

  1. Sukut — aqlning ziynati.
  2. Sukut — donolikning kaliti.
  3. Sukut — fikrlashga keng makon yaratadi.
  4. Sukut — xulosa chiqarishni ravshan qiladi.
  5. Sukut — ilmiy mulohazaning asosi.
  6. Sukut — fikrni taranglikdan xalos qiladi.
  7. Sukut — har bir so‘zni o‘lchab aytishga o‘rgatadi.
  8. Sukut — aqlni chalg‘ituvchi omillardan asraydi.
  9. Sukut — tafakkur chuqurligini oshiradi.
  10. Sukut — anglash qobiliyatini kuchaytiradi.

 

 

  1. Sukut — SALOMATLIKNING DO‘STI.
  2. Sukunat — yurak uchun dam.
  3. Stressni sukut yengadi.
  4. Oqilona sukut — sog‘liq manbai.
  5. Sukunat — tinch asabning siridir.
  6. Qon bosimini barqarorlashtiradi.
  7. Asab tizimini tinchlantiradi.
  8. Yurak yukini kamaytiradi.
  9. Stress gormonlarini pasaytiradi.
  10. Uxlashni yaxshilaydi.
  11. Sukunat umumiy salomatlikni yaxshilaydi.

 

 

  1. Sukut — QALB DAVOSI.
  2. Sukunat — qalbning shifosi.
  3. Sukut qilgan qalb tinchlanar.
  4. Xovursiz qalbning oromi — sukutdir.
  5. Xavotirni sukut yuvib yuboradi.
  6. Sukunat — ruhga dam olish.
  7. Sukut — qalbga Allohdan kelgan marhamatdir.

 

 

  1. Sukut — XIRALIKNING DAVOSI.
  2. Sukut — g‘azab uchun suv kabi.
  3. Hovliqma, sukut qil, o‘yla.
  4. Sukunat — asabning yoqini o‘chiradi.
  5. Sukut — g‘azabning qulfi.

 

 

  1. Sukut — NUTQNI TAROZILASH SAN’ATI.
  2. Sukut so‘zga qiymat beradi.
  3. Sukut nutqni nafis qiladi.
  4. Sukut — ohangsozlik.
  5. Sukut — to‘g‘ri so‘zga tayyorlov.
  6. Sukut — har bir so‘zning qadri.

 

 

  1. OILAVIY FOYDALAR: sukut — OILA MUHITIDA BARAKA.
  2. Sukunat oilada mehr hosil qiladi.
  3. Oiladagi barakaning sabablaridan biri.
  4. Janjalni birinchi bo‘lib sukut qutqaradi.
  5. Sukunat — er-xotinning farosati.
  6. Sukunat — oila muhitining muhrli gavhari.
  7. Er-xotin munosabatlarini mustahkamlaydi.
  8. Janjallarni oldini oladi.
  9. Ota-onada vazminlikni oshiradi.
  10. Sukunat oilaviy muhitni totuv qiladi.

 

 

  1. Sukut — ISHDA VA ILMDA BARAKA.
  2. Sukunat ishda aniqlik beradi.
  3. Tinglay olgan rahbar — yetuk rahbar.
  4. Ilm sukutdan boshlanadi.
  5. Sukunat — har bir ilmning bashorati.

 

 

Sukutning KASBIY VA ISH FOYDALARI:

  1. E’tiborni oshiradi.
  2. Kasbiy qarashni yaxshilaydi.
  3. Mas’uliyatni oshiradi.
  4. Muammolarni hal qilish osonlashadi.
  5. Sukunat professional yetuklikka olib boradi.

 

 

SHAXSIY RIVOJLANISH FOYDALARI:

  1. O‘z-o‘zini tarbiyalaydi.
  2. Irodani kuchaytiradi.
  3. Shaxsiy qiymatni anglatadi.
  4. Sukunat insonni chuqur fikrlovchiga aylantiradi.
  5. Sukut — shaxsiy rivoj yo‘li.
  6. Sukunat — o‘z-o‘zingni tinglash.
  7. Xohishni sukut ching‘illatadi.
  8. Sukunat — vujudni tarbiyalaydi.
  9. Sukunat — shaxsiy yetuklikning yorug‘ligi.
  10. Vaqtni tejaydi.
  11. Hayot falsafasini chuqurlashtiradi.
  12. Boshqalarga ibrat bo‘ladi.
  13. Hikmat eshitishning eng yaxshi usulidir.
  14. Sukunat — donolikning eng chuqur belgisidir.
  15. Aqlni uyg‘otadi.
  16. Qalbni uyg‘otadi.

 

 

  1. Sukut — ILM VA DONOLIK ESHIGI.
  2. Sukut eshitishni o‘rgatadi.
  3. Sukut bilishga yetaklaydi.
  4. Sukut — donishmandlar siymosi.
  5. Sukut — ma’rifat urug‘i.
  6. Sukut — o‘rganish uchun eng yaxshi holat.
  7. Sukut — yashash falsafasi.
  8. Sukut — hayotning go‘zal uslubi.
  9. Sukut — fikr va amalning tarozisi.
  10. Ortiqcha so‘z umrni qisqartiradi, sukut umrni barakali qiladi.
  11. Sukut — hayotni chuqur his qilish san’ati.

 

    Ibrohimjon domla Inomov.

 

 

 

Maqolalar