Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:26
Quyosh
05:49
Peshin
12:23
Asr
17:01
Shom
19:00
Xufton
20:19
Bismillah
01 Sentabr, 2026, 19 Rabi`ul avval, 1448

“Imom Eshon Muhammad” masjidida shukuhli shodiyona

28.04.2018   4159   2 min.
“Imom Eshon Muhammad” masjidida shukuhli shodiyona

Bugun, 28 aprel kuni Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida katta shodiyona – O‘zbekiston Qur’on musobaqasi g‘olibi, gran pri sohibi Yo‘ldoshboy Nuriddinovni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsuddin Bahouddinov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Aleuov, nuroniy oqsoqollar,  Yoshlar ittifoqi vakillari, respublikaning barcha imom- xatiblari, qoziyot va Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi madrasa xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Yo‘ldoshboy ta’lim olayotgan Oliy Ma’had domlalari Jahongir qori bilan Ahmadjon qorilar ham ishtirok etib qoraqalpoq xalqiga muftiy hazratning salomi va tabrigini yetkazdilar.

Undan keyin tabrik so‘zini Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsuddin Bahouddinov davom ettirib, bu butun qoraqalpoq xalqining yutug‘i ekanini aytib, bundan muftiy hazratning ham benihoya mamnun bo‘lganini va qoraqalpoq elini chin qalbdan tabriklaganini alohida ta’kidladi.

 

 

Yusuf SABUROV,

O‘MI Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

28.08.2026   28844   1 min.
Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...

Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.



Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan

Ibratli hikoyalar