Bugun, 28 aprel kuni Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida katta shodiyona – O‘zbekiston Qur’on musobaqasi g‘olibi, gran pri sohibi Yo‘ldoshboy Nuriddinovni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsuddin Bahouddinov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Aleuov, nuroniy oqsoqollar, Yoshlar ittifoqi vakillari, respublikaning barcha imom- xatiblari, qoziyot va Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi madrasa xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda Yo‘ldoshboy ta’lim olayotgan Oliy Ma’had domlalari Jahongir qori bilan Ahmadjon qorilar ham ishtirok etib qoraqalpoq xalqiga muftiy hazratning salomi va tabrigini yetkazdilar.
Undan keyin tabrik so‘zini Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsuddin Bahouddinov davom ettirib, bu butun qoraqalpoq xalqining yutug‘i ekanini aytib, bundan muftiy hazratning ham benihoya mamnun bo‘lganini va qoraqalpoq elini chin qalbdan tabriklaganini alohida ta’kidladi.
















Yusuf SABUROV,
O‘MI Matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati