O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21 maydagi PQ–196-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hududidagi masjidlar tahoratxonalarini ta’mirlash, qayta ta’mirlash hamda zarur hollarda yangidan barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, viloyatimizdagi jami 42 ta tahoratxonada qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Ana shunday xayrli ishlar doirasida Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Hoshimxon qori” va “Sharxonchek” jome masjidlarining tahoratxonalari qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida tahoratxonalarda namozxonlar uchun zarur qulayliklar yaratildi.
Ushbu kabi ezgu ishlarning amalga oshirilishi, masjidlar obodligi va namozxonlar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga qaratilayotgan e’tibor uchun xalqimiz muhtaram Prezidentimizdan minnatdor.
Tahoratxonalarni foydalanishga topshirish jarayonida Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov ishtirok etdilar.
Alloh taolo ushbu xayrli ishlarga hissa qo‘shgan barcha insonlardan rozi bo‘lsin! Masjidlarimiz obod, ibodatlarimiz maqbul bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligi matbuot xizmati