Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Namozda esnagim kelaveradi, nima qilay?

10.04.2018   23269   1 min.
Namozda esnagim kelaveradi, nima qilay?

Cavol: Namozda esnash yaxshi emas, deb eshitdim. Ammo esnash ixtiyorsiz kelsa, nima qilish kerak?

Javob: Ibodat paytida esnash xushu’ va xuzu’ni ketkazadi. Boshqa paytlarda ham esnashni ulamolar yaxshi sanashmagan. Shu sabab namozxon esnashni qaytarishga harakat qilishi lozim. Ammo qaytarolmasa chap qo‘li orqasi bilan og‘zini yopishi kerak.

Qiyomda turgan paytda ko‘p harakat bo‘lmasligi uchun o‘ng qo‘l orqasi bilan og‘iz berkitiladi. Chunki qiyomda namozxonning o‘ng qo‘li chap qo‘lining ustida bo‘ladi. Ammo oldin esnashni qaytarishga harakat qilish kerak. Quduriy aytadi: “Ko‘p bor sinadik, esnashni qaytarishga harakat qilinsa, u to‘xtar ekan” (“Fatovoyi Qozixon”).

“Tuhfatul muluk” kitobida, Payg‘am­barimizning  namozda aslo esnamaganlarini, ko‘ngildan o‘tkazib, Alloh taologa chin dildan itoatli, iltijoli holatda turish odamni  namozda esnash kabi ortiqcha harakatlardan saqlaydi, deyilgan (“Sharhul Viqoya”).

O‘MI Matbuot xizmati

 

Fiqh
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   41210   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari