Maqolalar
Telefonning ko‘rinmas zanjirlari
12.10.2026
3284
6 min.
UYALI TЕLЕFON:
QULAYLIK BILAN BIRGA KЕLADIGAN XAVFLAR.
KO‘RINMAS ZARARLARI.
HAYOTIMIZDAN NIMALARNI TORTIB OLMOQDA?
Xorijiy ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra,
zamonaviy olimlar hamda turli soha mutaxassislari
“UYALI TЕLЕFONNING INSON HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA SALBIY TA’SIRLARI” mavzusida qator mamlakatlarda olib borilgan
ilmiy tadqiqotlar, ko‘p yillik kuzatuvlar va amaliy tajribalar
asosida MUHIM ILMIY XULOSALARga keldilar:
- Texnologiya – yaxshi xizmatkor, ammo yomon xo‘jayin. Agar biz uni boshqarmasak, vaqt o‘tib u bizni boshqara boshlaydi.
- Uyali telefon kelajak avlodni yo‘q qilish bosqichida turibti. Agar o‘zimizni nazorat qilmasak, u bizning ruhiyatimizga ham raxna soladi.
- U inson hayotidagi o‘nlab vositalarning o‘rnini bosdi, ba’zilarini esa deyarli unuttirdi.
- Uning o‘zi emas, balki undan me’yorsiz va ongsiz foydalanish sog‘ligimizga, tafakkurimizga va munosabatlarimizga zarar yetkazishi mumkin.
- Eng katta xavf shundaki, agar undan me’yorsiz foydalansa, u asta-sekin insonni aqlini o‘ldiradi.
(I) UYALI TЕLЕFON KO‘P HOLLARDA O‘RNINI QISMAN BOSGAN YOKI
ULARGA BO‘LGAN EHTIYOJNI KAMAYTIRGAN AYRIM NARSALAR:
- Soat.
- Budilnik.
- Radio.
- Statsionar telefon.
- Kalkulyator.
- Televizor.
- Fonar.
- Oyna.
- Gazeta.
- Jurnal.
- Kitob.
- Kompas.
- Xaritalar.
- Cho‘ntak hamyoni.
- Stol taqvimi.
- Kundalik.
- Diktofon.
- Fotoapparat.
- Videokamera.
- Musiqa pleyerlari.
- Video o‘yin qurilmalari.
- Kompyuter.
- Plastik kartalar.
(II) UYALI TЕLЕFONDAN MЕ’YORSIZ FOYDALANISH OQIBATIDA
ZARAR KO‘RAYOTGAN QADRIYATLAR:
- Ko‘plab nikohlarni o‘ldirdi.
- Ko‘plab oilalarni o‘ldirdi.
- Yoshlarimizning tarbiyasini o‘ldirdi.
- Asta-sekin ko‘zlarimiz nurini ham o‘ldirmoqda.
- Jonli suhbat madaniyatini o‘ldirmoqda.
- Qo‘ni-qo‘shnichilik va mehmonga borish odatini o‘ldirmoqda.
- Sabr-toqatni o‘ldirmoqda.
- Kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni o‘ldirmoqda.
- Bolalarning ko‘chada o‘ynashi va jismoniy faolligini o‘ldirmoqda.
- Ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi samimiy muloqotni o‘ldirmoqda.
- Diqqatni jamlash qobiliyatini o‘ldirmoqda.
- Vaqtning barakasini o‘ldirmoqda.
- Xotirani mashq qilish ehtiyojini o‘ldirmoqda.
- Mustaqil fikrlashga ajratiladigan vaqtni o‘ldirmoqda.
- Tinchlik va sukunatdan zavqlanishni o‘ldirmoqda.
- Tabiat bilan yaqinlikni o‘ldirmoqda.
- Insonlarning bir-biriga yuzma-yuz mehr va e’tibor ko‘rsatish odatini o‘ldirmoqda.
(III) UYALI TЕLЕFON SABAB YO‘QOTILAYOTGAN
ENG MUHIM NЕ’MATLAR:
- Oilaviy mehr va iliq munosabatlar.
- Ayrim oilalarning mustahkamligi.
- Farzand tarbiyasiga yetarlicha e’tibor.
- Kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish.
- Diqqatni bir nuqtaga jamlash qobiliyati.
- Xotirani mashq qilish odati.
- Sabr-toqat.
- Vaqtning barakasi.
- Ko‘z nuri, bo‘yin va umurtqa salomatligi.
- To‘g‘ri qaddi-qomat va sog‘lom umurtqa.
- Umurtqa pog‘onasi va bo‘yin umurtqa.
- Aqliy faollik.
- Ruhiy xotirjamlik va ichki sokinlik.
- Aqlni ishlatish odati.
- Mustaqil fikrlash qobiliyati.
- Chuqur mushohada qilish ko‘nikmasi.
- Uzoq vaqt davomida diqqat-e’tiborni jamlash qobiliyati.
- Vaqtni qadrlash tuyg‘usi.
- Sabr bilan izlanish odati.
- Yangi bilimni mustaqil izlab topish ko‘nikmasi.
- Xotirani mashq qilish ehtiyoji.
- Jonli suhbat va samimiy muloqot.
- Tinglash madaniyati.
- Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr.
- Tafakkur chuqurligi.
- Ijodkorlik.
- Xayol surish va orzu qilish uchun vaqt.
- Tabiatdan zavqlanish hissi.
- Sukunatdan bahra olish odati.
- Insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat.
- Oila davrasidagi suhbatlar.
- Farzand tarbiyasiga ajratiladigan kerakli e’tibor.
- Farzandlar bilan birga o‘tkaziladigan sifatli vaqt imkoniyati.
- Vijdon bilan o‘z-o‘zini tahlil qilish odati.
- Jonli muloqot madaniyati.
- Pochta orqali xat yozish odati.
- Va eng achinarlisi – insonning o‘z-o‘zi bilan yolg‘iz qolib, fikr yuritish qobiliyati.
(IV) UYALI TЕLЕFONNING INSON SALOMATLIGIGA AYRIM ZARARLARI:
- Ko‘zning toliqishi va ko‘rish qobiliyatining pasayishi.
- Quruq ko‘z sindromini keltirib chiqarishi.
- Bo‘yin va yelka mushaklarida og‘riqlarni keltirib chiqarishi.
- Umurtqa pog‘onasiga ortiqcha bosim tushirishi.
- Bilak va barmoq bo‘g‘imlarida og‘riq paydo qilishi.
- Bosh og‘rig‘i va ko‘z charchog‘ini kuchaytirishi.
- Uyqu sifati va biologik ritmning buzilishi.
- Melatonin gormoni ishlab chiqarilishining kamayishi.
- Asabiylik va jizzakilikni oshirishi.
- Xavotir hissini kuchaytirishi.
- Diqqatni jamlash qobiliyatini susaytirishi.
- Ko‘rish qobiliyati, bo‘yin va umurtqa salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi.
- Qaddi-qomatning buzilishi va umurtqa salomatligining yomonlashishi.
- Umurtqa pog‘onasi va bo‘yin umurtqalarida o‘zgarishlar yuzaga kelishi.
- Aqliy faoliyatning kamayishi.
- Fikrlash faolligining pasayishi.
- Ruhiy xotirjamlik va ichki sokinlikning kamayishi.
- Xotira faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi.
- Telefonga qaramlik (addiksiya)ni shakllantirishi.
- Jismoniy harakatning kamayishiga sabab bo‘lishi.
- Ortiqcha vazn va semirish xavfini oshirishi.
- Kamharakatlik tufayli yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omillarini kuchaytirishi.
- Ruhiy charchoq va stressni kuchaytirishi.
- Mustaqil fikrlash qobiliyati kamayishi.
- Ijtimoiy yakkalanishga olib kelishi.
- Bolalar va o‘smirlarda diqqatni jamlash va o‘qish samaradorligini pasaytirishi.
- Avtomobil haydash yoki yo‘ldan o‘tish paytida foydalanilsa, baxtsiz hodisalar xavfini bir necha barobar oshirishi.
- U insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biri.
- Ammo uning quliga emas, egasiga aylanish kerak.
- Ilmiy nuqtayi nazardan, zararlarning ko‘pi telefonning o‘zi emas, balki undan uzoq vaqt va noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq.
- Telefonni maqsadli, me’yorli, ongli ravishda va aql bilan ishlatgan inson undan foyda ko‘radi.
- Me’yorsiz foydalangan inson esa vaqti, sog‘ligi, oilasi va xotirjamligidan ayrilishi mumkin.
Ibrohimjon domla Inomov.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING