Ismlari Sa’d ibn Molik ibn Uhayb ibn Abdumanof ibn Zuhra ibn Kilob ibn Murra, nasabi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning nasablari bilan Kilob ibn Murrada birlashadi. Milodiy 590 yilda tug‘ilgan. Otasining ismi Molik, Molikning kunyasi Abu Vaqqos bo‘lgan. Biroq Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning nomiga otasining ismi emas, kunyasi qo‘shib aytilgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu yoshligidan o‘zida jangovarlik sifatlarini mujassam qilgan holda o‘sgan edi. U kishi kamon otishni juda ko‘p mashq qilar edi. Shu boisdan mohir va mashhur kamonchi bo‘lib yetishdi. Ellik to‘rtinchi hijriy sanada 83 yoshli Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etdi. U kishi Jannatul Baqiy’ga dafn etildi. Jannat bashorati berilgan o‘nlikdan oxiri vafot etganlari Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu edi.
Ahmedov Orif
Sirdaryo viloyati vakilligi xodimi
O‘MI Matbuot xizmati