Kecha, 23 mart kuni Qozog‘istonning bosh muftiysi Serikbay hoji Oraz boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Masjidlar bo‘limi boshlig‘i Z.Sultonov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shakirov, O‘MI Masjidlar bo‘limi mudiri R.Rahmonovlar kutib oldilar.
Mehmonlar bugun, 24 mart kuni Toshkent islom universitetiga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bugunning o‘zida mehmonlar ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasida uchrashuv o‘tkazilishi hamda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
{gallery}23322{/gallery}
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan