Tailandlik hunarmandlar musulmon sayyohlarni jalb etish maqsadida yog'ochdan Qur'oni karimning ulkan nusxasini yasadilar. Uning bo'yi 3,4 metr, eni 5,3 metr.
Qur'on nusxasini ko'rish uchun Bruney, Malayziya, Indoneziya va Singapurdan sayyohlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi IslamNews Bangkok Post nashriga tayanib.
Endilikda tailandlik hunarmandlar Qur'oni karim nusxasini himoyalash uchun ayvon qurish harakatida.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;
Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;
Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.
Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.
Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati