Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Nafl namozlarini o‘qish tartibini bilasizmi?

15.03.2018   158306   5 min.
Nafl namozlarini o‘qish tartibini bilasizmi?

Kunduzgi nafl namozlarini to‘rt rakatdan, kechqurungi nafllarni esa ikki rakatdan o‘qish sunnat amallardandir. Qiyom turishga qodir bo‘laturib o‘tirgan holda nafl namozlari o‘qish jo-iz, lekin savobning yarmiga erishadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday ham namoz o‘qiganlar deb o‘qisa, ham namozning ham sunnatga amal qilganning savobiga erishadi. Ammo tik turib o‘qishga qodir bo‘lmagan kishining ajri tik turib o‘qi-gan kishining ajri bilan barobar bo‘ladi. O‘tirib o‘qiydigan ki-shi agar uzri bo‘lmasa, boshqa namozlardagi tashahhud o‘qiyotgan ki-shidek chap oyog‘i ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini tik qiladi. Nafl o‘qish-ga kirishgan kishining namozi agar ikki rakatni to‘liq tugatmay turib buzilsa, uning qazosini o‘qi’b qo‘yishi vojib bo‘ladi. 

Shunday vaqtlar borki, unda nafl namozlarini o‘qish makruhi tahrimiy, ya’ni haromga yaqin makruh hisoblanadi. Quyidagi hol-larda nafl namozlarini o‘qish makruh sanaladi: 

  • Subh vaqti kirgandan to bomdod o‘qilgunga qadar nafl namozlarini o‘qish mutlaq makruhi tahrimiydir. Faqat
  • subhning ikki rakat sunnatini o‘qishga ruxsat bor, xolos. 
  • Bomdod o‘qilgandan to quyosh chiqqunga qadar nafl namozlari-ni o‘qish ham makruhdir. Bu fursatda umuman nafl namozlari o‘qilmaydi, garchi namozxon bomdodning yolg‘iz sunnatini qazo qilgan bo‘lsa ham. Chunki subh sunnatining yolg‘iz o‘zini o‘qiy olma-gan kishi keyin qazosini o‘qimaydi. Agar farzini qo‘shib qazo qilganida edi, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, ikkisining qazosini o‘qigan bo‘lar edi. Buning masalasi yuqorida o‘tdi. 
  • Quyosh chiqib to bir nayza miqdori ko‘tarilguncha ham nafl namozlarini o‘qish makruhdir. Quyosh taqriban yarim soat chamasida bir nayza miqdorida ko‘tariladi. 
  • Quyosh tikkaga kelgandan to zavolga oqquncha vaqt oralig‘ida ham namoz o‘qish mutlaq joiz emas. 
  • Asr namozidan to shom namozini o‘qib bo‘lgunga qadar ham nafl namozlarini o‘qish makruhdir. 
  • Imom xutba o‘qish uchun minbarga chiqqan vaqtda ham namoz o‘qish joiz emas. Imom xoh juma xutbasiga chiqqan bo‘lsin, xoh yomg‘ir talab qilinayotgandagi xutba bo‘lsin, xoh boshqasi bo‘lsin, baribir o‘sha fursatda namoz o‘qish durust emas. (Izoh: bizning diyorlarda imom juma kunlari avval va’z qiladi va so‘ng juma namozidan oldin xutba o‘qish uchun minbarga chiqadi. Namoz o‘qish joiz bo‘lmagan vaqt shu imom minbarga ko‘tarilgan fursatdir. Ammo imom xutbadan oldin ma’ruza qilayotgan bo‘lsa, masjidga kelgan namozxon imom turgan xonadan boshqa o‘rinda tahiyyatul masjid namozini o‘qib olishi durust bo‘ladi. Umuman, imom xutba qilayotganida namoz o‘qish tortishuvli masala, chunki bu haqda har xil rivoyatlar bor. Hanafiy mazhabida imom minbarga chiqqanidan keyin namoz o‘qish harom. U xutbani boshlaganda esa, salomga alik olish, aksa urganga yaxshi tilak aytish, Qur’on o‘qish va shunga o‘x-shagan narsalar ham mutlaqo mumkin bo‘lmaydi). 
  • Muazzin farz namoziga takbir aytayotganda ham nafl namozi o‘qish makruhdir. Faqat bomdod namozida sunnatni o‘qib, farzga yetib olishiga ishonsa, shu sunnatni takbir aytilayotgan vaqtda ham o‘qish joiz bo‘ladi. Shunda sunnatni imomdan uzoqroq yerda yoki boshqa xonada o‘qib oladi. Muhimi, sunnatni o‘qib olib, farzga yetib olsa bo‘ldi. 
  • Masjidda hayit namozidan oldin ham, keyin ham nafl namo-zi o‘qish makruh. 
  • Hojilar Arafotda peshin bilan asrni peshin vaqtida jamlab o‘qishadi, bu jam’i taqdim, deyiladi. Shu paytda ikki jam qilinayotgan namoz o‘rtasida ham nafl namozlarni, hatto peshin-ning sunnatlarini ham o‘qish makruhdir. Muzdalifada esa shom bilan xuftonni hojilar xufton vaqtida jamlab o‘qishadi. Bu jam’i ta’xir, deyiladi. Shu ikki jam qilinayotgan namozning o‘rtasida ham, garchi shomning sunnatini bo‘lsa-da, o‘qish makruhdir. 
  • Farz namozlaridan birortasining vaqti tor bo‘lib qolsa ham, nafllarni o‘qish makruh hisoblanadi. 
  • Xoh oldi, xoh orqa hojatlarini majburan ushlab turib namoz o‘qish makruhdir. Shuningdek, qorin dam bo‘lganda ham yelni majburan ushlab o‘qilgan namoz makruh hisoblanadi. 
  • Xuddi shuningdek, yana xushu’ni ketkazadigan har qanday muhim ish hozir bo‘lgandagi o‘qilgan namozlar makruh bo‘ladi. Nihoyatda och qolgan yoki chanqagan kishiga ovqat yoki suv olib ke-linsa, o‘z nafsini qondirib olib, keyin namozga turishi kerak. Yana qattiq charchagan kishi ham biroz dam olib, so‘ng namoz o‘qishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Agar shu yuqorida eslab o‘tilgan vaqtlarda nafl namozlar o‘qil-sa, makruhi tahrima bilan ado topadi. Kim ushbu paytlarda namoz-ni boshlab qo‘ysa, uni buzib namoz o‘qish makruh yoki harom bo‘lma-gan boshqa vaqtlarda o‘qishi ma’quldir.

 

“Mo‘minning me’roji” kitobidan 

O‘MI Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

27.08.2026   20851   2 min.
“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

Ispaniyaning “Orta Lectura” nashrida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda hamda xorijiy davlatlarning sayyohlar uchun tavsiyalarida yuqori xavfsizlik darajasiga ega mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

World Justice Project (WJP) tomonidan e’lon qilingan “Rule of Law Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 143 ta mamlakat orasida 17-o‘rinni, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 15 ta mamlakat orasida esa 1-o‘rinni egalladi.

WJP indeksi 215 mingdan ortiq fuqarolar hamda 4 ming 100 nafardan ziyod huquqshunos va ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

“Gallup” kompaniyasining “2025 Global Safety Report” ma’ruzasida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aholisining 86 foizi kechasi yolg‘iz yurganda o‘zini to‘liq xavfsiz his qiladi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73 foizlik darajadan sezilarli darajada yuqoridir. Shu bilan birga, “Law and Order Index”ning kengroq ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz 100 dan 91 ball to‘pladi.

Institute for Economics & Peace tomonidan tuziladigan “Global Peace Index 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 30 pog‘onaga yaxshilab, 163 ta mamlakat orasida 1,726 ko‘rsatkich bilan 37-o‘ringa ko‘tarildi. 2026 yilgi rasmiy hisobotda mamlakatimiz tinchlik ko‘rsatkichlari eng yuqori sur’atda yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

AQSH Davlat departamenti “Travel Advisories” tizimida O‘zbekistonga “Level 1 – Exercise Normal Precautions” darajasini, ya’ni “Odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish” tavsiyasini bergan. 2026 yil yanvarda yangilangan tavsiyanomada xavf darajasi oshirilmadi. Bu AQSH Davlat departamenti tomonidan xalqaro sayohatlar uchun belgilanadigan eng past xavf darajasi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari