Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Bugun Qur’on oshiqlari shahrida qorilar musobaqasi

12.03.2018   4694   2 min.
Bugun Qur’on oshiqlari shahrida qorilar musobaqasi

Allohning kalomiga muhabbati yuksak bo‘lgan do‘stlarimizga, Yaratgan Parvardigorning rahmati yog‘ilsin deymiz. Bugun erta tongdan vodiyning eng muxlis bandalari zamini bo‘lgan Namangan viloyati uzra Haq taoloning barakoti va nurlari yog‘ilmoqda, desak ayni haq gapni aytgan bo‘lamiz.
Bugun Namagan shahridagi Nurobod dahasida joylashgan “Imom A’zam” jome masjidida qori yigitlar o‘rtasidagi va Namangan shahridagi “Shodiyona” koshonasida qoriya ayol-qizlar o‘rtasida Qur’on musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada respublika bosqichiga chiqish uchun tuman bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 16 nafar qori, 11 nafar qoriya jami bo‘lib 27 kishi harakat qiladi.
Shuningdek, ushbu viloyatdagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘rtasida ham Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun o‘zaro musobaqada bellashadilar. Ushbu Qur’on ziyofatiga tayyorgarlik ishlari juda ham jadal suratda olib borildi.
Chunki, guvoh bo‘layotganimizdek, juda ham katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Yoshu qari, erkagu ayol, xullas, barcha Qur’onga muhabbatli kishilar erta saxardan viloyatdagi qorilar musobaqasi o‘tadigan jome masjid va koshonaga jam bo‘lishmoqda.
Rivoyat qilinishicha, Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Ilm olish tinglashdan boshlanadi, so‘ngra uni tushuniladi va yod olinadi keyin unga amal qilinadi”, dedilar. Banda Kalomullohni xolis niyat bilan tinglasa, uning qalbiga Alloh taolo nur soladi va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladi. Qur’oni karimda marhamat qilinadi: “…Bas, (ey Muhammad!) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, ular gapni tinglab, so‘ng uning eng go‘zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o‘shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o‘shalargina aql egalaridir” (Zumar, 17-18).
Demak, inson ibodat niyatida Kalomullohni tinglasa va jim tursa cheksiz ajru mukofotga ega bo‘ladi. Qur’oni karimni eshituvchi, avvalo, qalbini hozirlaydi, ibodatni niyat qiladi, siyratiyu suratida xotirjam bo‘lib, ixlos bilan Allohning kalomiga some’ bo‘ladi. Mana shundagina o‘zi umid qilgan va bunga va’da qilingan ajrlarga erishadi, inshoalloh.
Shunday ekan azizlar, har galgidek Namangandagi qorilar musobaqasi butunlay boshqacha bo‘ladi, inshoalloh. Fursatni boy bermang, so‘z va qalam bilan ifoda qilib bo‘lmaydigan onlarni o‘tkazib yuborman, imkon bo‘lsa borib, bo‘lmasa bizning muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, zavq oling. Barchamizdan Alloh rozi bo‘lsin.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

16.04.2026   5700   1 min.
Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda

 

Buxoro tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Imom Buxoriy” jome masjidida boshlangan muloqotlarda viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, diniy soha xodimlari, otinoyilar va mahalla faollari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida tuzilgan ishchi guruhlar hududdagi 6 ta masjid va 20 ta mahallaga biriktirilib, xayrli amallar amalga oshirildi. Jumladan, nuroniylar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bemorlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, nizoli va muammoli oilalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir nechta xonadonlarda yarashuvga erishildi.


“Yashil makon” loyihasi doirasida masjid hovlisiga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan bo‘lsa, “G‘uncha” bolalar bog‘chasiga uyushtirilgan tashrif jajji bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Naqshband.uz 

Buxoro tumanida xayrli tashabbuslar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari