Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Aprel, 2026   |   22 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:18
Bismillah
11 Aprel, 2026, 22 Shavvol, 1447

Qur’oni karimdan duolar

08.03.2018   18426   1 min.
Qur’oni karimdan duolar

«Yana shundaylari ham borki, ular: «Ey Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin», – deydilar» (Baqara, 201).

*****

«Jolut va uning lashkarlari bilan to‘qnashganlarida: «Ey Rabbimiz! Bizga sabr (va toqat yomg‘iri)ni yog‘dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g‘alaba ato et!» – dedilar» (Baqara, 250).

*****

«Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) – o‘ziga va orttirgani (yomonligi) ham o‘zigadir. (Yana dedilarki:) «Ey Rabbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, bizni javobgar etma! Ey Rabbimiz, bizdan ilgari o‘tganlarning zimmasiga ortgan mashaqqatni bizning zimmamizga ortma! Ey Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama! Bizlarni afv et va kechir hamda bizlarga rahm qil! Sen bizning Xojamizsan. Bas, bizlarga kofirlar qavmi ustidan g‘oliblik ato et!» (Baqara, 286).

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bitiruvchilarning ish taqsimoti masalalari muhokama qilindi

10.04.2026   1941   1 min.
Bitiruvchilarning ish taqsimoti masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi A. Bobomirzayev, Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Xodjayev hamda Masjidlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Rahimov Hadis ilmi maktabida bo‘ldi.


Tashrif doirasida bitiruvchi talabalarning ish taqsimoti masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan yosh mutaxassislarni ishga yo‘naltirish, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan muhim maslahat, taklif va amaliy tavsiyalar berildi.


Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. 

 

Bitiruvchilarning ish taqsimoti masalalari muhokama qilindi Bitiruvchilarning ish taqsimoti masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston yangiliklari