Samarqand viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi” kitobi taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
Ma’rifiy anjumanda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, shuningdek Urgut tumanida xizmat qilayotgan imom-xatiblar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Xayrullo domla Sattorov Muftiy hazratlarining ushbu asari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, “Ey bandalarim...” kitobi qalb tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va insonning islomiy axloq-odobini yuksaltirishda muhim manbalardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar asarning o‘ziga xos mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchiga beradigan ruhiy-ma’navi ta’siri haqida ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati