Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Yod olgan Qur’on oyatlarini unutish gunoh

01.03.2018   11325   16 min.
Yod olgan Qur’on oyatlarini unutish gunoh

  

عن أبي موسى الأشعري رضي الله عنه عن رسول الله صلي الله عليه وسلم : قال تَعَاهَدُوا هَذَا الْقُرْآنَ فَوَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَهُوَ أَشَدُّ تَفَلُّتًا مِنْ الْإِبِلِ رواه البخاري ومسلم

 

 Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu Qur’ondan xabar olib turinglar. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga kasamki, u qochib ketishda tushovda turgan tuyadan ham kuchliroqdir”, dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati.)

 

وعن ابن عمر رضيالله عنهما أن رسول الله صلي الله عليه وسلم : قال إِنَّمَا مَثَلُ صاحِبِ القُرآنِ كَمَثَلِ الإِبلِ المُعقَّلَةِ إِنْ عاهَدَ عَلَيْها أمْسَكَها، وَإِنْ أطْلَقَها ذَهَبَتْ رواه مسلم والبخاري

 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Qur’on sohibi huddi tushovlangan tuya sohibiga o‘hshaydi. Agar undan xabardor bo‘lib tursa uni tutib turadi. Agar tek qo‘ysa ketib qoladi”, dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati.)

 

وعن أنس بن مالك رضي الله عنه قال قال رسول الله صلي الله عليه وسلم  : عُرِضَتْ عَلَيَّ أُجُورُ أُمَّتِي حتَّى القَذَاةُ يُخْرِجُها الرَّجُلُ مِن المَسْجِدِ، وَعُرِضَتْ عَلَيَّ ذُنُوبُ أُمَّتِي فَلَمْ أَرَ ذَنباً أعْظَمَ مِنْ سُورَةٍ مِنَ القُرآنِ أوْ آيَةٍ أُوتِيهَا رَجُلٌ ثُمَّ نَسِيَها رواه أبو داود والترمذي

 

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga ummatimning savoblari, hattoki kishi masjiddan chiqarib tashlagan cho‘pning savobi ham ko‘rsatildi. So‘ng menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Men bir kishiga Qur’ondan bir sura yoki bir oyat berilib, uni unutib qo‘yganidan ko‘ra kattaroq gunohni ko‘rmadim”, dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati.)

 

وعن سعد بن عبادة عن النبي صلي الله عليه وسلم  : قال مَنْ قَرأ القُرآنَ ثُمَّ نَسِيَهُ لَقِيَ اللَّهَ تَعَالى يَوْمَ القِيامَةِ أجْذَمَ رواه أبو داود والترمذي

 

Sa’d ibn Uboda[1]roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Qur’onni o‘qib so‘ng yoddan chiqarsa qiyomat kunida Alloh taologa moxov holatida yo‘liqadi”, dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati.)

 

Jaloliddin Hamroqulov

 

"Novza" jome’ masjidi imom-xatibi

 

Toshkent islom instituti kafedra mudiri

 

 

 


 


 

[1]Sa’d ibn Uboda  ibn Daliy ibn Horisa Xazrajiy Ansoriy. Xazraj qabilasining sayyidi.  Abu Sobit va Abu Qays degan kunyalari ham mavjud. Badr g‘azotiga borganligi haqida ixtiloflar mavjud. U, otasi, bobosi va farzandi saxiyliklari bilan mashhur bo‘lishgan. Undan Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va ibn Mojalar hadis rivoyat qilganlar. Hijriy 15-yili vafot etgan. 

 

 

 

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   32865   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari