Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Janozani tezlatish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mayyitni so‘nggi yo‘lga tezroq olib boringlar, chunki agar u ahli solihlardan bo‘lsa, uni kutilayotgan joyga tezroq olib bormoq darkor. Agar bunday bo‘lmasa, yelkangizni noxush yukdan tezroq xoli qilgan bo‘lasiz”, dedilar.
2. Janozada ishtirok etish.
Janoza namozini o‘qish, qabrgacha birga borish, dafndan keyin mayyitning haqiga duo qilish.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim (mayyit olib chiqib ketilishidan) avval mayyitning uyiga kelsa, unga bir qiyrot, janoza ortidan ergashsa, unga yana bir qiyrot, janoza namozini o‘qisa, yana bir qiyrot, so‘ng dafn etilgunicha kutsa, unga yana qiyrot bo‘ladi”, dedilar (Imom Bazzor rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim iymon va savob umidi ila bir musulmonning janozasiga qatnashsa, janozasi o‘qilib, dafnidan forig‘ bo‘linguncha tursa, ikki qiyrot ajr bilan qaytadi. Har bir qiyrot Uhud tog‘ichadir. Kim janozani o‘qisa va dafn qilinmay turib qaytsa, bir qiyrot bilan qaytadi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
3. Janozadan nasihat olish, o‘limni eslash.
Janozada ishtirok etayotgan odam turli gaplarni gapirishi, kulishi yoki dunyo tashvishi bilan ovora bo‘lishi mumkin emas.
4. Ayol kishining tobuti ustini kattaroq mato bilan to‘sish.
5. Tobutni ko‘targanda quyidagi duoni o‘qish: “Subhana alhay allaziy laa yamutu”.
6. Tobutning ortidan borish.
7. Tobut yelkadan yerga qo‘yilganidan keyingina o‘tirish.
Davron NURMUHAMMAD