Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Noyabr, 2025   |   14 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:39
Quyosh
06:59
Peshin
12:12
Asr
15:32
Shom
17:18
Xufton
18:32
Bismillah
05 Noyabr, 2025, 14 Jumadul avval, 1447

27.02.2018   21579   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Agar namozda maza va lazzat kelmasa...

29.10.2025   3605   1 min.
Agar namozda maza va lazzat kelmasa...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Xayol va vasvasalarni muolaja qilaman desangiz, ularga e’tibor qaratmang. E’tibor qilmasangiz, inshaalloh, bu xayollar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi. Balki ishingizga diqqat qiling, namozga tursangiz, butun diqqatingizni shu ibodatga qarating. Hakimul ummat, Mavlono Ashraf Ali Tahonaviy quddisa sirruh bir mav’izalarida shu nozik nuqtani ochib berganlar:

«Namoz — talab qilingan va buyurilgan amal. Agar namozdaligingizda beixtiyor boshqa xayollar kelayotgan bo‘lsa, u sababli namozingizning qadrini pasaytirmang. Namozxonlar ko‘pincha shunday savol beradi: «Biz namoz o‘qiymiz, lekin maza va lazzat topmaymiz» yoki «Oldin juda maza qilib namoz o‘qir edim, endi o‘sha maza va lazzat tugab qolgandek». Bu gaplarning javobi shuki, ey birodar, namoz sizga faqat maza va lazzat berishi uchun farz qilinmagan. Balki bu amal Alloh taologa ibodatdir, bandalik-qullikning bir ko‘rinishidir.

Mabodo, namozda maza va lazzat kelsa, u holda bu holat Alloh taoloning bir ne’matidir. Agar namozda maza va lazzat kelmasa, uning sababidan namozga zarracha nuqson yetmaydi. Agar siz namozning arkonlari va shartlari hamda odoblarini to‘la-to‘kis ado etayotgan va sunnatga muvofiq bajarayotgan bo‘lsangiz, u holda agar butun umr maza va lazzat kelmasa ham, bunda sizning aybingiz yo‘q. Ibodat chog‘i maza va lazzat kelsa ham, kelmasa ham namoz o‘qishingiz kerak».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan