Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida navbatdagi amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan mazkur muloqotda asosiy urg‘u jamiyat barqarorligi va yoshlar tarbiyasiga qaratildi.
Viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov ishtirokchilar bilan suhbatda mamlakatimizdagi diniy-ma’rifiy islohotlar va o‘zaro hamjihatlikning ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir faqat ma’ruzalar bilan cheklanib qolmay, yuksak insoniy fazilat — saxovat tadbiriga ulanib ketdi. Jumladan, hududdagi ehtiyojmand va bemor oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Bu kabi xayrli ishlar aholi orasida mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati