Qur’oni karim bilan qudsiy hadis o‘rtasida qanday farq bor?
Bu haqda bilishni istasangiz quyidagi maqola bilan tanishing.
Qur’oni karim:
Alloh taolo aytadi:
“Uni Ruhul amin (Jabroil) olib kelib, ogohlantiruvchi (payg‘ambar)lardan bo‘lishingiz uchun qalbingizga tushirdi, u aniq arab tilida edi” (Shuaro, 193–195).
Hadisi qudsiy:
– uning lafzi Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ga oid, ma’nosi ilohiydir;
– ojiz qoldiruvchi emas;
– o‘zgarish va almashishdan saqlangan emas;
– bizlarga ohod xabar tarzda yetib kelgan;
– undan biror narsani inkor qilgan kishi kofir sanalmaydi;
– namozda o‘qilmaydi;
– uni o‘qish ibodat emas;
– uni tahoratsiz o‘qish, ushlash yoki ko‘tarish mumkin.
Hadisi qudsiy asli Alloh taoloning so‘zi bo‘lsada, Payg‘ambarimizga Jabroil (alayhissalom) orqali tushirilmagan, balki bevosita ilhom qilinganidan keyin e’lon etilgan
O‘MI Matbuot xizmati
Gunohga sabab bo‘lmasa, otaonaning buyurganlarini albatta bajarish; ota-onaga muloyim so‘zlash; uyga kirganlarida, hurmatlari uchun o‘rnidan turish; har tong salom berish, uyqudan oldin xayrli tun tilash; mol-mulklarini saqlash; so‘ragan narsalarini berish; ulardan maslahat so‘rash; ota-ona haqiga duo va istig‘for aytish; ular mehmon kutishsa, yonlarida muntazir bo‘lib turish; ularning aytishlarini kutmay, ularni xursand qiladigan ishlarni bajarish; ularning huzurlarida ovozni baland ko‘tarmaslik; gaplarini bo‘lmaslik; izn berishmagan joyga bormaslik; uxlayotganlarida bezovta qilmaslik; ahli ayoli, farzandlarini ulardan ustun qo‘ymaslik; ota-ona xatoga yo‘l qo‘ysalar, bilmaslikka olish, darhol kechirib, unutish; kulgili gap bo‘lsa ham, ularning huzurlarida o‘zini tutish; ular yaxshi ko‘radigan taomni ilinish; ulardan oldin taomga qo‘l cho‘zmaslik; ularning oldilarida cho‘zilib yotmaslik, oyoq uzatmaslik; uyga ulardan oldin kirmaslik, oldilariga tushib yurmaslik; chaqirganlarida tezlik bilan javob berish; ularning hayotliklarida ham, vafot etganlaridan keyin ham do‘stlarini hurmat qilish; ota-onasining hurmatini qilmaydiganlar bilan do‘stlashmaslik; ularning haqlariga duo qilish; vafotlaridan keyin Allohning quyidagi kalomini ko‘p aytish: «Ey, Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!» (Isro surasi, 24-oyat).
Ibrohimjon INOMOV tayyorladi.
“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 10-sonidan
http://hidoyatuz.taplink.ws