Manbalarda ta'kidlanishicha, yozuvga va kitob ko'chirishga talab va ehtiyojning oshishi tufayli o'tmishda Huroson va Movarounnahrda bir necha xattotlik maktablari vujudga kelgan. Hirot, Buxoro, Horazm, Farg'ona (Qo'qon), Samarqand va Toshkent xattotlik maktablari shular jumlasidan.
Ular orasida Buxoro xattotlik maktabi alohida ajralib turadi. U XVI–XVII asrlarda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarildi. Mashhur xattotlar etishib chiqdi. Buni bir jihatdan mazkur davrda Buxoroda madaniy hayot ma'lum darajada rivojlanish pillapoyasiga ko'tarilgani bilan ham izohlash mumkin. Aynan shu davrda Hirot xattotlari va musavvirlaridan bir qismi Buxoroga keladi. Pirovardida Buxoroning o'ziga xos bo'lgan yangicha kitobat va husnixat san'ati rivoj topadi.
XVI–XVII asrlarda yashab ijod etgan Buxoro xattotlari o'ziga xos uslub yaratdilar. Tarix sahifalarida Mir Ali Hiraviy Fathobodiy, Mirzo Ismatulloh Munshiy, Sodiq Munshiy Jondoriy, Mir Ma'sum Buxoriy, Avaz Badaliy Buxoriy, Hoji Yodgor, Domlo Bobobek, Abdulmajid Maxdum Buxoriy, Subhonquli, Muhammad Rizo Namadiy, Mirzo Mavlon Buxoriy, Abdulloh Savdo, Abdulvahhobxo'ja, Abdulqodirxo'ja, Mirzo Muhammadjon, Mirzo Is'hoq kabi zarrinqalam sohiblari – mohir xattotlarning nomlari tez-tez uchrashi buning yorqin dalilidir.

O'sha davrda Buxoroda ko'fiy, suls, g'ubor, nasx, nasta'liq xatlari juda rivojlangan. Shu jarayonda nasx xati asosida “Nasxi Buxoriy”xati yaratiladi. U Mir Ubayd Buxoriy (vafoti 1601-y.) tomonidan ixtiro qilingan. Bu xat nasx xatidan ko'ra kattaroq (yirikroq) bo'lib, jozibadorligi va mo''jizakorligi bilan har qanday kishini ham o'ziga maftun etadi.
Manbalarda aytilishicha, Mir Ubayd Buxoriy Muhammad alayhissalomni tushida ko'radi. Payg'ambarimiz Mir Ubaydga qalam hadya etadilar. Hattot uyg'onganida hadya etilgan qalam qo'lida turganini ko'radi. O'sha qalam bilan yoza boshlaganida esa mo''jiza ro'y berib, yangi xat uslubi –“Mir Ubaydiy” vujudga keladi va bu xat “Nasxi Buxoriy” deb atala boshlanadi.
Bu xat tez orada O'rta Osiyo, shuningdek, Afg'oniston shimolida keng tarqaladi. Mazkur xatda Qur'onni kitobat qilish boshlanadi. Qori Mir Fayz Buxoriy, Qori Abdulvohid Buxoriy, Qori Ahmad Buxoriy, Mirzo Hoshim Ho'jandiy, Muhammad Ersoriylar “Nasxi Buxoriy” xatida Qur'on, “Daloil ul-xayrot”, “Farzi ayn” singari kitoblarni, xutbalarni kitobat qilganlar. Mir Ubayd Buxoriy esa shu tariqa ushbu xat ixtirochisi, mohir xattot sifatida tarixda qoldi.
Abdulg'afur RAZZOQ,
Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasi mudarrisi, xattot
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati