Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Olimu ulamolarimiz Saudiyada mehmon bo‘lishdi

11.02.2018   5975   1 min.
Olimu ulamolarimiz Saudiyada mehmon bo‘lishdi

O‘zbekistondagi taniqli ulamolar, professor-o‘qituvchilar va imom-domlalardan iborat 30 kishi shu yilning 1 – 10 fevral kunlari Saudiya Arabistonida qirollikning mehmoni sifatida umra amallarini ado etib qaytishdi. Ular 10 kun davomida Madinai munavvara shahridagi Uhud tog‘i, Qubo va Qiblatayn masjidlarini ziyorat qilishdi. Makkai mukarrama shahridagi Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Savr va Nur tog‘lari atrofida hamda Harami Sharifda ibodatlarini davom ettirishdi.
Olimu ulamolarimiz safar davomida tashkil etilgan turli seminarlar, davra suhbatlari va podshohlikdagi martabali shaxslar, taniqli ulamolar bilan uchrashuvlarda ham ishtirok etishdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni shaharlaridagi diqqatga sazovor joylar, muzeylar, diniy mazmundagi adabiyotlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalariga ham tashrif qilishdi.
{gallery}/001-18/21{/gallery}

Muhammad-Akmalxon Shakirov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

28.08.2026   72872   1 min.
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.


Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston yangiliklari