Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Yanvar, 2026   |   2 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:46
Bismillah
21 Yanvar, 2026, 2 Sha`bon, 1447

10.05.2023   2041   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat: "Texnologiya insonni emas, inson texnologiyani boshqarishi kerak!"

21.01.2026   1138   2 min.
Muftiy hazrat:

Qohirada o‘tkazilgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ilmiy ma’ruza qilib, anjumanning mavzusi va muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan nutq so‘zladilar. 

Muftiy hazratlari o‘z chiqishida bugungi kunda sun’iy intellekt juda tez rivojlanib, uning imkoniyatlaridan iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat, xizmat ko‘rsatish va media sohalarida samarali foydalanilayotgani, o‘z navbatida uning afzalliklari bilan birga zararli tomonlari ham borligini, shu bois sun’iy idrokni boshqarish, tartibga solish va nazorat qilish hozirgi kunda juda ham muhimligiga urg‘u qaratdilar. 

Ma’ruzada sun’iy intellekt inson hayotiga o‘zining ijobiy va salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgani, jumladan, diniy suhbatlar va mav’izalarni ta’sirli roliklar orqali namoyish etish va kerakli ma’lumotlarni topishda juda qo‘l kelayotganini bayon qildilar. Biroq ba’zi insonlar shar’iy savol-javob, fatvo olishda ham sun’iy idrokdan foydalanayotgani, holbuki, bunday masalalarda undan olingan javoblarga dinimizga ko‘ra, tayanib bo‘lmasligini hujjat-dalillar bilan keltirib o‘tdilar. Zero, shariatga ko‘ra, fatvo chiqarish faqihning bevosita ishtirokini talab etishi, qolaversa, masala so‘rovchining holatiga, zamoniga, makoniga, urf-odatlariga hamda ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga qarab javob berilishi, bunday jihatlarni sun’iy intellekt mustaqil ravishda to‘liq bajara olmasligi kabilar bilan izohlandi.

Shuningdek, nutqda sun’iy intellektdan foydanish mumkin bo‘lgan sohalarga alohida to‘xtalindi, xususan, savol-javoblarni tahlil qilish, zarur ma’lumotlarni topish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, “aqlli shahar”, “xavfsiz shahar” va “raqamli shahar” kabi bir qator yo‘nalishlarda  unumli foydalanish zamonaviy taraqqiyot talabi ekani misollar bilan qayd etildi.

Anjuman ishtirokchilari Muftiy hazratlarining sun’iy idrok borasidagi xulosalari har jihatdan asosli ekanini e’tirof etib, taqdim etilgan ma’lumotlarni yuqori baholadilar. Misr tomoni iltimosiga ko‘ra, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari anjuman tafsilotlari haqida intervyu berdilar.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat: Muftiy hazrat:
O'zbekiston yangiliklari