O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov butun umrini jonajon O‘zbekistonimiz uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishlagan. O‘zbekistonda ulkan ishlarni amalga oshirgan, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori, O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi va buyuk davlat arbobidir.
I.A.Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston nomini dunyoda mashhur qildi. Bugungi kunda butun jahon xavas bilan qarayotgan O‘zbekistonning shu darajaga erishishida I.Karimovning o‘rni va xizmatlari beqiyosdir.
2017 yil 27 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi yuzasidan bugun I.Karimovning xotirasini, uning mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritishga qo‘shgan ulkan hissasi va shuningdek, uning me’rosini ommalashtirish maqsadida davlat tashkilotlari, idoralar va ta’lim muassasalarida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, hamda I.Karimovning asarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda.
Shunga asosan, bugun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ham I.Karimovning asarlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmada TII Axborot-resurs markazi xodimlari ustoz va talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 23 jildlik asarlari to‘plami, “Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti” nomli albomlar, ularda O‘zbekiston bosib o‘tgan 16 yillik, 21 yillik taraqqiyot yo‘li fotosuratlar orqali tasvirlab berilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston buyuk kelajak sari”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” va “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kabi jami 61 nomdagi 103 ta asarlari namoyish qilinmoqda, deb xabar beradi Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi mudiri Kamoliddin Mahkamov.










O‘MI Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati