Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2026   |   9 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
24 Iyun, 2026, 9 Muharram, 1448

Har tongda jasmin guli

19.01.2024   1547   1 min.
Har tongda jasmin guli

Hovlimizda uncha katta bo'lmagan gulzorimiz bor edi. Kichik gulzor bo'lishiga qaramay unda juda go'p gullar va daraxtlar o'sardi. Gullarning ichida eng yaxshi ko'radiganim jasmin guli edi. Marhum otam har kuni bomdod namozidan qaytishlarida bir dasta jasmin gulidan olib yostig'im oldiga qo'yib qo'yardilar. Ertalab jasmin ifori bilan uyqudan turish ajoyib edi.

Alloh rahmatiga olgan bo'lsin, otajonim bir necha yillar davomida xonamdan jasmin gulini aritmadilar. Otamning menga bo'lgan g'amxo'rliklari va mehru muhabbatlari jasmin guli timsolida gavdalanardi. E'tibor nishonasi bo'lgan mana shu jasmin guli meni makkor yigitlarning tuzog'iga linib qolishimdan asragan bo'lsa ne ajab. Men otasi mehr bergan qizlar ko'chada yigitlar bilan gaplashib ketmasligini, iffatini saqlashini o'z hayotimda yashab ko'rganimdan Allohga hamd aytaman.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Rasululloh ﷺ sog‘ingan ro‘za

24.06.2026   197   1 min.
Rasululloh ﷺ sog‘ingan ro‘za

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro‘zasini Ramazon oyi ro‘zasini kutib sog‘ingandek boshqa kun va oy ro‘zasini kutganlarini ko‘rmadim" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar