Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2025   |   21 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:24
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:53
Bismillah
13 Sentabr, 2025, 21 Rabi`ul avval, 1447

22.01.2018   16466   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Xalq saodati, Vatan ravnaqi va din rivoji yo‘lidagi xizmatlar e’tirofi

11.09.2025   2942   4 min.
Xalq saodati, Vatan ravnaqi va din rivoji yo‘lidagi xizmatlar e’tirofi

Keyingi yillarda Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy, xalqchil davlat barpo etish, uning ma’naviy asoslarini mustahkamlash va ta’sirchanligini oshirishda muqaddas islom dinining o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
 

Darhaqiqat, bugungi kunda ko‘p millatli mamlakatimizda turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, fuqarolarning din va vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu yurtimizda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ulug‘vor islohotlarga uyg‘un va hamohangdir.


Shu o‘rinda e’tirof etish darkor, muqaddas Islom dinining ezgu tamoyillarini chuqur o‘rganish, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, mashhur allomalarimizning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etish davlatimiz rahbariyatining ahamiyatidagi masalalardan biri bo‘lib turibdi.


Jumladan, ko‘hna Sharq mo‘jizasi – Samarqand shahri 2025 yilda islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi, ulug‘ vatandoshimiz Imom Moturidiyning 1155 yillik tavallud sanasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotganligi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari qatoriga shu yil Buxoro shahrida o‘z faoliyatini boshlaydigan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi ham qo‘shildi.


Qolaversa, poytaxtimizda bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-ma’naviy yo‘nalishdagi ulkan va noyob loyiha sifatida el-yurtimiz va xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu muazzam maskan ko‘p ming yillik qadimiy tariximiz, boy va betakror milliy madaniyatimizning yorqin  timsoli sifatida Yangi O‘zbekiston hayotidagi g‘oyat muhim voqeaga aylanishi, shubhasiz.


Vatanimiz istiqlolining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida yangragan quvonchli xabar, ya’ni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Islom dini ta’limotini keng yoyish, xalqimizni dinu diyonatli, halol-pok, elu yurtiga muhabbatli qilib tarbiyalash, yoshlarni rushdu hidoyatga boshlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Prezidentimiz farmoniga muvofiq “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangani barcha diniy soha vakillarini birdek mamnun etdi.


Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy nomidagi ushbu mukofotning muftiy hazratlariga taqdim etilgani eng avvalo mamlakatimizda diniy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va ulkan sharaf ifodasidir. Binobarin, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining jonajon Vatanimiz ravnaqi, muqaddas dinimiz rivoji va mehnatsevar xalq saodati yo‘lidagi 35 yillik fidokorona mehnatlarining samarasidir.


Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari tomonlaridan oxirgi yillarda odamlarning diniy ma’rifatini o‘stirish, masjidlar ochish, ularni obod etish va imom-xatiblarni qo‘llab-quvvatlash, Qur’on va tajvidni o‘rgatish, musulmon olami hamkorlik borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganini faxr ila aytish joiz.


Birgina joriy yilning o‘zida Haj mavsumida 15 ming nafar vatandoshimiz Islom dinidagi beshinchi muqaddas arkonni emin-erkin ado etishdi. E’tiborlisi shundaki, ikki yildan buyon mamlakatimiz rahbari ziyorat vaqtida muftiy hazratlari bilan telefon orqali muloqot qilib, hojilar holidan xabar olishi an’ana tusiga kirdi. Ushbu davr mobaynida hojilarimiz, shu jumladan Namangan viloyatidan muqaddas ziyoratni bajargan to‘rt mingdan ortiq hamyurtimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilariga aylanamiz” tashabbusini hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining sa’y-harakatlari bilan muhtaram hoji ota-onalarimiz jamiyatda birdamlik, oila va mahallalarimizda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, o‘g‘il-qizlarni ilm-ma’rifatga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, Vatan himoyachisi bo‘lishga targ‘ib etish, muhtoj insonlarga ko‘mak berishda alohida ibrat va namuna bo‘lishmoqda.

Musoxon domla ABBOSIDDINOV,

Namangan viloyati bosh

imom-xatibi

Maqolalar