Samarqand viloyati Pastarg‘om tumanida bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqich g‘oliblari e’lon qilindi.
Erkak ishtirokchilar o‘rtasidagi g‘oliblar:
Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh:
1-o‘ringa Xushvaqtov Ahmadjon;
2-o‘ringa Zubaydullayev Rahmatulloh munosib deb topildi
26-40 yosh:
1-o‘ringa G‘aniyev Muhammadjon;
2-o‘ringa Abdurahmonov Habibulloh;
3-o‘ringa Yoshuzoqov Abdumalik munosib deb topildi.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh:
1-o‘ringa Qurbonov Abdullo;
2-o‘ringa Temirov Mahmudjon;
3-o‘ringa Musayev Jaloliddin munosib deb topildi.
26-40 yosh:
1-o‘ringa Jo‘rayev Ibrohim;
2-o‘ringa Begimqulov Tursun;
3-o‘ringa Jo‘rayev Shaxboz munosib deb topildi.
Hududiy bosqich g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting, Samarqandning boshqa hududlari bo‘ylab musobaqalar davom etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati