Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Osiyo” koshonasida bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqich g‘oliblari e’lon qilindi. Marhamat erkak ishtirokchilar bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:
Hifz yo‘nalishi
18-25 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagi nomzod g‘olib bo‘ldi:
1-o‘ringa Abduxoliqov Muhammadsobir munosib deb topildi.
26-40 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
2-o‘ringa Karimov Najmiddin;
3-o‘ringa Karimov Faxriddin munosib deb topildi.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
1-o‘ringa Yusufjonov Muhammadrizo;
2-o‘ringa Axmatqulov Elyorjon;
3-o‘ringa Abdullayev Abduvohid munosib deb topildi.
26-40 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
1-o‘ringa Do‘smatov Odil;
2-o‘ringa Aliqulov Qodir;
3-o‘ringa Eshonov Mahmudjon munosib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz Sirdaryo viloyatida tilovat yo‘nalishi bo‘yicha ayol-qiz ishtirokchilar o‘rtasida quyidagi qoriyalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi:
18-25 yoshli ayol-qiz ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
1-o‘ringa Mustafoyeva Sarvinoz;
2-o‘ringa Vafoyeva Durdona;
3-o‘ringa No‘monova Ma’rifat munosib deb topildi.
26-40 yoshli ayol-qiz ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
1-o‘ringa Usmanova Hulkar;
2-o‘ringa Turdiyeva Feruza;
3-o‘ringa Hasanova munosib deb topildi.
Hududiy bosqich g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting, diyorimizning boshqa hududlari bo‘ylab muboqalar davom etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.
– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.
Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.
– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.
“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri