Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Oktabr, 2025   |   23 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:16
Quyosh
06:35
Peshin
12:14
Asr
15:59
Shom
17:46
Xufton
18:58
Bismillah
15 Oktabr, 2025, 23 Rabi`us soni, 1447

11.01.2018   19743   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozni avvalgi vaqtida o‘qisam bo‘ladimi?

13.10.2025   2985   1 min.
Namozni avvalgi vaqtida o‘qisam bo‘ladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Cavol: Peshin namozini 12:12 deb yozilgan, bu degani 12:12 da peshinni o‘qisam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, taqvimda ko‘rsatilgan vaqt namozning avvalgi vaqtidir. Shu vaqtdan boshlab namoz o‘qish joiz. Xususan peshinni ham. Lekin jamoat bilan o‘qish va jamoatni ko‘paytirish kabi fazilat ko‘zda tutilsa, bu vaqtdan biroz kechiktirish ham durust.

Ayollar esa jamoatga chiqmaganlari sababli namoz vaqti kirgandan ado qilishlari afzaldir. Bu haqda “Bahrur-roiq” kitobida bunday deyiladi:

وأداء الصلاة في أول الوقت أفضل إلا إذا تضمن التأخير فضيلة لا تحصل بدونه كتكثير الجماعة ولا يتأتى هذا في حق من في المفازة فكان التعجيل أولى ولهذا كان أولى للنساء أن يصلين في أول الوقت لانهن لا يخرجن إلى الجماعة.

“Namozni avvalgi vaqtida o‘qish afzal. Lekin jamoatni ko‘paytirish kabi namozni (avvalgi vaqtidan) kechiktirmasa hosil bo‘lmaydigan fazilatli holatlar bundan mustasno. Sahro (cho‘l) joylardagi kishi haqida bunday fazilat hosil bo‘lmagani uchun, namozni tezlashtirishi afzaldir. Shuning uchun ham ayollar namozning avvalgi vaqtida o‘qishi avlo. Chunki ular jamoatga chiqmaydilar”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.