Toshkent islom institutida “Yanvar – Qur’on qiroati va ilmlari fan oyligi” doirasida Oliy ma’had talabalari o‘rtasida “Qur’on musobaqasi – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov ochib berdi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari va Ulamolar kengashi a’zolari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov va Zayniddin domla Eshonqulov ishtirokchilarga omad tiladi.
Musobaqada qorilar «Qur’on ilmlari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, hifz yo‘nalishida Najmiddinov Muhammad Aminxon, tilovat yo‘nalishida esa Abdullayev Shukrulloh 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom instituti tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Oliymahad.uz