Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Qur’on musobaqasi - 2018: ro‘yxatga olish boshlandi

04.01.2018   11991   3 min.
Qur’on musobaqasi - 2018: ro‘yxatga olish boshlandi

2018 yilning birinchi yarmida Respublikamizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish bugun, 4 yanvar kunidan boshlandi. Ro‘yxatga olish 13 yanvar kunigacha davom etadi.

Bugun barcha viloyatlar qatorida Toshkent viloyatida ham mazkur jarayon boshlandi, deb xabar beradi viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov. Quyida ro‘yxatga olish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

Toshkent viloyatida “Qur’on musobaqasi – 2018” ko‘rik

tanlovi (tuman va shahar) bosqichi

JADVALI

 

Tuman va shaharlar nomi

Ko‘rik tanlov o‘tkaziladigan joy nomi va manzili

Sanasi

1-HUDUD

1

Angren shahar

Bo‘ka tumani,

“O‘rtaqo‘rg‘on” jome masjidi

Manzil: “Yangi hayot” ko‘chasi 5-uy

Mo‘ljal: Bo‘ka shahar Shohbekati

10.02.2017 y. (Shanba)

Erkaklar

soat 0900

Xotin-qizlar

1400

2

Bekobod tumani

3

Bekobod shahar

4

Bo‘ka tumani

5

Piskent tumani

6

Olmaliq shahar

7

Ohangaron tumani

2-HUDUD

1

Bo‘stonliq tumani

Chirchiq shahar,

“Markaziy” jome masjidi

Manzil: Zakovat ko‘chasi 1-uy

Mo‘ljal: Akvapark

11.02.2017 y.

(Yakshanba)

Erkaklar

soat 0900

Xotin-qizlar

1400

2

Parkent tumani

3

Qibray tumani

4

Toshkent tumani

5

Chirchiq shahar

6

Yuqorichirchiq tumani

3-HUDUD

1

Zangiota tumani

Zangiota tumani,

“Nurul Islom” jome masjidi

Manzil: Qumariq mahallasi, Hamza ko‘chasi 20-uy

Mo‘ljal: “General Motors” motor zavodi

12.02.2017 y. (Dushanba)

Erkaklar

soat 0900

Xotin-qizlar

1400

2

Oqqo‘rg‘on tumani

3

Quyichirchiq tumani

4

Chinoz tumani

5

O‘rtachirchiq tumani

6

Yangiyo‘l tumani

 

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Imom Buxoriy" ordeni — yuksak ehtirom ramzi!

28.08.2026   17401   2 min.

Kuni kecha mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi.

Eng quvonchlisi shuki, tadbirda diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan taniqli ulamolarimiz va faxriylarimizning zahmatli mehnatlari yuksak darajada e’tirof etildi!

Xususan, Diniy idora tizimida uzoq yillardan beri samarali xizmat qilib kelayotgan ustozlardan  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur, Samarqand viloyati Payariq tumani "Imom al-Buxoriy" jome masjidi faxriy imomi Mahmudjon domla Ibodullayev, Buxoro viloyati Kogon tumani "Bahouddin Naqshband" jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov "Imom Buxoriy" ordenini Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib olishdi.

Ustozlarning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, xalq ichida ma’rifat ulashishdagi fidoyiliklari davlatimiz tomonidan yuksak qadrlangani butun diniy-ma’rifiy sohada mehnat qilayotganlar uchun katta faxr va sharafdir.

Ushbu voqea Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash hamda rivojlantirishga qaratilayotgan izchil va xayrli siyosatning amaliy ifodasidir.

Xalqimizda qadimdan ma’rifat ahlini ulug‘lash, ularning zahmatli mehnatini qadrlash ezgu an’ana sanaladi. Islom ta’limotida ham ilm egalariga alohida maqom va hurmat bilan qaraladi. Zero, Imom Termiziy bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deyilgan.

Ulamolarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tiborning nechog‘li xayrli ekani quyidagi hikmatda ham o‘z ifodasini topgan. Ulug‘ zotlardan biri Tovus rahmatullohi alayh otasidan quyidagicha rivoyat qilgan: «To‘rt kishini hurmat qilish sunnatdir: olim, yoshi ulug‘ inson, podshoh va ota» (Imom Abdurazzoq rivoyati).

Mazkur yuksak mukofot milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, Islom ma’rifatini keng targ‘ib etish, jamiyatda bag‘rikenglik va tinchlik-omonlikni bardavom saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik xayrli xizmatlarning munosib e’tirofidir.

Davlatimizning bunday e’tibori diniy soha xodimlariga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi, ma’naviy yuksalish yo‘lidagi xayrli xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, insha Alloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari