Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Noyabr, 2025   |   18 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:04
Peshin
12:12
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:28
Bismillah
09 Noyabr, 2025, 18 Jumadul avval, 1447

04.01.2018   15002   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Baqara surasini o‘qish

29.10.2025   5328   1 min.
Baqara surasini o‘qish

Savol: Bir hadis o‘qib qoldim. Unda Baqara surasini “ushlash” baraka degan jumla bor ekan. “Ushlash” so‘zini qanday tushunamiz?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Baqara surasining fazilati haqida bir qancha hadisi shariflar kelgan. Shulardan birini imom Muslim rahimahulloh Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. U hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qur’onni o‘qinglar. Chunki u qiyomat kuni o‘z ahli uchun shafoatchi bo‘ladi. Ikki yorituvchi nur – Baqara va Oli Imron suralarini o‘qinglar. Zero, bu ikkisi qiyomat kuni ikki bulut yoki bir guruh saf-saf qushlar shaklida kelib, o‘z sohiblarining hojatini ravo qiladi. Baqara surasini o‘qinglar. Uni ushlash baraka, tark etish esa hasratdir. Unga sehrgarlar qodir bo‘la olmaslar, deganlar.

Mazkur hadisni sharhlagan Mulla Ali Qori rahimahulloh hadisda kelgan “ushlash” so‘zidan murod mazkur suraning tilovatida bardavom bo‘lish, ma’nolarini tadabbur (tafakkur) qilish va unda kelgan hukmlarga amal qilishdir, ana shunda xayru baraka, ulkan foydalar bo‘ladi, deganlar.

Ushbu hadisi sharifdan Baqara surasi fazilati ulug‘ sura ekani, uni o‘qib-amal qilish ulkan baraka ekani, uni tilovat qilib yurganlarga sehr-jodu ta’sir qilmasligi ayon bo‘lmoqda. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.