Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Noyabr, 2025   |   22 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:09
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:09
Xufton
18:25
Bismillah
13 Noyabr, 2025, 22 Jumadul avval, 1447

04.01.2018   15152   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Barcha yomonliklardan himoyada bo‘lish zikri

03.11.2025   3539   1 min.
Barcha yomonliklardan himoyada bo‘lish zikri

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Bomdod namozidan keyin oyog‘ini yiqqan holida turib, gapirmasdan oldin o‘n marta «Laa ilaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva ’ala kulli shayin qodiyr» desa, unga o‘n hasanot yozilur, uning o‘n xatosi o‘chirilur, uning o‘n darajasi ko‘tarilur. O‘sha kuni u barcha yoqimsiz narsalardan himoyada bo‘lur va shaytondan saqlanur. O‘sha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bo‘lsa», dedilar.

Duoning ma’nosi: "Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning O‘zi yolg‘izdir, Uning sherigi yo‘qdir, mulk va hamd Ungadir, tiriltirur va o‘ldirur, va U hamma narsaga qodirdir".

Deyarli ko‘pchilik mashoyixlar va o‘tgan azizlar ushbu rivoyatda kelgan duoni o‘zlariga kundalik vazifa qilib olganlar. Har bir kishi bunga amal qilmog‘i lozim. Chunki bomdod namozidan keyin o‘rnidan turmay, oyoqlari yig‘ilgan holda, dunyoviy gaplarni gapirmay turib bu duoni o‘qigan odamga ko‘pgina yaxshiliklar va’da qilinmoqda:

1. Unga o‘n hasanot yozilur.
2. Uning o‘n xatosi o‘chirilur.
3. Uning o‘n darajasi ko‘tarilur.
4. O‘sha kuni u barcha yoqimsiz narsadan himoyada bo‘lur.
5. Shaytondan saqlanur.
6. O‘sha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bo‘lsa. Agar Alloh taologa shirk keltirgan bo‘lsa, ishi chatoq bo‘ladi.

Bu hadisi sharifga amal qilishni yo‘lga qo‘yish kerak.

«Hadis va hayot» kitobining 35-juzidan