Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2025   |   17 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:07
Bismillah
15 May, 2025, 17 Zulqa`da, 1446

Tog‘rayhonning siz bilmagan foydalari

04.01.2018   13749   2 min.
Tog‘rayhonning siz bilmagan foydalari

Tog‘rayhon tog‘ yonbag‘irlari, o‘tloqlar va o‘rmonlarda o‘sadi. Bir yuz ellikka yaqin turi bor. Uni tog‘ qora rayhoni, o‘rmon yalpizi, sebinak ham deyishadi. Xushbo‘y, manzarali gul sifatida ham ekiladi. Tabobatda uning shoxchalari, yaprog‘i, urug‘i ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, geranil atsetat, askorbin kislota, timol, karvakral, oshlovchi moddalar, urug‘ida o‘ttiz foizgacha moy bor. Tog‘rayhonning bargi, guli, shoxchalari pazandalikda, jumladan, bodring, qo‘ziqorin, pomidor tuzlab yopishda qo‘llaniladi. Quritib maydalangan tog‘rayhon o‘simligi quruq mevalarga, guruchga, kiyimlarga sepib qo‘yilsa, zararkunandalar kelmaydi.

Tog‘rayhon damlamasi ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Yuqori nafas yo‘llari shamollaganida, asab kasalliklarida yaxshi davodir. O‘simlikning damlama va qaynatmasi turli yaralarni tuzatishda ishlatiladi. Raxit kasaliga uchragan bolalarni cho‘miltirishda, o‘tkir va surunkali me’daichak kasalligida, yarali qulanj, o‘tkir va surunkali yo‘tal, o‘t pufagi tosh xastaligida, safro haydovchi sifatida, qorin dam bo‘lganida foyda beradi. Tomoq og‘rig‘ida damlamasi ajoyib doridir.

Tog‘rayhondan qon bosimi oshganida paysatiruvchi, parishonxotirlik, buyrak va jigar, nafas yo‘li, o‘pka kasaliklarini davolash vositalari tayyorlanadi. Tog‘rayhon damlamasi jig‘ildon qaynashi, hiqichoq, ko‘ngil aynashini to‘xtatadi.

O‘ttiz gramm tog‘rayhonni bir litr qaynagan suvga solib, ikki soat damlab qo‘ying. So‘ng ellik gram asal qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Har kuni ovqatdan keyin chorak, yarim stakondan ichib tursangiz, bu moddalar almanishuvini yaxshilaydi, qon hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir qiladi.

Damlama tayyorlashning yana bir usuli: ikki osh qoshiq maydalangan tog‘rayhonni ikki piyola qaynoq suvga solib, og‘zi berk idishda yarim soat damlanadi. So‘ng dokadan o‘tkaziladi. Ikki-uch osh qoshiqda kuniga uch-to‘rt marta ovqatdan o‘n besh daqiqa oldin ichiladi.

Cho‘miltirishda: uch yuz gramm tog‘rayhon uch litr suvga solinadi. Past olovda yarim soatcha qaynatiladi. Dokadan o‘tkazilib, katta idishdagi suvga solinadi.

Homilador ayollarga, me’dasi yo o‘n ikki barmoq ichagida yarasi bor hamda qon bosimi past kishilarga tog‘rayhon muolajalari tavsiya qilinmaydi.

Mirzamir MIRZASHARIPOV

tayyorladi

 

Tabobat
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’rifat ulashayotgan nashrlar

12.05.2025   6156   1 min.
Ma’rifat ulashayotgan nashrlar

"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.


Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga  esdalik sovg‘alari ulashildi.


Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar Ma’rifat ulashayotgan nashrlar
O'zbekiston yangiliklari