Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Fevral, 2025   |   28 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:01
Peshin
12:41
Asr
16:27
Shom
18:14
Xufton
19:27
Bismillah
27 Fevral, 2025, 28 Sha`bon, 1446

Pskentda yangi masjid ish boshladi

2.01.2018   6956   1 min.
Pskentda yangi masjid ish boshladi

So‘nggi vaqtlarda din ravnaqi, sof Islom ta’limotini aholiga yetkazish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov hamda Pskent tumani imomlari ishtirokida “O‘smat Ota” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yilgan edi.

 

Bugun, 2 yanvar kuni 2016 yilda qilingan xayrli duolarning ijobati sababli “O‘smat ota” jome masjidi zamonaviy va ko‘rkam holda qayta qurib foydalanishga topshirildi. Masjid binosida namozxonlar uchun barcha sharoitlar mujassam etilgan bo‘lib, kelgusida kutubxona, muzey tashkil etish va avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Masjidda bir vaqtning o‘zida 250-300 kishini sig‘dira oladi.

 

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari masjidning ochilish marosimida ishtirok etib, masjid ahlini ushbu quvonchli va tarixiy voqea bilan muborakbod etdilar.

 

Tuman hokimi A.Akromov tashabbusi bilan mehmonlar va masjid ahli uchun bayramona dasturxon yozildi.

{gallery}//2018/01.01.2018/OsmatOTA{/gallery}

 

O‘MI matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Olti dinorning yuki

25.02.2025   4062   1 min.
Olti dinorning yuki

Oisha roziyallohu anho onamiz aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga olti (yo yetti) dinor berib, ularni kambag‘allarga tarqatishimni buyurgan edilar. Ammo o‘zlari bemor bo‘lganlari uchun menga bergan omonatlarini tarqata olmagandim.

Keyin tuzaldilar va mendan dinorlarni nima qilganimni so‘radilar. Men: Allohga qasamki, kasal bo‘lganingiz tufayli sizga qarab, band bo‘lib qoldim. Tarqata olmadim, dedim.

U zot alayhissalom: “Uni olib kel”, dedilar. Olib kelganimdan keyin kaftlariga qo‘yib, zaif ovoz bilan: “Muhammad Allohga yo‘liqqanida qo‘lida bu pullar bo‘lsa Robbidan nimani kutgan bo‘lardi?” dedilar».

Allohumma, solli ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammad!


“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa” kitobidan.