Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Aprel, 2026   |   15 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:02
Peshin
12:31
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:09
Bismillah
04 Aprel, 2026, 15 Shavvol, 1447

Diqqat e’lon!

30.12.2017   11848   4 min.
Diqqat e’lon!

Assalomu alaykum, aziz Qur’on muxlislari! Joriy yilning 22 dekabr kuni 2018 yilning birinchi yarmida Respublikamizda 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, 2018 yil 1‒10  yanvar kunlari musobaqa ishtirokchilarini ro‘yxatga olish sanasi deb belgilangandi. Biroq, davlatimiz tomonidan milodiy yangi sana kirib kelishi munosabati bilan yilning dastlabki 3 kuni ham dam olish kuni deb e’lon qilingani bois, qabul kunlari 2018 yil 4‒13 yanvarga ko‘chirildi. Musobaqaning shahar‑tuman bosqichi sanasi ham biroz kechga surildi. Musobaqaning birinchi bosqichi kunlari quyidagi jadvalda e’lon qilingan:

 

O‘zbekiston Qur’oni karim qiroati musobaqasining shahar va tuman bosqichini o‘tkazish bo‘yicha

JADVAL

 

Viloyat va shahar nomi

O‘tkazish joyi

Shahar va tuman bosqichini o‘tkazish sanasi

1.

Jizzax viloyati

O‘MI Jizzax  viloyati vakilligi

+998973257243

Botirxon Ro‘ziyev

15-17.01.2018

2.

Sirdaryo viloyati

O‘MI Sirdaryo  viloyati vakilligi

+998911019820

Dilmurod Sulaymonov

15-17.01.2018

3.

Samarqand viloyati

O‘MI Samarqand  viloyati vakilligi

+9983485870

Yoqubjon Mansurov

18-21.01.2018

4.

Buxoro viloyati

O‘MI Buxoro  viloyati vakilligi

+998956000031

Anvarjon Nurillayev

18-21.01.2018

5.

Navoiy viloyati

O‘MI Navoiy  viloyati vakilligi

+998919911555

+998939507303

Muzaffar Rahmonov

22-23.01.2018

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilligi

+998934897670

Zulfiqor Sapashov

24-26.01.2018

7.

Xorazm viloyati

O‘MI Xorazm  viloyati vakilligi

+998622284438

+998937572557

Bobojonov Hamid

24-26.01.2018

8.

Qashqadaryo viloyati

O‘MI Qashqadaryo  viloyati vakilligi

+998972004716

Nazrulloh hoji Bobomurodov 

27-29.01.2018

9.

Surxondaryo viloyati

O‘MI Surxondaryo  viloyati vakilligi

+998912382717

Abdusalom Fathullayev

27-30.01.2018

10.

Andijon viloyati

O‘MI Andijon viloyati vakilligi

+998742280196

+998916107040

Nurulloh Qodirov

01-04.02.2018

11.

Namangan viloyati

O‘MI Namangan viloyati vakilligi

+998906429977

Obidxon Ikromov

04-06.02.2018

12.

Farg‘ona viloyati

O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi

+998914532870

Husniddin Tursunozoda

06-09.02.2018

13.

Toshkent viloyati

O‘MI Toshkent viloyati vakilligi

+998903482262

Farrux Sultonov 

10-12.02.2018

14.

Toshkent shahri

Toshkent shahar vakilligi

+998712351733

+998974206264

+998949320022

Murodjon Kabirov

13-15.02.2018

Ushbu jadval asosida shahar va tumanlarda saralash bosqichi o‘tkazilgach, ulardan har bir yo‘nalishning birinchi raqamli g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashadi.

 

Viloyatlarda musobaqaning birinchi bosqichi uchun tayinlangan shahar va tumanlar hamda musobaqa tadbirini o‘tkazish manzili 2018 yil 3 yanvargacha saytimizda e’lon qilinadi. Ushbu Qur’on musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi (Murojaat uchun telefon raqamlar yuqorida berilgan).

Musobaqa haqida hay’at kotibiyati bilan bog‘lanish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998711487770, +998998987277

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Quyoshning borligiga endi ishondim" deysizmi?

02.04.2026   5987   3 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Yaxshi bilan yomonning farqiga hamma boradi. Yaxshi ishlarni hamma his qiladi, undan rohat tuyadi. Yomon ishlar esa insonni larzaga soladi, tinchini buzadi, xavotirga qo‘yadi, vijdonini qiynaydi. Bu narsalarni bizga kim o‘rgatdi? Bu qonuniyatlarni Alloh yaratgan, Alloh o‘rgatgan. Shu narsalar haqida o‘ylar ekanmiz aytib o‘tganimiz oyati karimani yanada chuqurroq anglaymiz:

﴿وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنْ بَنِي آَدَمَ مِنْ ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَى أَنْفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ قَالُوا بَلَى شَهِدْنَا أَنْ تَقُولُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَذَا غَافِلِينَ﴾

“Robbing Bani Odamning umurtqa pog‘onasidan, qiyomat kuni “Bundan g‘ofil edik” demasliklaringiz uchun zurriyotlarini olib o‘zlariga o‘zlarini guvoh qilib: “Robbingiz emasmanmi?” deganida “Albatta Robbimizsan” deganlarini esla” (A’rof surasi, 172-oyat).

Bu me’yorlar biz tug‘ilmasimizdan oldin bizga o‘rgatiladi. Bu esa Allohning bergan ulkan ne’matlaridan biridir. Alloh barchaga birdek Robb sanaladi. Shuning uchun ham biz sanab o‘tgan me’yorlar hamma insonda bo‘ladi.

Endi mavzuni davom ettiramiz. Dinga ishonmaydigan inson: “Men faqat ko‘zim bilan ko‘rgan narsaga ishonaman. Ko‘zim ko‘rmagan narsalarga esa ishonmayman”, deb aytadi. Aslida ishonch so‘zi ko‘z ko‘rmaydigan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Hech kim sizni ko‘rib turib “Sening borliginga ishonaman” demaydi. Yoki hech kim quyoshni ko‘rganidan keyin “Men quyoshning borligiga endi ishondim” demaydi.

Ishonch turlicha bo‘ladi. Masalan, siz o‘zingiz guvohi bo‘lmasangiz ham, ammo kimdir aytgan gapga ishonasiz. Chunki o‘sha odamni siz ishonchli deb bilasiz. Agar o‘sha narsani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rsangiz, ishonchingiz yanada ortadi. Mo‘min kishining oxiratga bo‘lgan ishonchi birinchi tur ishonchga kiradi. Zotan mo‘minlar oxiratni ko‘rmasdan turib uning borligiga ishonadilar. Ko‘z bilan ko‘rgandan keyin esa u ishonch yana ham kuchli bo‘ladi. Alloh taolo oxirat kuni jahannamni ko‘rganlar haqida bunday degan:

﴿كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ الْيَقِينِ لَتَرَوُنَّ الْجَحِيمَ ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ الْيَقِينِ﴾

“Yo‘q. Agar siz aniq ilm ila bilganingizda edi. Albatta, jahannamni ko‘rarsiz. Va albatta, uni ishonch ko‘zi bilan ko‘rasiz” (Takosur surasi, 5-7-oyatlar).

Oxirat kuni har birimiz jahannamni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. So‘ngra Alloh taolo bunday xitob qiladi:

﴿وَأَمَّا إِنْ كَانَ مِنَ الْمُكَذِّبِينَ الضَّالِّينَ فَنُزُلٌ مِنْ حَمِيمٍ وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ إِنَّ هَذَا لَهُوَ حَقُّ الْيَقِينِ﴾

“Va agar yolg‘onga chiqaruvchi gumrohlardan bo‘lgan bo‘lsa. Bas o‘ta qaynoq suvdan “ziyofat” va do‘zaxga kirish bor. Ta’kidki, albatta bu ochiq-oydin haqiqatdir” (Voqea surasi, 92-95-oyatlar).

Ha, ochiq-oydin haqiqat oxiratda bo‘ladi.

Demak, ochiq-oydin haqiqat ko‘z bilan ko‘rgandagina bo‘ladi. Lekin iymon ma’nosidagi ishonch esa ko‘rmasdan turib bo‘ladi. Misol uchun, siz o‘zingiz ko‘rmagan narsa haqida “Bunday bo‘lishiga iymonim komil” deb aytasiz. Ya’ni siz ko‘zingiz bilan ko‘rmagan narsa haqida shunday ishonch bilan gapiryapsiz. Bu – iymon deyiladi.
 

Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy rahimahullohning
"Allohning borligiga aqliy dalillar" kitobidan