Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Avgust, 2026   |   17 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:24
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:23
Bismillah
30 Avgust, 2026, 17 Rabi`ul avval, 1448

Buyuk bobomiz ziyoratida

28.12.2017   12904   1 min.
Buyuk bobomiz ziyoratida

Kuni kecha Toshkent viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Umra-2018” mavsumi ziyoratchilari hamda ilgari turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgani sababli ozodlikdan mahrum etilgan va to‘g‘ri yo‘lni anglab yetgani e’tiboridan avf qarori asosida ozodlikka chiqarilgan fuqarolarimiz uchun yurtimizning eng tabarruk va tarixiy maskanlariga boy bo‘lgan Samarqand viloyatiga ikki kunlik ziyorat tashkil etildi.

Ular birinchi kunlarini “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasida muhaddislar sultoni bo‘lgan Imom Buxoriy rahimahullohning marqadini ziyorat qilish bilan boshladi. O‘z navbatida ushbu maskanda amalga oshirilgan qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

Bugun erta tongdan birinchi Prezidentimizning maqbarasini ziyorat aylab, u kishining haqlariga xayrli duolar qildilar. Shundan so‘ng Registon maydonidagi qadimiy madrasalar tomon yo‘l olishdi. Ular bugun “Go‘ri Amir” va boshqa qadamjolarni tomosha qilib, safarini Samarqandning yuragi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyida yakunlaydilar.

Ziyoratchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mehmonxona, ziyorat ishlariga oid mutaxassis xodimlar, yumshoq o‘rinli avtobuslar hamda YOPX xodimlari biriktirilgan.

Ziyoratga mas’ul bo‘lgan I.Dostonovdan ziyorat yuqori kayfiyatda o‘tgani, ziyoratchilarning kayfiyati a’lo darajadaligi, xususan,  tashkil etilgan ushbu safar umra ziyorati oldida turgan fuqarolarimiz uchun benazir sovg‘a bo‘lgani, avf qarori asosida ozodlikka chiqarilgan fuqarolarimiz esa yurtimizda amalga oshirilgan bunday ezgu ishlardan mamnun ekani haqida ma’lumot oldik.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   34802   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari