Bismillahir Rohmanir Rohiym
Imom Dorimiy “Sunan” kitobida ishonchli roviylar orqali Ikrimadan rivoyat qiladi: Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgach, bir ansoriy kishiga: “Ey falonchi! Kettik Nabiy alayhissalomning sahobalaridan bilmagan narsalarimizni so‘raymiz, zero, ular bugun ko‘pchilik” dedim.
Shunda u kishi: “Sizga hayronman ey ibn Abbos! Siz ko‘rib turgan shuncha sahobalar turganda odamlarni sizga ehtiyoji tushadi deb o‘ylaysizmi!? – dedida menga qo‘shilishni istamadi. Men esa sahobalardan ilm olishga kirishdim. Falon kishida hadis borligini bilsam, uning oldiga u uxlayotgan paytda borardim va eshigi oldiga kiyimimni to‘shab o‘tirardim, goho shamol yuzimga turpoq sochib o‘tardi. Uyidan chiqqan kishi meni bu holimni ko‘rib: “Ey Rasulullohning amakisining o‘g‘li, nega ovora bo‘lib keldingiz? Odam yuborsangiz o‘zim borardimku”, derdi.
Shunda men aytardim: “Yo‘q, men kelishim kerak”. Keyin u kishidan hadis so‘rardim. Boshida meni tark qilgan kishi, vaqt o‘tib insonlar atrofimda yig‘ilganini ko‘rib: “Bu yigit mendan aqlliroq bo‘lgan ekan” dedi.
Abdulqodir AHMЕDOV,
HIM talabasi.