Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2026   |   21 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
06 Iyul, 2026, 21 Muharram, 1448

Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘l yuvishning hikmati nimada?

14.12.2017   16403   3 min.
Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘l yuvishning hikmati nimada?

Yurtimizda mehmonni taomdan oldin va keyin qo‘l yuvdirish odati bor.  Hatto katta to‘ylarda ham mehmonlarning qo‘liga suv qo‘yish uchun qo‘lida obdasta ko‘targan, yelkasiga sochiq tashlagan yoshlar shay turadi. Bu odat haqida keksalarimiz “Ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvilmasa, insonda turli kasalliklarni keltirib chiqaradiki, ba’zan bu kasallikni davosini ham topish mushkul bo‘lib qoladi”, deyishadi.

 Hozirgi vaqtda taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish, og‘izni chayish kabi qoidalarga ko‘pchilik rioya qiladi. Ammo turli kasalliklar poklikka  be’etiborlikdan kelib chiqishini unutmasligimiz darkor.

 Ovqatdan oldin qo‘l yuvish, “Bismillah”ni yodga soladi, taomga baraka kiritadi, qalbimiz ravshanlashadi, toat-ibodatga zavqimiz oshadi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Men Rasulullohning sollallohu alayhi vasallamning “Kimki Alloh uyining barakasini ko‘paytirishini xohlasa, taom hozir bo‘lganida va yig‘ishtirilganida (qo‘lini) yuvsin”, deb aytganlarini eshitganman” (Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyati).

 Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomdan rivoyat qiladi: “Darhaqiqat, shayton o‘ta sezgir va yalovchidir. Bas, siz o‘zingizga ehtiyot bo‘ling! Kimki qo‘lida ovqat qoldig‘i qolgan holida uyquga yotsa va unga biron narsa bo‘lsa, bas, u faqat o‘zini malomat qilsin”  (Termiziy va Hokim rivoyati).

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqib, “Ummatim orasidagi xilol qiluvchilar qandoq ham yaxshi!” dedilar. Shunda bir kishi: “Xilol qiluvchilar kimlar, ey Rasululloh?” deb so‘radi. U zot: “Ular tahoratda va taomdan (so‘ng) xilol qiluvchilardir. Tahoratdagi xilol mazmaza, istinshoq va barmoqlar orasini xilol qilish. Taomdan (so‘ng) xilol qilish esa ovqat (qoldiqlari)dan (poklanish)dir. Zero, banda namoz o‘qiyotganida ikki farishta uchun uning tishlari orasida (qolib ketgan ovqat qoldiqlari)ni ko‘rishidan ham og‘irroq narsa yo‘q”, dedilar” (Ahmad va Tabaroniy).

  Har yili gepatit va  o‘tkir ichak kasalliklaridan dunyo bo‘yicha 3,5 million bola nobud bo‘ladi. Qo‘lni yuvganda sovun  yoki boshqa tozalash vositasidan foydalanilsa, yanada yaxshi bo‘ladi (ayniqsa, ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan chiqqanda). Ana shunda ichak kasalliklari 40 foizga, nafas yo‘li kasalliklari  25 foizga kamayadi.

Qo‘lni nafaqat taomdan oldin yoki keyin, balki taom tayyorlashda, uy tozalaganda, aksirganda, yo‘talganda, uy hayvonlariga ozuqa berganda, ko‘chadan kelganda va boshqa shu kabi ishlardan keyin ham yuvish foydalidir. Taomdan keyin qo‘l yuvmasdan, og‘izni chaymasdan uxlashning zararli oqibatlarini yoshlarga uqtirib borish zarur. Ayniqsa, bolalarga yoshlikdan pokizalikni targ‘ib qilib borsak,  balog‘atga yetgach poklik ularning kundalik odatiga aylanadi.

 

Munira ABUBAKIROVA,

  O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvat uyiga xayriyalar

06.07.2026   894   1 min.

Sayyor xayriya tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida joylashgan nogiron shaxslar uchun mo‘ljallangan muruvvat uyiga 7,5 mln. so‘mlik gigiyena vositalari, hududdagi 100 ta ehtiyojmand oilaga 10 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi hadya qilindi.

"Vaqf" fondi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari