Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Haqli e’tiroflar ruknidan: Mahatma Gandi

05.12.2017   6429   1 min.
Haqli e’tiroflar ruknidan: Mahatma Gandi

Men dunyoda yashab turgan millionlab insonlarning qalblarini to‘lqinlantirgan odam hayotini yanada chuqurroq bilishni xohladim va o‘sha davrdagi odamlarning hayot tarziga Islom qilich bilan kirib bormaganiga qayta-qayta ishonch hosil qildim. Payg‘ambar Muhammad (sollalohu alayhi vasallam)ning sodda hayot kechirishlari, o‘zlarini cheksiz hokisor tutishlari, zimmalaridagi majburiyatlarini so‘zsiz bajarishlari, sahobalarga butun borliqlarini baxshida qilishlari, jasurliklari, Yaratganga va o‘z ishlariga mutlaq ishonishlari kabi sifatlari, U zotni har qanday to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam berdi, unutmang, qilich emas.  Muhammad (sollalohu alayhi vasallam) tarjimayi holining ikkinchi bobini tugatganimda, afsuski, ushbu buyuk inson hayotining davomini o‘qish shaxsan men uchun emas ekan, deb hisobladim.

 

Alisher SATTAROV

O‘MI Xalqaro bo‘limi xodimi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   40755   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV