Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Aprel, 2026   |   2 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:11
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:09
Shom
19:12
Xufton
20:31
Bismillah
20 Aprel, 2026, 2 Zulqa`da, 1447

Rasulullohga (s.a.v) maktub

02.12.2017   6140   2 min.
Rasulullohga (s.a.v) maktub

 (Tanlovga emas)

Assalomu alaykum, yo mehribonimiz, mushfig‘imiz!

Biz ojiz bandalarini bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambari ichidan aynan Sizga ummat bo‘lish sharafiga muyassar aylagan Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Sizning o‘zingizga durudu salavotlarimiz, ahli baytingizga, as'hoblaringizga duo salomlarimiz bo‘lsin!

Jonim Sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Siz tavallud topgan fazilatli oyda barcha ummatlaringiz, muborak suratingiz, siyratingiz, axloqingiz va jamiki xislatlaringizni ta’riflab, bir-biriga ta’lim berib, mavludlar o‘qib, shoirlar ash’orlar bitib turgan farahli pallada men o‘z muammoim haqida yozishga jur’at qildim. Bu gustohligim uchun ming bor uzr so‘rayman. Ammo yozmasam bo‘lmas edi.

Hosili kalom, kecha sinfdosh do‘stimning qiblagohi vafot etdi. Ishga borayotganimda qo‘ng‘iroq qildi. Ellikka kirgan odam xuddi kichkina boladek ho‘ngrab yig‘laydi. Mening ham o‘pkam to‘lib ketdi. Ammo yonimda o‘tirgan o‘g‘limdan uyalib ko‘z yoshimni yashirdim. Do‘stlarni xabardor qilib qo‘yishni tayinladi. Hammaga aytdim. Kechqurun yo‘lga chiqmoqchi bo‘ldik.

Ammo kechga borib hammasining ishi ko‘payib qoldi. Ularning mujmalliklari, tezda bir qarorga kela olmagani oqibatida allamahal bo‘lib ketdi. Ikki kishi qoldik. Ertalab yo‘lga chiqadigan bo‘ldik. Xuftonda, bomdodda marhumning ruhi shod bo‘lsin deb duolar qildim.

Ertalab yo‘lga hozirlanib turganimda kiyinib, maktabga chiqayotgan qizimning etigining bog‘i uzildi (zamogi buzildi), o‘zi eskiroq edi. Aksiga olib maktabida qandaydir tadbiri bor ekan...

Shunda “Baribir janozaga yetib bora olmaymiz, Toshkentga qaytganida ko‘ngil so‘ragani uyiga bora qolamiz, borishga-qaytishga taksiga beradigan pulni unga yordam qilib bera qolarmiz, bugun esa qizimga etik olib bera qolay”, deb o‘yladim.

Bu taklifim sherigimga ham ma’qul bo‘ldi. Qishloqdagi hoji do‘stimizga qo‘ng‘iroq qilib, bizning uzrimizni aytib, hamdardligimizni yetkazib qo‘yishni iltimos qildik.

O‘zimning onam o‘tganida ham, otam o‘tganida ham Toshkentdagi do‘stlarga xabar qilib, “Jonlaringni xatarga qo‘ymanglar, uzoq yo‘l”, deb ularni ogohlantirgan edim va ularni kutmagan edim. Ammo ularning ba’zilari baribir borgan edi.

Endi, havo bir oz yorishsa, qizimga etik olish uchun bozorga boraman, shungacha ishlarimni qilib olay, deb kompyuter qarshisida o‘tiribman. Ammo xotirjam emasman, yuragimni birov g‘ijimlab turganga o‘xshayapti. Axir vafot etgan kishi boshlang‘ich sinfda dars bergan ustozimiz, sinfdosh do‘stimning otasi.

Bir ozdan so‘ng janoza o‘qiladi. Men xato qildimmi, yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam!..

Damin JUMAQUL

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA)

20.04.2026   1214   1 min.
TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA)

Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent islom instituti talabasining “Mus'haf harflari jilosi” deb nomlangan shaxsiy xattotlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Diniy idora mas’ul xodimlari, institut rahbariyati va ustozlari, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Mazkur ko‘rgazma islom madaniyati va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan xattotlik san’atini keng jamoatchilikka taqdim etish, uning nafosati va chuqur ma’no-mazmunini namoyon qilishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir bo‘ldi. 

Ko‘rgazma doirasida muallif iste’dodli yosh xattot Azizbek Hamdamovning alohida mahorat bilan bitilgan Qur’oni karim oyatlari, hadislar va hikmatli iboralardan iborat noyob asarlar to‘plami namoyish etildi. 

Mazkur asarlarda xattotlikning klassik nasx, nasta’liq, suls, riq’a va boshqa uslublari yuqori did hamda zamonaviy badiiy yechimlar bilan mahoratli tarzda ifoda etilgan. Ayniqsa, nafis xat turlari orqali bitilgan muqaddas kalom – Qur’oni karim oyatlari aks etgan namunalar o‘zining estetik va ma’naviy mazmuni bilan ko‘rgazma ishtirokchilari qalbida chuqur iz qoldirdi. 

Tadbir davomida xattotning ijodiy faoliyati taqdimoti bilan bir qatorda, ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar, qiziqarli savol-javoblar va xattotlik san’ati bo‘yicha mahoratli ustozlarning tavsiyalari berildi. Bu jarayon yosh ijodkorlar uchun o‘zaro ilhom va tajriba almashish maydoniga aylandi. 

Toshkent islom instituti mezbonlik qilgan ushbu ko‘rgazma yurtimizda islom san’ati va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga hamda xattotlik san’atining nozik qirralarini keng ommaga yetkazishga xizmat qilishi, shubhasiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA) TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA) TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA) TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA) TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA XATTOTLIK KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI (FOTOLAVHA)
Dunyo yangiliklari