من غرائب فتاوى الوهابية
تحريم لقب ( حاج )؛ لمن حج بيت الله الحرام
▪️Soxta salafiylar,
"Haj amalini bajargan musulmonni hoji deb aytmoqlik haromdir deydilar".
▪️Haj amalini bajargan kishini falonchi hoji deb laqab qo'yish haromdir... deyishadi-yu o'zlari Alboniy rohimahullohga muhaddis deb laqab qo'yishgan..
▫️Aytamizki avvalo laqab bilan ismni ajratib olishimmiz kerak. Laqab uchun biror bir sabab bo'ladi.
▫️Sayidimmiz xazrati Abu Bakrni rostgo'yliklari uchun Siddiq deb, hazrati Umarni haq bilan botilni ajratganlari uchun Faruq deb nomlaganlar.
▫️Ibodat bo'lmish ro'za amalini ko'p bajaruvchiga sovvom, kechalari ko'p ibodatda bo'luvchini qovvam, fiqh bilan shug'illanuvchini esa faqih deyiladi.
▫️Shunga ko'ra haj ibodatini bajargan kishiga hoji deyishlikda haraj yo'q.
Imom Navaviy o'zlarini Majmu'alarida:
قال النووي في المجموع :
( يجوز أن يقال لمن حج : حاج ، بعد تحلله ، ولو بعد سنين ، وبعد وفاته أيضاً ، ولا كراهة في ذلك )8/281
▫️Haj amalini bajarib bo'lgan kishini hoji deyishlik joizdir. Hattoki, vafot etgan bo'lsa ham hoji deyishlikda karohiyat yo'qdir.
Imom Subkiy rohimahulloh Hasson ibn Sa'id hojiyning tarjima holida:
وقال السبكي في ترجمة : حسان بن سعيد الحاجِّي : ( وأما الحاجي فلغة العجم في النسبة إلى من حج ، يقولون للحاج إلى بيت الله الحرام : حاجِّي ) ا هـ
▫️"Hoji deb ajam lug'atida Baytullohni haj qilgan kishiga nisbatan aytiladi" deydilar.
Faxriddin domla Shayzaqov
Jizzax shahar "Qaliya" jome masjidi imom - xatibi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.
Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.
Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.
G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati