O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari
#21apr #uzbekiston24
Boku shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasiga tashrif buyurib, ilmiy-madaniy hamkorlikni kengaytirish va mushtarak tarixiy merosni o‘rganish masalalarini muhokama qildi.
26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidbek Eshmatbekov ishtirok etdi.
Muzokaralarda tarixiy qo‘lyozmalar va ilmiy manbalarni tadqiq etish, buyuk allomalar merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, ilmiy muassasalar va muzeylar o‘rtasida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.