Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi ulamolaridan iborat delegatsiya a’zolari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdilar. Martabali mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov hamrohlik qilmoqda. Mehmonlar qadimiy Buxoro zaminidagi ko‘plab tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi. Ko‘hna va azim Buxoroning necha asrlardan beri tarix bilan tillashib kelayotgan masjid-u madrasalarida bo‘lgan mehmonlar muborak maskanlarda duoga qo‘l ochib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yanada mustahkam bo‘lishi, boshlanayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatishini Yaratgandan so‘radilar.
{gallery}/01-11-2017/25{/gallery}
O‘zbekiston musulmonlari idorasining
Buxoro viloyati vakilligi axborot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati