Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Baqara surasi o‘qilgan uyga shayton kirmaydi”, dedilar.
Barcha odamlar uylarining obod bo‘lishiga harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun turli ishlar, sarf-harajatlar qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yo‘li ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi o‘z uyi obod bo‘lishi, qabrga o‘xshab, qolmasligi uchun Baqara surasini uyida o‘qib tursa bo‘ldi ekan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallahu alayhu vasallam: “Har bir narsaning sanomi – ko‘zga ko‘ringan joyi bo‘ladi. Baqara surasi Qur’onning sanomidir. Unda bir oyat bor. O‘sha oyat Qur’on oyatlarining sayyidasidir. U “Oyatul Kursiy”, dedilar.
Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o‘qisa, kifoya qiladi”, dedilar.
Ushbu hadisi sharifga ko‘ra “kifoya qiladi” ga urg‘u berib aytgan ulamolarimiz shunday deyishganki, kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o‘qisa:
Abdulloh PARPIYEV
Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati