O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2018 yil Haj va Umra mavsumi ziyoratchilari uchun to‘rt valentlik, bir dozalik ACYW-135 meningokokk vaksinasi va mavsumiy gripp vaksinasini sotib olish yuzasidan tender e’lon qiladi.
Shuningdek, 2018 yil Haj va Umra mavsumi ziyoratchilari uchun O‘zbekiston ramzi tushirilgan kamzul va sumka tikib berish yuzasidan tender o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Hisob-kitob milliy valyutada pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi
Ma’lumot uchun telefonlar: (+99871) 240-18-58 (+99871) 150-18-58
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Uyimizdagi uch oylik qo‘zichoqning oyog‘i sinib, yurolmay qoldi. Shuni so‘yib, go‘shtini yesak bo‘ladimi? Yoki yeyishga yaroqsiz hisoblanadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Shariatimizda halol bo‘lgan hayvonlarni, jonzotlarni yeyish uchun ma’lum yosh belgilanmagan. Hatto yangi tug‘ilgan hayvonning go‘shtini ham yeyish mumkin.
Vatandoshimiz, buyuk muhaddis imom Buxoriy rahimahulloh “Sahihi Buxoriy” asarlarida Xandaq g‘azoti bobida quyidagi hadisni keltirganlar: Jobir roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ochlikdan sillasi qurigan holatda ko‘rib, uyiga kelib, ayoliga biror narsa pishirishni tayinlaydi. Ayoli bir uloqchani so‘yib, pishiradi. Payg‘ambarimiz alayhissalom va sahobalar undan tanovul qiladilar.
Hadisi sharifda arabcha “Anoq” so‘zi bilan keltirilgan uloqchani muhaddis ulamolar to‘rt oyga to‘lgan, onasidan ajratilgan va o‘tlashga qodir bo‘lgan echki bolasi, deganlar.
Demak, halol hayvon go‘shtini yeyishning muayyan yoshi belgilanmagan. Asosiysi, so‘yishni shariat talabiga muvofiq tarzda bajarilishidir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi