Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Noyabr, 2026   |   23 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:36
Quyosh
06:56
Peshin
12:12
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:34
Bismillah
03 Noyabr, 2026, 23 Jumadul avval, 1448

18.04.2023   5236   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Barakaning (insonga bildirilgan) 177 ta siri

03.11.2026   36   91 min.
Barakaning (insonga bildirilgan) 177 ta siri

(barakaning [umri, rizqi, oilasi, ishlari, daromadidagi] sabablari) ni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

  1. «Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga tashvishlardan chiqish yo‘lini paydo qilur. Yana, uni o‘zi o‘ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, Allohning o‘zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh o‘zi xohlagan ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor (me’yor va muddatni tayin) qilib qo‘ygandir» (Taloq surasi 65/2-3 oyatlar);

 

  1. «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so‘z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: “Ey, Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24 oyatlar);

 

  1. «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik» (Ahqof surasi 46/15 oyat);

 

  1. «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir» (Baqara surasi 2/215 oyat);

 

  1. «Albatta, Rabbim bandalaridan O‘zi xohlaganiga rizqni keng qilur va O‘zi xohlaganiga rizqni tang qilur. Biror narsani muhtojlarga xolis ehson qilsangiz, bas, Alloh uning o‘rnini to‘ldirur.

U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir» (Saba’ surasi 34/39 oyat);

 

  1. «Rabbingizdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, U bandalariga nisbatan o‘ta kechirimli zotdir. Shunda, ya’ni istig‘for aytsangiz, ustingizga osmondan barakali yomg‘ir yog‘dirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog‘lar barpo qilur va sizlarga anhorlarni ato qilur» (Nuh surasi 71/10-12 oyatlar);

 

  1. «Agarda mazkur yurtlarning aholisi imon keltirgan va taqvo qilganlarida edi, ular ustiga osmonlar va Yerdan barakotlar eshiklarini ochib yuborgan bo‘lur edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqardilar. Natijada qilmishlari sababli ularni azobga tutdik» (A’rof surasi 7/96 oyat);

 

  1. «Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz!

Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz!

Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu

begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi musofirga va qo‘l

ostingizdagi qaramlarga ham yaxshilik qiling!

Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi» (Niso surasi 4/36 oyat);

 

  1. «Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. 

Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko‘tarib yurdi. 

Uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar.

Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir”» (Luqmon surasi 31/14 oyat);

 

  1. «Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir» (Ibrohim surasi 14/7 oyat).

 

 

HADISI  QUDSIYLARIDA

ALLOH  TAOLO  AYTADI:

 

  1.  Ey, odam farzandi!

Sabrli bo‘l va o‘zingni past tut – o‘zim seni oliy darajaga ko‘taraman!

Istig‘for aytgin – mag‘firat kilay!

Har ne so‘ragin – men beray!

Menga tavba qil – qabul qilay!

Molingdan sadaqa qil – toki molingga baraka beray!

Qarindoshlaringga yaxshilik qilib, qo‘shilib yur – umringni uzun qilay!

 

 

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

  • Abu Xurayra raziyallohu anhu aytadilar:

“Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

  • Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin! – deb o‘n martaba takror qildilar.

Shunda sahobalar:

  • Yo, Rasulalloh, kimni aytayapsiz? – deb so‘rashdi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

– Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida ularni rozi qilmay, o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini, – dedilar” (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:
  • mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
  • Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;
  • ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan»;

 

  • «Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi»;

 

  • «Kimni umri uzun va rizqi keng bo‘lishi xursand qilsa, ota-onasiga yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga: «Bolajonim, uyingizga kirganingizda salom bering! Shunda o‘zingiz uchun ham, ahli oilangiz uchun ham baraka bo‘ladi», – dedilar (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Tonggi uyqu rizq kelishini to‘sadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Tejamkor kishi aslo faqir bo‘lmaydi»;

 

  • «Har kimki taomdan oldin qo‘lini yuvsa, kambag‘allikdan emin bo‘lg‘ay»;

 

  • «Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish faqirlikni daf qiladi va bu – o‘tgan payg‘ambarlarning sunnatlaridandir» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • «Rizqiga rozi bo‘lgan kishining barakasi ortadi, rozi bo‘lmagan kishiniki esa barakasiz bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Qur’on o‘qiladigan uyning barakasi ortadi. Qur’on o‘qilmaydigan uy byebaraka bo‘ladi» (Imom Dorimiy rivoyatlari);

 

  • «Bir jamoada biri so‘zlayotganda boshqalari jim turmasa, u joy barakasiz bo‘ladi» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Kim o‘ziga tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga qashshoqlikning 70 ta eshigini ochib qo‘yadi»;

 

  • «Albatta banda qilgan gunohlari sababli rizqdan mahrum bo‘ladi»;

 

  • «Qiz farzand barakalidir» (Imom Daylamiy rivoyatlari);

 

  • «Kim yaxshiligini Alloh ziyoda qilishini istasa, taom tayyor bo‘lganida va oxirida qo‘lini yuvsin!» (Imom Ibn Moja va Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Birortangizning luqmasi yerga tushib ketsa, uni olib, yopishgan zararli narsalarni ketkazib, yesin. Uni shayton uchun tark qilmasin. Barmoqlarini yalamaguncha, qo‘lini sochiqqa artmasin. Chunki u baraka taomning qayerida ekanini bilmaydi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Taomning barakasi – undan oldin va undan keyin qo‘llarini yuvishdir» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Saharlik qilinglar! Albatta, saharlikda baraka bordir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Saharda va saharlik taomida baraka bor» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • «Saharlikning hammasi barakadir. Uni tark qilmanglar. Garchi sizlardan biringiz bir qultum suv bo‘lsa ham yutib qo‘ysin. Chunki Alloh Taolo va Uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salavot aytishadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Ovqatni oila a’zolari bilan birga o‘tirib yeyishda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Jam bo‘lib ovqat yenglar! Tarqoq bo‘lib yemanglar! Chunki baraka to‘planib yeganlar bilan birgadir» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Savdo-sotiqda ko‘p qasam ichish molning barakasini yo‘qotadi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Yaxshilik kattalaringiz bilan birgadir» (Imom Ibn Hibbon rivoyatlari);

 

  • «Sizlarga yaxshilaringiz kim ekanini  bildiraymi?» deganlarida, “Ha,  ey,  Allohning  Rasuli!” – dedilar. «Sizlarning yaxshilaringiz – yoshi ulug‘laringiz va amallari go‘zalrog‘ingizdir», – dedilar (Imom Hokim rivoyatlari);

 

  • «Baraka kattalaringiz bilan birgadir» (Imom Ibn Hibbon rivoyatlari);

 

  • «Kishi keksani ikrom qilsa, u yosh kishiga Alloh Taolo keksaning yoshiga yetganida uni ikrom qiladigan kishini taqdir qiladi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Sochiga oq tushgan musulmonni ikrom qilish Allohni ulug‘lashdandir» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

            «Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilib, uch marta: “Omin!”– dedilar. So‘ng:

            –   Bilasizlarmi, nega “Omin!” dedim? – deb so‘radilar.

            Sahobalar:

            –   Alloh va Rasuli biluvchiroq... – deyishdi.

            Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

            – Jabroil alayhissalom kelib, menga: «Albatta, Siz kimning huzurida eslansangiz-u, u Sizga salavot aytmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni o‘z rahmatidan o‘chirib, baxtsiz qilsin!» – dedilar, men: “Omin!”– dedim.

            Jabroil alayhissalom: «Kimki ota-onasini ikkisini yoki birini topsa-yu, ularga yaxshilik qilmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni o‘z rahmatidan uzoq qilib, baxtsiz qilsin!» – dedilar, men: “Omin!”– dedim.

            Jabroil alayhissalom: «Kimki Ramazon oyini topsa-yu, unga mag‘firat etilmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni o‘z rahmatidan uzoq qilib, baxtsiz qilsin!» – dedilar, men: “Omin!”– dedim” – dedilar»;

 

  • «Sizlarning oldingizga bir qavmning kattasi kelsa, uni ikrom qilinglar» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kimda uch xislat bo‘lsa, Alloh uni O‘z panohiga oladi, rahmati bilan o‘raydi va muhabbatiga doxil qiladi», – dedilar.

Shunda: “Yo, Rasululloh, o‘sha xislatlar qaysilar?” – deyildi.

U Zot: «Kimga berilganida – shukr qilsa;

intiqom olishga qodir bo‘la turib – kechirib yuborsa va

g‘azablanganida ham – muloyim bo‘lsa,

ana o‘sha fazilatga erishadi», – dedilar (Imom Hokim va Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Asalda baraka va shifo bor»;

 

  • «Sirkada, xurmoda, sutda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Nasiyaga sotishda, qarz berishda va arpa aralashgan nonda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Baraka taomning o‘rtasiga yog‘adi. Shuning uchun bir chekkasidan yenglar, o‘rtasidan yemanglar!» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qaynoq ovqatda baraka bo‘lmaydi» (Imom Daylamiy rivoyatlari);

 

  • «Rizqiga rozi bo‘lganning barakasi ortadi, rozi bo‘lmaganning barakasi kamayadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Ovqatdan oldin va keyin qo‘lini yuvgan kishining uyida baraka ortadi» (Imom Ibn Abu Sheyba rivoyatlari);

 

  • «Bismilloh bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Tijoratda baraka bor. Tijoratga yolg‘on, xiyonat aralashganida undan baraka qochadi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Ilk farzandining qiz bo‘lishi ayolning barakasidir» (Imom Ibn Asokir rivoyatlari);

 

  • «Kim bandalarga qashshoqligidan shikoyat qilsa, kambag‘allik undan arimaydi. Kim qashshoqligidan Alloh Taologa arz etsa, Alloh uni tezda yoki bir muddat so‘ng albatta rizqlantiradi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Taom suzilgan laganning atrofidan yenglar, o‘rtasidan yemanglar! Zero o‘rtasiga baraka yog‘ilib turadi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Kim hayotda tejamli bo‘lsa, qashshoqlik ko‘rmaydi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Duo umrning barakasini orttiradi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Baraka ulug‘laringizdadir» (Imom Rofiy rivoyatlari);

 

  • «Butun umr ezgulikni tilanglar!»;

 

  • «Omonatdorlik rizq keltiradi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Zino faqirlikni olib keladi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Kimki yaxshilik ko‘chatini qadasa, orzu qilgan hosilini yig‘ib oladi va kimki yomonlik urug‘ini sepsa, afsus-nadomat mevasini terib oladi»;

 

  • «Ummatimning rahmdillaridan va shafqatlilaridan fazilat istanglar! Chunki sizlar ularning qanotlari ostida yashaysizlar»;

 

  • «Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi»;

 

  • «Kimniki Alloh Taolo do‘st tutsa, unga odamlarning hojatlari tushadigan qilib qo‘yadi»;

 

  • «Albatta, odamlarga go‘zal xulqdan afzalroq narsa berilmagan» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • «Haq bo‘la turib, tortishuvni tark qilgan kishi uchun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinishiga;

hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan kishiga jannatning o‘rtasida bir qasr bino qilinishiga;

xulqi go‘zal, odobi chiroyli bo‘lgan kishi uchun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinishiga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

 

  • «Sizlarga do‘zax harom kishini yoki do‘zax unga harom bo‘lgan kishining xabarini beraymi? U – birodarlariga hojat vaqtida yaqin turadigan, tavozeli va muloyim kishidir» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qarindoshlikni uzuvchi jannatga kirmaydi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Ota-ona farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi»;

 

  • «Sizlardan avval o‘tgan bir kishini Alloh Taolo mag‘firat qildi:
  •  
  •  
  • (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Mo‘minlarning imoni eng mukammali – xulqi go‘zal bo‘lganlaridir» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Kichiklarimizga rahm qilmagan va kattalarimizning haqlarini bilmaganlar bizdan emas» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Keksalarimizni ulug‘lamagan, kichiklarimizga rahm qilmagan va olimimizning haqqini bilmagan kimsa ummatimdan emasdir» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Bekorchilik insonni toshbag‘ir qiladi»;

 

  • «Alloh sizlardan biringiz ish qilganda, uni yaxshilab, puxta qilishingizni sevadi» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Kimki ummatimdan bir kishini hojatini chiqarsa, u bilan meni rozi, xursand qilgan bo‘ladi. Meni xursand qilgan bo‘lsa, albatta, Alloh xursand, rozi bo‘ladi. Kimki Allohni rozi, xursand qilsa, U Zot uni jannatga kiritadi» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Qiyomat kunining mashaqqatlaridan Alloh Taolo uni xalos qilmog‘i kimni xursand qilsa, qo‘li kalta kishiga muhlat bersin yoki uni qarzini kechsin!» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Men sizlarga odamlarning eng yomoni kim ekanini aytaymi? – dedilar.

– Ayting, yo, Rasululloh... – deyishdi.

– Yolg‘iz o‘zi ovqat yeydigan, yordamini man qilib, birovdan ayaydigan va o‘z qo‘l ostidagi qulini qamchilab uradigan kishi.

   Undan ham yomonrog‘i kim ekanini aytaymi?

– Ayting, yo, Rasululloh...

– Yaxshilik qilishdan umid qilmaydigan va yomonlik qilishdan qo‘rqmaydigan, uning yomonligidan xotirjam bo‘linmaydigan kimsa.

   Undan ham yomoni kim ekanini aytaymi?

– Ayting, yo, Rasululloh...

– Odamlarni yomon ko‘radigan va odamlar ham uni yomon ko‘radigan kishi»;

 

  • «Har doim bandalar tong orttiradigan bo‘lsalar, ikki farishta Yer yuziga tushib, biri: “Allohim, infoq qiluvchi kishiga o‘rnini to‘ldirgin”, desa, boshqasi: “Allohim, baxil kishiga talofat yetkazgin”, deydi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Alloh Taolo rahmat (mehribonlik, kechirimlilik)ni 100 ta bo‘lakdan iborat qilib yaratdi. 99 tasini o‘zining huzurida qoldirib, birini yerga tushirdi. Ana shu bir bo‘lagi ila insonlar bir-birlariga mehribonlik, rahmdillik ko‘rsatishadi»;

 

  • «Kim bir chumchuqni so‘yayotganda ham unga rahm qilsa, Alloh Taolo unga rahm qiladi»;

 

  • «Kim odamlarga rahm qilmasa, Alloh unga rahm qilmaydi»;

 

  • «Silai rahm, go‘zal xulq va yaxshi qo‘shnichilik yurtlarni obod etib, umrlarni uzun qiladi»;

 

  • «Rahmlilarga Rahmon rahm qiladi. Yerdagilarga rahm qiling, sizga osmondagi Zot rahm qiladi!»;

 

  • «Alloh Taologa eng yoqimsiz so‘zlardan biri – bir kishi boshqasiga “Allohdan qo‘rq” deganida, uning "O‘zingni bil!” deyishidir» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Qiyomat kuni mo‘minning mezonida go‘zal xulqdan ko‘ra og‘irroq narsa bo‘lmaydi. Alloh fahsh va chirkin so‘zlovchilarni yomon ko‘radi» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Odamlarga rahm qilmaydigan kishiga Alloh rahm qilmaydi»;

 

  • «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa – shirin so‘z bilan!»;

 

  • «Yolg‘on suhbat ofatidir»;

 

  • «O‘ziga katta baho berib, manmansirash go‘zallik ofatidir»;

 

  • «Faxrlanish nasl-nasabning ofatidir»;

 

  • «Maqtanish oqillik ofatidir»;

 

  • «Isrofgarchilik saxovatlilik ofatidir»;

 

  • «Havoyi nafs dinning ofatidir»;

 

  • «Baxtiyor o‘zidan boshqadan ibrat olgan kimsadir»;

 

  • «Odamlarning yaxshisi – kishilarga manfaati ko‘p tekkanidir»;

 

  • «Bir kishi yo‘lda ketayotib, tikanli butoqni ko‘rsa va uni chetga olib tashlasa, Alloh uni bu ishi uchun mukofotlab, gunohlarini kechiradi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Yo‘lga chiqayotganida do‘stlari bilan xayrlashgan kishi ularning duolari bilan barakaga qovushadi» (Imom Daylamiy rivoyatlari);

 

  • «Yer yuzidagilarga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qilgusidir»;

 

  • «Men ulug‘ xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman» (Imom Bazzor rivoyatlari);

 

  • «Qo‘shnilaringiz sizni “yaxshi odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yaxshisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yomon odamsiz»;

 

  • «Sadaqaning afzali – kelisholmay qolganlarning o‘rtasini isloh qilishdir» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);   

 

  • «Musulmon kishini so‘kish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Biror kishi bor aybingizni aytib, sizni haqoratlasa, siz uni unda bor aybi bilan ham haqoratlamang. Shunda buning savobi sizga, gunohi unga bo‘lur»;

 

  • «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin!» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Kim musulmon birodarining aybini yashirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yashiradi. Kim musulmon birodarining aybini oshkor qilsa, Alloh uning aybini oshkor qiladi, hatto uni o‘z uyida ham sharmanda qiladi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Kim agar birovning aybini aytib, odamlarga oshkor qilsa, to o‘zi ham shu aybni qilmasdan dunyodan ketmaydi»;

 

  • «Kimiki biror mo‘min kishining aybi yoki gunohini bilib turib, uni fosh etmay yashirsa, go‘yo tirigicha ko‘milgan go‘dakni tiriltirganchalik savobga ega bo‘lur» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Gunohni yuvuvchi narsa pushaymonlikdir»;

 

  • «Har bir ezgulik sadaqadir»;

 

  • «Odamlar bilan murosai madora qilish sadaqadir»;

 

  • «Shirin so‘z sadaqadir»;

 

  • «Qarindoshga qilingan sadaqa sadaqa va silai rahmdir»;

 

  • «Sadaqa yomon holatda o‘lib qolishga monelik qiladi»;

 

  • «Silai rahm umrni uzaytiradi»;

 

  • «Sir tutib qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini so‘ndiradi»;

 

  • «Ezgu ishlar halokatlardan asraydi»;

 

  • «Sadaqa qiluvchi Qiyomatda odamlar orasida hukm qilingunga qadar sadaqasining soyasida»;

 

  • «Sadaqa suv olovni o‘chirganidek xato-gunohni o‘chirib yuboradi»;

 

  • «Sadaqada haddidan oshgan unga monelik qiluvchi kabidir»;

 

  • «Har bir jonzotga (xoh u inson bo‘lsin va xoh hayvon) yaxshilik qilishda savob bordir»;

 

  • «Odamlarga minnatdorchilik izhor etaolmagan odam, Xudoga ham shukr qilaolmaydi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Kimki bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo-yu oxiratda uning aybini yashiradi»;

 

  • «Har bir qilinadigan yaxshilikka sadaqa savobi berilur»;

 

  • «Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni ulug‘lamagan – bizlardan emas» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qaysi kishi o‘zganing aybini ko‘rib, uni yashirsa, xuddi tiriklay ko‘milgan qizni qabridan qutqargan kabi bo‘ladi» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

 

  • «Kimki bir chumchuqni bekordan-bekor o‘ldirsa, Qiyomat kunida u chumchuq Arsh oldiga kelib, baland ovoz bilan: “Parvardigorim, bu bandadan so‘ragin, nima uchun meni behuda o‘ldirdi ekan?” – deydi»;

 

  • «Kim musulmonni qo‘rqitsa, Qiyomatda Alloh uni qo‘rqitadi»;

 

  • «Zolim bilan birga yurgan odam jinoyat sodir qilibdi»;

 

  • «Birodaringiz zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham, unga yordam bering!» (zulm ildiziga bolta urish – ham zolimga, ham mazlumga yordamdir);

 

  • «Mo‘min mo‘min odamning akasi yoki ukasidir»;

 

  • «Mo‘min kamxarjli odamdir»;

 

  • «Mo‘min ishbilarmon, ziyrak va ehtiyotkor kishidir»;

 

  • «Mo‘min chiqishib ketuvchi va odamlar chiqishishlari uchun oson shaxsdir»;

 

  • «Mo‘min odamlar jonu mollari uchun undan xavotir olmaydigan insondir»;

 

  • «Mo‘min sodda va saxovatli kimsadir»;

 

  • «Fojir (buzuq) aldamchi, pastkash kishidir»;

 

  • «Mo‘min mo‘min odamga nisbatan go‘yoki bir-birini suyab turuvchi imorat kabidir»;

 

  • «Mo‘min boshqa ahli imonlarga nisbatan go‘yoki tananing bosh qismidir»;

 

  • «Mo‘minlar muloyim va xokisor insonlardir»;

 

  • «Duo mo‘min odamning qurolidir»;

 

  • «Namoz mo‘min odamning nuridir»;

 

  • «Hikmat (donolik) mo‘min odamning yo‘qotib qo‘yib, so‘ng topadigan narsasidir»;

 

  • «Kimki biror gunoh ish qilishni niyat qilsa-yu, so‘ngra niyatidan qaytsa, unga bir yaxshilik savobi yozilajak»;

 

  • «Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh Taolo Qiyomat kuni uning ayblarini yashiradi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Kim bir musulmonning gunohini yashirsa, Alloh uning gunohini dunyoda ham, oxiratda ham yashiradi»;

 

  • «Dinning tayanchi parhezkorlikdir»;

 

  • «Nasl-nasab – boylik»;

 

  • «Saxovatpeshalik taqvodir»;

 

  • «Olijanoblik qilish foydadir»;

 

  • «Bema’ni gaplar jafodandir»;

 

  • «Duo ibodatdir»;

 

  • «Qarzdor bo‘lib yuraverishlik kishi aqidasining go‘zal emasligidandir»;

 

  • «Tadbir qila bilish yaxshi yashash kafolatining yarmidir»;

 

  • «Uyning yaxshiligi va barakoti ko‘payishi uchun uyga kirganingizda uy odamlariga salom bering» (Imom Haraviy rivoyatlari);

 

  • «Mehr-oqibat ko‘rsatish aqlning yarmidir»;

 

  • «G‘am-tashvish qarilikning yarmidir»;

 

  • «Taomni birgalikda yeyishda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Allohdan qo‘rqish har bir hikmatning boshidir»;

 

  • «Parhezkorlik amalning eng ulug‘idir»;

 

  • «Ne’matlarni gapirish shukronalikdir»;

 

  • «Xursandchilikni sabr bilan kutish ibodatdir»;

 

  • «Bolasiz uy – barakasizdir» (Imom Asbahoniy rivoyatlari);

 

  • «Muloyimlik hikmatning boshidir»;

 

  • «Ezgulik go‘zal xulqdir»;

 

  • «Ichkilik barcha gunohlarning jamlovchisidir»;

 

  • «Ichkilik bemaza ishlarning onasidir»;

 

  • «Xiyonat jahannam cho‘g‘idandir»;

 

  • «Xiyonat faqirlikka yetaklaydi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Sharm-hayoning barcha ko‘rinishi ezgulikdir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Hayo yaxshilikdan o‘zga narsani keltirmaydi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Ulamolar Allohning xalqi ustida turgan ishonchli bandalaridir»;

 

  • «Hikmat-donishmandlikning boshi Alloh Taolodan qo‘rqishdir»;

 

  • «Jannat saxiylarning uyidir»;

 

  • «Azon bilan iqomat orasida qilingan duo rad etilmaydi»;

 

  • «Barakalilik jihatidan ayollarning eng ulug‘i kamroq mahr oladiganidir»;

 

  • «Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi» (Imom Shu’ba rivoyatlari);

 

  • «Siz yaxshilikni unga munosib bo‘lganga ham, bo‘lmaganga ham qilavering. Agar siz ezgulikka loyiq odamni topsangiz, demak, u ezgulik ahlidir, agar unday odamni topmasangiz, demak, siz o‘zingiz ezgulik ahlidansiz»;

 

  • «Mazlumning duosidan saqlaninglar, garchi u kofir bo‘lsa ham. Chunki uning duosi to‘siqsizdir»;

 

  • «Duo umrning barakasini ko‘paytiradi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash, chiroyli xulq va chiroyli qo‘shnichilik qilish bilan diyorlar obod, umrlar ziyoda bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Qanoat tuganmas boylikdir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Dehqonchilik qilinglar, chunki u barakali kasbdir»;

 

  • «Baraka – buyuklaringizdadir» (Imom Rofi’iy rivoyatlari);

 

  • «Qachon birortangiz mol-dunyo va xilqatda o‘zidan afzalroq kishini ko‘rsa, o‘zidan pastroqqa qarasin!» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Maslahatni aql egalaridan so‘ranglar – to‘g‘ri yo‘l topasizlar. Ularning aytganidan chiqmang – pushaymon bo‘lasizlar»;

 

  • «Baraka kattalaringiz bilan birgadir» (Imom Ibn Hibbon rivoyatlari);

 

  • «Kimni qiyinchilik va g‘am-g‘ussa paytidagi duosini Alloh Taolo qabul qilishi xursand qilsa, farog‘at payti duoni ko‘paytirsin!» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Kimki tejamkorlik qilsa, kambag‘al bo‘lib qolmaydi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Allohning ne’matlari bilan yaxshi qo‘shnichilik qilinglar, zero u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin»; 

 

  • «Kim rizqi keng bo‘lishi, umri uzun bo‘lishini xush ko‘rsa, qarindoshlik aloqalarini mustahkamlasin» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Baraka mo‘ysafidlaringiz bilan birgadir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh bir mamlakatni obod etadi va odamlarini boy qiladi. Ularni yaratganidan boshlab, ularga g‘azab bilan boqmaydi» – dedilar. Shunda: “Ey, Allohning rasuli, buning sababi nima?” – deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Shu mamlakatda yashovchilar qarindoshlikni uzmaganidan» – dedilar” (Imom Tabaroniy va Imom Hokim rivoyatlari);

 

  • «Tongda uxlab yotish rizqni qirqadi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Qo‘y boqinglar! Chunki unda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Qo‘y boqinglar, chunki u barakadir» (Imom Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Qo‘y jannat jonivorlaridandir» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qo‘y boqing, chunki unda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
     
  • «Rizq talabida barvaqt harakat qilinglar! Zero ertalabdan harakat qilish baraka, muvaffaqiyat keltiradi» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • Ka’ab ibn Ujra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
  •             Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam minbarga chiqib: “Omin!”– dedilar.

So‘ngra yana bir pog‘ona ko‘tarilib: “Omin!”– dedilar.

So‘ngra yana bir pog‘ona ko‘tarilib: “Omin!”– dedilar.

Muoz raziyallohu anhu U Zotdan buning sababini so‘radi.

U Zot aytdilar:

            – Jabroil alayhissalom kelib:

  •             Ey, Muhammad alayhissalom! Huzurida nomingiz tilga olinganda Sizga salavot aytmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!”deb ayting!» – dedilar. Men: “Omin!”– dedim.
  •             Ramazonga yetib, undan ro‘zasi va bedorligi qabul qilinmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!”deb ayting!» – dedilar. Men: “Omin!”– dedim.
  •             Ota-onasi yoki ulardan biri hayot bo‘lsa va ularga yaxshilik qilmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!”deb ayting!» – dedilar. Men: “Omin!”– dedim”»;

 

  • «Kimki istig‘forni ko‘paytirsa, Alloh u banda uchun har qanday g‘am-tashvish va tanglikdan chiqish yo‘lini paydo qilib, uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantiradi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Ey, musulmonlar, zinodan saqlaninglar, chunki uning 6 ta yomonligi bor. 3 tasi dunyoda va 3 tasi oxiratda:

3 ta dunyodagisi –

chiroyligi ketadi,

kambag‘alligi bardavom bo‘ladi va

umri qisqa bo‘ladi.

3 ta oxiratdagisi –

Allohning g‘azabi,

yomon hisob va

  • »;

 

  • Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilarida shamolni la’natladi. So‘ng Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Shamolni la’natlamang! Chunki u ma’murdir – Parvardigor amriga bo‘ysungan holda esadi. Kimiki biror narsani la’natlasa, so‘ngra o‘sha narsa la’natga loyiq bo‘lmasa, aytuvchisining o‘ziga kelib yopishadi», deb marhamat qildilar”;

 

  • “Bir kishi kelib Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga faqirligidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Siz shamolni so‘kasizmi?!» – dedilar;

 

  • «Yosh bolalaringizni tun qorong‘uligi ketgunga qadar uyda olib turing, chunki bu shaytonlarga berilgan soatdir. Tongga yaqin paytdagi tun zulmatidan saqlaning, zero hech biringiz Alloh maxluqotlarini qanday tarqatib tashlaganini bilmaysiz. Eshiklaringizni berkiting, suvdonlaringizning og‘zini mahkamlang, idishlaringizni yoping va chiroqlaringizni o‘chiring»;

 

  • «Vaqtiki birortangiz bir uyga kirmoqchi bo‘lsa, salom berib kirsin, shunda u bilan ergashib kelgan shaytonu jinlar qaytib ketadi. Vaqtiki xonaga kirmoqchi bo‘lsangiz, salom bering, u xona ichidagi shaytonlar chiqib ketadi. Vaqtiki ulovga minayotgan paytda Alloh Taoloning ismini zikr qilsin, uning markabiga shaytonlar sherik bo‘lmaydi. Vaqtiki tanovul qilsangiz, Alloh Taoloning ismini zikr qilinglar, toinki shaytonvachchalar taomlaringizga sherik bo‘lmasin. Uylaringizda axlat-chiqindilarni qoldirmang, chunki axlat-chiqindilar jinu shaytonlarning xush ko‘rib o‘tiradigan joylaridir. Dasturxonni yoyib beparvo qoldirmanglar, shaytonu jinlar atrofida yotib olishadi. Ulov ustidagi to‘qim ostidagi namatlarni yoyib qo‘ymanglar, qulfsiz uylarda turmanglar, chambaragisiz boloxonalarda yotmanglar. Agar it uvullaganini yoki eshak hangraganini eshitsangiz, Allohdan panoh tilang, chunki ular sizlar ko‘rolmaydigan narsalarni ko‘radi»;

 

  • «Ovqatdan oldin va keyin qo‘lni yuvishlik kambag‘allikni daf qiladi va bu amal payg‘ambarlar sunnatlaridandir»;

 

  • «Ovqatdan oldin qo‘lni yuvishlik kambag‘allikni daf etadi va undan keyin yuvishlik jinnilikni daf qiladi va ko‘z nurini yaxshilaydi»;

 

  • «Nonni e’zozlang, chunki Alloh Taoloning o‘zi nonni e’zozlagan. Kimiki nonni e’zozlasa, Alloh Taolo uni e’zozlaydi»;

 

  • «Kimiki dasturxon ostidagi ushoqlarni yesa faqirlikdan omonda qoladi»;

                    

  • Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Sulaymon alayhissalom onalari (Dovud alayhissalomning ayollari) Sulaymon alayhissalomga der edilar: “O‘g‘lim, kechalari ko‘p uxlamang, chunki kechalarda ko‘p uxlashlik kishini qiyomatda faqir qilib qo‘yadi”» – dedilar;

 

  • Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan so‘radi: “Yo, Rasulalloh, jannat ahli ham uxlaydimi?”. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Uyqu o‘limning birodaridir. Jannat ahli hech qachon o‘lmaydi» – dedilar.

 

  • «Hech kimdan hech narsa so‘rama, agar qamching yerga tushib ketsa ham»;

 

  • «Agar banda o‘ziga tilanchilik eshigini ochsa, albatta Alloh unga faqirlik eshigini ochadi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Kimki birovdan narsa so‘rashdan iffatini saqlash, qo‘shnisiga yaxshilik va ahli ayoliga nafaqa berish maqsadida harakat qilib halol mol-dunyo uchun harakat qilsa, Qiyomat kunida (mahshargohga) yuzi to‘lin oydek bo‘lgan holda kelgay» (Imom Bayhaqiy va Imom Abu Nuaym rivoyatlari);

 

  • «Oila a’zolaringizga salom bering, uyingizning barakasi ko‘payadi»;

 

  • «Albatta, Alloh kasb-kor qiluvchi mo‘min bandani yaxshi ko‘radi» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • «Banda gunohlari tufayli o‘ziga kelayotgan rizqdan, albatta mahrum bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyatlari).

 

 

                                    DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:

 

  • Ota-ona rozi – Xudo rozi!

 

  • Sendan – harakat,

Mendan – barakat.

 

  • Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,

Yomon o‘g‘il ota molini sochar.

 

  • Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka qochadi.

 

  • Birlikda baraka bor.

 

  • Shukr bor joyda – baraka,

Minnatdorlik bor joyda mehr bo‘ladi.

 

  • Xudodan qo‘rqmaydigandan qo‘rq!

 

  • Yaxshiga qilsang yaxshilik –
  •  

Yomonga qilsang yaxshilik –

Na aytadi, na qaytadi.

 

  • Abjir bo‘lsa farzanding – cho‘ldan non terar.

Yalqov bo‘lsa farzanding – yerdan don termas.

 

  • Erta turgan ish bitirar,

Kech turgan ko‘p turtinar.

 

  • Nima sochsang, shuni o‘rasan.

 

  • Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma.

 

  • Saxiyning qo‘li ochiq,

Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.

 

  • Keng bo‘lsang – kam bo‘lmaysan.

 

  • Qo‘li hunarsiz – non gadoyi.

 

  • Bekor o‘tirgandan,

Bekor ishla!

 

  • Ishni qilsang, tamom qil!

 

  • Sabr bor joyda – baraka bo‘ladi.

 

  • Barvaqt qilingan harakat

Hosilga berar barakat.

 

  • So‘zing kumush bo‘lsin,

Ishing – oltin.

 

  • Har ishning vaqti bor,

Vaqt bilganning baxti bor.

 

  • Ko‘p bilan kengash,

Ma’quliga yondash.

 

  • Erta turgan horimas.

 

  • Mehnat,

Mehnatning tagi – rohat.

 

  • Ertalabki vaqt – naqdgina baxt.

 

  • Toma-toma ko‘l bo‘lur.

Hech tommasa – cho‘l bo‘lur.

 

  • Bekorchidan Xudo bezor.

 

  • Qo‘lda bergandan qush ham to‘ymaydi...

 

  • Ishlab topganing – osh,

Ishlamay topganing – tosh.

 

  • Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq!

 

  • Shukr qilsang – baraka keladi.

 

  • Mehnatdan kelsa boylik,

Turmush bo‘lar chiroylik.

 

  • Erta turgan yigitning rizqi ortiq,

Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.

 

  • Betashvish bosh qayda,

Mehnatsiz osh qayda.

 

  • Bir kalla – kalla,

Ikki kalla – tilla.

 

  • Birlashgan daryo bo‘lar,

Tarqalgan irmoq bo‘lar.

 

  • Hurmat qilsang – hurmat ko‘rasan,

Mehnat qilsang – davron surasan.

 

  • Hamma narsaning otasi – mehnat.

 

  • Halol ish – lazzatli yemish.

 

  • Ishlagan osh tishlar,

Ishlamagan tosh tishlar.

 

  • Do‘st ziyonkor bo‘lmas,

Ziyonkor do‘st bo‘lmas.

 

  • Qanoat qilsang, qorning to‘yar,

Beqanoat otini so‘yar.

 

  • Qarasang – bog‘man,

Qaramasang – dog‘man.

 

  • Ota hunari – bolaga meros.

 

  • O‘zaro hurmat bor joyda albatta baraka bo‘ladi.

 

  • Halol mehnat – mo‘l daromad.

 

  • Birni birov beradi,

Ko‘pni – mehnat.

 

  • Birlikda baraka bor.

 

  • Baraka – ko‘pchilikda.

 

 

ULUG‘LARDAN  HIKMATLAR:

 

  1. Sarvari koinot muhtaram habibimiz Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh alayhissalom o‘z ummatlariga  xayr va baraka so‘rab: «Yo, Alloh! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka bergin!» – deb duo qilganlar.

 

  1. Bir kishi Hazrati Ali raziyallohu anhuning oldilariga kelib, rizqining tor ekanligidan shikoyat qildi...

            Hazrati Ali undan:

            – Ehtimol siz to‘mtoq qalam bilan yozarsiz? – deb so‘radilar.

            U odam:

            – Yo‘q, – deb javob qaytardi.

            – Balki ehtimol siniq taroq bilan soch tararsiz?

            – Yo‘q, – dedi yana u kishi.

            Hazrati Ali:

            – Unda ehtimol o‘zingizdan yoshi katta odamning oldiga tushib yursangiz kerak? – deb so‘rasalar,

            – Yo‘q, – deb javob berdi yana u.

            Hazrati Ali u kishiga:

            – Unday bo‘lsa bomdod namozidan keyin kun chiqmasdan uxlarsiz ehtimol? – desalar,

            – Yo‘q, – dedi yana u odam.

            Hazrati Ali:

            – Ehtimol ota-onangizni haqlariga duo qilmay qo‘ygandirsiz? – deb so‘ragan edilar, u odam:

            – Ha... – dedi.

            Shunda Hazrati Ali raziyallohu anhu:

            – Ularni aslo unutmang! Doimo ularni eslab turing! Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitganman: «Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi» – deganlar," – dedilar.

            ***

            Har kuni hech bo‘lmasa besh mahalda ikki daqiqani ota-onasiga duo qilishdan qizg‘anmagan odam – uzoqni ko‘zlagan eng aqlli inson hisoblanadi!!!

 

  1. «Ota-onaga hurmat bo‘lmagan xonadonda baraka bo‘lmaydi».

 

  1. «Tongda uxlash rizqni qaytaradi».

 

  1. «Dasturxon yozganda, ovqat qilganda "Bismillohir rahmonir rahim" desa, uyiga ilohiy fayz, xayr-baraka keladi va oila, ro‘zg‘origa qashshoqlik yo‘llamaydi».

 

  1. «Kimki dasturxondan  to‘kilgan non ushog‘ini terib yesa, hayoti farovon bo‘ladi va farzand, nabiralari hech ham tanglik ko‘rmaydi».

 

  1. «Tejamkorlik bilan oz narsa ko‘payadi, isrof esa ko‘pni ham ozaytiradi».

 

  1. «Qarisi bor uyning fayzu barakasi bo‘ladi».

 

  1. “G‘iybat bor joydan baraka qochadi”.

 

  1. “Musofir mingta baraka va mingta rahmat bilan keladi”.

 

  1. “Hojatxona eshiklarini yopiq tutish va singan idishlardan voz kechish uydagi energiyani yangilaydi”.

 

  1. «Sadaqa berish balolarni qaytaradi».

 

  1. «Uyidan vaqtli chiqqanning ishida baraka bo‘ladi».

 

  1. «Agar sotuvchi o‘z molining aybini yashirsa va oluvchi ham g‘irromlik qilsa, unday savdoda baraka bo‘lmas! Agar sotuvchi va oluvchi bir-biriga rost gapirsa, bir-birini aldamasa, bunday savdoda baraka bo‘lur!».

 

  1. Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘radilar:

– Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay, nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham, ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?

Mavlono hazratlari javob berdilar:

– Tongga yaqin vaqt – eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Agar rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saharlari bedor bo‘ling...

 

  1. “Ota-onasini xizmatlarini qilib, ularning duolarini olgan odamning umriga, rizqiga, hayotiga Alloh Taolo ulug‘ baraka beradi”.

 

  1. Asarlarda keltirilishicha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning avlodlaridan bo‘lgan Hasan ibn Ali tahorat olish maqsadida bir manzilga kirgan paytlarida nopok joyda yotgan non bo‘lagiga ko‘zlari tushdi. Darhol uni oldilar-da, tozalab yuvdilar. So‘ngra yonidagi xizmatchilariga uzatib, “tahorat qilib bo‘lganimdan so‘ng berasiz”, – dedilar. Tahoratni tugatganlaridan keyin xizmatkorlaridan non bo‘lagini so‘radilar. U esa: “Men uni yeb qo‘ydim...” – dedi. “Unday bo‘lsa, sizni ozod qildim”, – dedilar Hasan ibn Ali. Xizmatkor ajablanib, ozod qilinishi sababini so‘radi. Javobiga Hasan ibn Ali: “Fotima onamiz rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kim nopok yerda yotgan bir bo‘lak nonni olib, tozalab yesa, non hazm bo‘lib ulgurmasdan oldin gunohlari kechiriladi», degan edilar, deb aytgandilar. Shunday ekan, men gunohlari kechirilgan, jannat ahli bo‘lgan kishini xizmat qildira olmayman...” – dedilar (Imom Abu Ya’lo rivoyatlari).

 

  1. Rivoyat qilishlaricha, Muso payg‘ambar davrlarida ikki kishi qaysi ishga qo‘l urmasinlar, ishlari orqaga ketar ekan. Oxiri na yeyishga ovqatlari, na kiyishga kiyimlari qolmadi...

Kunlarning birida Muso alayhissalom Alloh Taolo bilan roz aytish uchun Tur tog‘iga chiqib ketayotganlarida, haligi kishilar u kishidan: “Bizlar qachongacha shunday yurar ekanmiz, Alloh bizlarga ham biror narsa berarmikin, yo‘qmikin, so‘rab bering...” – deyishibdi.

Muso alayhissalom Alloh Taolo bilan gaplashib, ularning aytgan gaplari eslaridan chiqibdi.

Shunda Alloh Taolo: «Ey, Muso, yo‘ldagi ikki bandam sizga nima degan edi?» – deb so‘rabdi.

Muso alayhissalom: «O‘sha bandalar sendan biror narsa so‘rashyapti...» – dedilar.

«Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!» – dedi Alloh.

Bu gapdan ularning jahli chiqib: “Nimamizga shukr qilar ekanmiz? Yeyishga ovqatimiz, kiyishga kiyimimiz bo‘lmasa?..” – deyishibdi.

Shundan so‘ng bir-birlariga suyanib o‘tirishganda, bir-biriga yopishib qolishibdi...

Borib aytsalar, Xudoi Taolo: «Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!» – debdi.

Qaytayotib boyagi kishilarga bu gapni aytganlarida, ular jahl bilan “E... Shukr-e...”, deyishgan ekan, bir-birlaridan ajralishibdi...

 

  1. Mazhabboshimiz Imom A’zam rahmatullohi alayh: “Yaxshilik va ehsonda isrof bo‘lmaganidek, isrofda ham hech qanday yaxshilik yo‘q!” – deganlar.

 

  1. Ota-onasidan chiroyli tarbiya ko‘rgan insonlar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshonalariga suradilar. Non ushog‘i dasturxonga tushganda, ulug‘ ustozlar barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib olib, og‘izga solishni o‘rgatishgan.

 

  1. Ulug‘ mutafakkir, falakiyot olimi, odil ma’rifatparvar, sulton Mirzo Ulug‘bek mulozimlari bilan ketayotganida, yo‘l yoqasida yotgan bir burda nonni ko‘rib qoladi-da, darrov otdan tushib, uni qo‘yniga soladi. Mulozim­lardan biri: “Hazratim, nega bizga buyurmay, otdan tushdingiz?” deb so‘raganida: “Nonni birinchi bo‘lib men ko‘rdim, shunday ekan, uni yerdan olishni boshqa birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizligim bo‘lar edi. Nonning ulug‘ligi oldida mening podshohligim nima bo‘libdi?!” deb javob qaytargan ekan.

 

  1. «Navodirul usul» kitobida keltirilgan hadisi sharifda Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Nonni hurmat qilinglar! Chunki Alloh Taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, yer barakotidan chiqardi», – deb marhamat qilganlar. Hadisi sharifning sharhlarida: “Nonni bosmaslik, tashlamaslik uning ikromidan hisoblanadi. Agar uni uloqtirsa, nopok joylarga tashlasa, ne’matlarni inkor qilib, o‘ziga jafo qilganlardan bo‘ladi. Rizqning kengligi – din uchun katta quvvatdir. Agar ne’matga jafo qilsa, katta ne’matlar nafratga aylanadi. Ne’mat ketgandan so‘ng qaytmaydi. Zero ular jafo bilan muhrlangandir”, – deyilgan.

 

  1. «Mo‘min kishidan ortib qolgan taom – ikkinchi bir mo‘min uchun aniq shifodir. Chunki undan ortib kolgan taomda xayr, baraka va dardlarga shifo va davo bordir».

 

  1. Aytishlaricha, bir hukamo nonning bo‘yidan rohat olib, uni qo‘li bilan boshidan yuqoriga ko‘tarar, atrofdagilar unga savol nazari bilan qarashganda: “Men dunyodagi eng lazzatli ne’mat bilan suhbat qurmoqdaman. Ne’matlarning sarasi, ozuqalarning to‘yimligi, xonadonning barakoti bo‘lgan nonning qadr-qimmati cheksizdir”, – der ekan.

 

  1. “Ilm – har doim hokim, mol-dunyo – unga tobedir. Mol-dunyo bilimdonlik bilan sarflansa, insonga sharaf keltiradi”.

 

  1. “Agar oilaning moddiy jamg‘armasi yaxshi bo‘lsa, uni kibru havoga berilmasdan, isrof qilmasdan sarflash ayolga ham bog‘liq”.

 

  1. “Erkak mehnati evaziga kelgan mablag‘ni oilaga oqilona sarf qilish – uy bekalari zimmasidagi ishdir”.

 

  1. O‘tgan zamonda bir kishi ming mashaqqat bilan tog‘dan terib kelgan o‘tinini xotini qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatib yuborarkan. Biri ikki bo‘lmagan erning toqati toq bo‘libdi. Bir safar o‘tin terishga xotinini ham olib boribdi, bir amallab ikki bog‘lam o‘tin to‘plashibdi. Ko‘tarib, qishloqqa kelishibdi. Ayol mashaqqatdan qora terga botibdi. Rosa charchabdi. O‘tin terib kelish qanchalar mashaqqat ekanini shundagina anglabdi. Ertasi kuni qo‘shnilar yana o‘tin so‘rab kelishganda, ayol: “Ey, qo‘shnilar, o‘zim olib kelgan o‘tindan bitta ham bermayman. Erim terganiga esa qo‘l ham tekkizmayman! Agar o‘tin kerak bo‘lsa, o‘zlaring terib kelinglar!” – debdi.

 

  1. “Xalq maqolida «Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r», deb bejiz aytilmagan. Kishi mehnat bilan topgan mol-dunyosi barakali bo‘lishini istaydi, shuning uchun uni hisob-kitob bilan o‘rni-o‘rniga ishlatishga harakat qiladi. Shu ma’noda yaxshi uy bekasi sabzavot-mevalarning aynib, chirishiga yo‘l qo‘ymaydi, oziq-ovqatlar iste’molga yaroqsiz bo‘lib qolishining oldini oladi, taomlarni mazali tayyorlaydi, qotgan nonlarni tashlab yubormasdan, iste’mol qilish yo‘llarini topadi”.

 

  1. Oqila, zukko, dono, uzoqni ko‘zlagan onalar  o‘z qizlariga: “Qanoatli bo‘l! Chunki qanoat qalbga huzur-halovat bag‘ishlaydi. Uyingdagi mol-mulk va jihozlarni ehtiyot qil!” – deydilar. Onai mehribon bu bilan qiziga ochko‘zlik, manmanlik, kibru havo, hoy-havasga berilmaslikni, qanoatni o‘rgatadi. Sabr insonning kerakli narsalardan yetarli miqdoriga rozi bo‘lishini, ochko‘zlik qilmasligini anglatadi. Qanoat barchaga tegishli go‘zal ahloq ekani hamma zamonda e’tirof etilgan.

 

  1. Bu xususda Hasan Basriy rahmatullohi alayh: “Go‘zal tadbir va go‘zal idora – yarim foydadir. O‘z o‘rniga ishlatilgan ozgina pul – isrof qilib ishlatilgan ko‘p pulga qaraganda foydalidir”, – deganlar.

 

  1. “Pulni tadbir bilan, isrof qilmay xarjlash – aqllilikning boshidir”.

 

  1. “Hayotda kishining halokatga borayotgani qaysi narsalarda ko‘rinadi?” – deb hukamo Jolinusdan so‘rashibdi. U kishi: “Johil bo‘lib, o‘ziga nima foyda-yu, nima zarar ekanini ajratmay qolganida”, – deb javob qilibdi.

 

  1. Ulug‘ alloma, muhaddis va mufassirlar Imom Ibn Asokir va Imom Suyutiy rahmatullohi alayh rivoyat qilishlaricha, Hadiyya ibn Xolid o‘z boshidan kechirgan voqeani hikoya qiladi: «Bir kuni men Amirul mo‘minin Ma’munning majlislaridan birida hozir bo‘lgan edim. U joyda mehmonlarga dasturxon yozildi. Ziyofat tugaganidan so‘ng dasturxon yig‘ib olindi. Ayni shu paytda mening ko‘zim yerda yotgan non ushoqlariga tushdi va uni tera boshladim. Shunda Ma’mun menga qarata: «To‘ymadingizmi?» – deb savol qildi. Men: «To‘ydim, lekin dasturxondan to‘kilgan non burdasini ko‘rib, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisi sharif ko‘nglimdan o‘tdi. Hammod ibn Salama Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kim dasturxon ostidagi tushgan nonlarni yesa, faqirlikdan omonda bo‘ladi», degan ekanlar», – dedim. Shunda mening hadisi sharifga bo‘lgan e’tiborim yoki odob-axloqqa amal qilganimdan xursand bo‘lib, Ma’mun menga ming dinor sovg‘a qildi».

 

  1. “Baraka kam narsada bo‘lsa, uni ko‘paytiradi; agar ko‘p narsada bo‘lsa, foyda keltiradi. Alloh taologa ibodat qilishda baraka bo‘lishi – rizqdagi barakani ziyoda bo‘lishi uchun eng muhim narsadir”.

 

  1. “Ota-onaning huzurlarida o‘z farzandini erkalatish, chiroyli munosabat va shirin muomala qilish o‘ta katta beodoblik, ota-onaga nisbatan juda ham katta behurmatlik va ularni mensimaslik belgisidur. Aqlli inson hech qachon va hech qanday holatda ham bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shu inson hayotida albatta baraka topadi”.

 

  1. Bir kishi boy qo‘lida besh dirham pul evaziga ijarachi bo‘lib ishlashi, topgan puli hech nimaga yetmayotganidan Imom Shofe’iyga shikoyat qildi.

Imom hazratlari:

– Boyning oldiga borib, ish haqini besh dirhamdan to‘rt dirhamga tushirishni so‘rang, – deb tavsiya berdilar.

Boyagi kishi hayron bo‘lsa ham, buyruqqa itoat etdi.

Biroq ozgina vaqt o‘tganidan keyin yana qaytib keldi, holati yaxshi tomonga o‘zgarmaganini aytdi.

Imom Shofe’iy bu safar: "To‘rt dirhamni uch dirhamga kamaytirish zarur", – dedilar.

Bechora kambag‘al, qanchalik g‘alati tuyulmasin, maslahatga amal qildi.

Oradan hech qancha o‘tmay haligi kishi xursand holda Imom Shofe’iyning oldilariga keldi.

Tavsiyalari uchun Imomga minnatdorchilik bildirib, uch dirham hamma ehtiyojlariga yetayotganini aytdi va bu ishning sirini so‘radi.

Hazrat avvalda besh dirham evaziga qilayotgan ishi aslida uch dirhamlik ekanini, qolgan ikki dirham uning haqi emasligini aytdilar. Birovning haqi bo‘lgan o‘sha ikki dirham halol mehnat bilan topilgan uch dirhamga aralashib, uning ham barakasini yo‘qotayotgani ni tushuntirdilar.

 

I B R A T:

  • Harom hech qachon baraka keltirmas ekan.
  • Haromdan o‘sgan et do‘zax o‘tida yonar ekan.
  • Shuning uchun topayotgan daromadga harom, shubha aralashishidan ehtiyot bo‘lish lozim ekan.

 

  1. Hikoya qilinishicha, yaxshi turmushni orzu qilgan yigit uylanibdi. Yigit uyiga og‘zi bog‘langan qog‘oz xaltada narsalar olib kelibdi. Xotini qog‘oz xaltani avaylab ochib, bo‘shatibdi. Qog‘ozni taxlab, tokchaga olib qo‘yibdi. Ipini ham tashlab yubormabdi. Buni ko‘rgan yigit so‘rabdi:

– Xonim! Shu bir qarich ip bilan qog‘oz xaltani asrab qo‘yishning nima keragi bor?

– Ro‘zg‘orda har xil holat bo‘ladi, shu ip biror hojatimizga yarar, qog‘oz ham kerak bo‘lishi mumkin... Axir kerakli toshning og‘iri yo‘q-ku, – deb javob qilibdi xotini.

Erining dilidan: “Izlaganim xuddi shu!” degan o‘y o‘tibdi. Shunday qilib, er-xotin baxtli-taxtli hayot kechirishibdi...

 

  1. Isrof – barakaning dushmanidir.

 

  1. Imom Avzo’iy rahmatullohi alayh aytadilar: «Xabarlarga ko‘ra, Qiyomat kuni bandaga: "Tur, falonchidan haqingni ol!", deyiladi. U: "Mening unda haqim yo‘q", deydi. Shunda: “Haqing bor! Falon kuni seni u "bunday-bunday” deb gapirgan", deyiladi».

 

  1. Inson o‘rtacha 60 yil umr ko‘radi. Shu umri davomida har kuni ikki kishini g‘iybat qilsa, Qiyomatda unga 32400 xusumatchi da’vo qiladi.

 

  1. Oilada xotirjamlik bo‘lishi uchun eng muhim 3 ta xislat:
  1. sabr;
  2. kechirimlilik;
  3. o‘zaro hurmat.

 

  1. Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu: “Uylaringizni o‘rgimchak uyasidan tozalanglar, chunki uyda o‘rgimchak uyasini qoldirishlik kambag‘allik keltiradi” dedilar.

Hadisi shariflarda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Albatta, o‘rgimchak shaytondir, uni o‘ldiringlar!» deb buyurganlar.

Ibn Abbos rivoyat qilgan boshqa bir hadisi sharifda: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qaldirg‘ochni o‘ldirishlikdan qaytardilar va lekin o‘rgimchakni o‘ldirishlikka buyurdilar» deyilgan.

 

  1. Bir Shayxdan so‘rashibdi:

– Oilada er bilan xotin janjallashib, arazlashsa, qay biri birinchi bo‘lib uzr so‘rashi kerak? Erkakmi yoki ayolmi?

Shayx shunday javob berdi:

– Qay biri Alloh Taolodan ko‘proq qo‘rqsa, o‘sha birinchi bo‘lib uzr so‘rashi kerak. 

 

  1. Rizq sabablaridan –

 

To‘rt narsa rizqni jalb qiladi:

  1. tungi ibodatda qoim bo‘lish;
  2. sahar chog‘larida ko‘p istig‘for aytish;
  3. sadaqa berishga ahd qilib, davomli berish;
  4. kunning avvali va oxirida zikrlarni aytish.

 

To‘rt narsa rizqni to‘sadi:

  1. tongdagi uyqu;
  2. namozga beparvolik;
  3. dangasalik, tanballik;
  4. xiyonat, omonatga rioya qilmaslik, aldov.

 

  1. Muso alayhissalom zamonalarida bir kambag‘al er-xotin yashar, yillar davomida qashshoqlikda kun kechirardi.

Bir kuni xotini eriga:

– Muso Allohning payg‘ambari emasmi? – dedi.

– Xa, shunday, – dedi eri.

– Uning huzuriga borib, ahvolimizni aytaylik. Bizning haqimizda duo qilsa, balki Alloh Taolo bizga ham boylik ato etar... Shunda qolgan umrimizni farovonlikda o‘tkazarmidik?..

Eri rozi bo‘ldi.

Ertasi kuni ular Muso alayhissalom huzurlariga borib, ahvollarini bayon qildi. Muso alayhissalom munojot qilib, ularning haqiga duo qildilar. Shunda Alloh Taolo vahiy yubordi:

– Ey, Muso, ularga ayting, Men ularni boy qilaman, ammo faqat bir yilga. Bir yildan so‘ng yana avvalgi hollariga qaytishadi.

Muso alayhissalomdan bu xabarni eshitgan er-xotin o‘zlarida yo‘q xursand bo‘lishdi.

...Oradan ko‘p o‘tmay, ularning rizqlari kutilmagan tomonlardan kelib, qavmining boy kishisiga aylandi.

Bir kuni xotin eriga bunday dedi:

– Esingizda bo‘lsa, bu boylik bir yilgagina...

Eri bosh irg‘ab:

– Unda, kel, shu ne’matlardan muhtojlarga ulashaylik. Ular qilgan yaxshiligimizni eslab, bizni duo qilishar... – dedi.

Shu maqsadda ular karvonlar ko‘p o‘tadigan yo‘l yuzida katta uy qurib, undan yettita eshik ochdi. So‘ngra kechayu kunduz yo‘lovchilarni kutib olib, ularni mehmon qilishardi.

Shu tarzda bir yil o‘tdi. Ular ehson qilishdan to‘xtamadi. Lekin ularning boyligi kamaymas edi...

Muso alayhissalom ajablanib, Allohga munojot qildilar:

– Ey, Parvardigori olam, Sen ularga «faqat bir yil» degan eding. Muddat o‘tsa-da, hanuz boyligi kamaymasligidan ajablanyapman?..

Alloh Taolo marhamat qildi:

– Ey, Muso, Men ularga rizq eshiklaridan bittasini ochdim. Ular esa bandalarimni rizqlantirish uchun yettita eshik ochdilar. Men ulardan hayo kildim... Mening bandam Mendan ham saxiy buladimi?!.

 

  1. “Odobi yo‘qning – ilmi, sabri yo‘qning – dinga bog‘liqligi, taqvosi yo‘qning – Allohga yaqinligi yo‘qdir” (Hasan Basriy rahmatullohi alayhi).

 

  1. “Yaxshilik qiluvchi kishining moli barakali bo‘ladi”.

 

  1. “Tonggi vaqtda rizq va baraka ulashiladi”.

 

  1. “Mehmon ming baraka va ming rahmat bilan keladi”.

 

  1. Bir Shayxning huzuriga shogirdlaridan biri kelib:

– Ustoz, duolarim qabul bo‘lmayapti. Nega shunday bo‘lyapti? – deb so‘radi… Shayx:

– Ota-onang bormi? – deb so‘radi.

Shogird:

– Ha bor, Allohga shukr, ota-onam hayot…

Shayx kulib:

– Men sendan ota-onang tirikmi, deb so‘ramadim. Ota-onang bormi? Qilayotgan duolaringda ota-onang ham bormi? – deb so‘radim.

Shogird boshini egib:

– Yo‘q, ota-onamni duolarimda eslamas ekanman – deb, nima uchun duolari ijobat bo‘lmayotganini anglab, shayxning huzuridan chiqib ketibdi.

 

 

                                            ULAMOLARIMIZ AYTADILAR...

 

  • Barvaqt turishga odat – mo‘min-musulmonning odati va ziynati.

 

  • Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Yo, Alloh! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka bergin!» deb duo qilganlar. Bu duoning mag‘zini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada ko‘p yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini ham shunga o‘rgatib borishgan.

 

  • Uyqudan erta tongda turish va ishni ibodatdan boshlash ham vaqtning barakali bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 

  • Inson erta tongda turib, yuz-qo‘lini yuvib, Yaratganga shukronalar aytib, ibodatdan so‘ng ishga kirishsa, ishi barakali bo‘ladi. Bu hamma sohaga tegishli. Ilm olishni misol qilib keltiradigan bo‘lsak, tong saharda kitob o‘qilsa, ma’lumotlar xotirada yaxshi saqlanadi. Chunki uyqu vaqtida dam olgan miya ma’lumotlarni yaxshi qabul qiladi.

 

  • Dinimiz ta’limotlariga ko‘ra, inson barvaqt uyqudan turib, ishlarini bajarib, xuftondan so‘ng ertaroq uyquga yotishi eng fazilati ulug‘ amallardan hisoblanadi.

     Iloji bo‘lsa, shomdan keyin ko‘chaga chiqmagan ma’qul.

 

  • Hadisi shariflarda aytilishicha, «xuftondan keyin o‘zaro gaplashib o‘tirish, behuda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish ma’qul emas». Ayrim odamlar tun yarmigacha televizor ko‘rib, allamahalda uyquga ketadi. Natijada ertalab juda kech uyg‘onadi. Bunday kishilar ro‘zg‘orida baraka, ishida unum bo‘lmaydi. Bunaqa hayot tarzi kishi sog‘lig‘iga ham zarar keltiradi.

 

  • Ba’zi odamlar rizqi torligidan shikoyat qiladi, «Qancha harakat qilsam ham birim ikki bo‘lmaydi!» deb zorlanadi. Ularning holatiga quyidagi hadisi sharif izoh beradi: «Tonggi uyqu rizq kelishini to‘sadi» (Imom Ahmad rivoyatlari).

 

  • Kim kunini xayrli suratda boshlasa, qolgan qismi ham xayrli bo‘ladi, ishlari baroridan keladi, Alloh tarafidan o‘sha banda rizqiga baraka beriladi.

 

  • Rivoyatlarda kelishicha, quyosh chiqquncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rizqlar taqsimlanadi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan banda undan mahrum bo‘lgan bilan baravar.

 

  • Tong otgach ham uyqudan uyg‘onmagan banda o‘rnidan lanj, dili xira bo‘lib turadi. Natijada unda g‘ayrat-shijoat bo‘lmaydi, biron ishni hafsala bilan qilmaydi. Shuning uchun rizqidan baraka ketadi.

 

  • Ota-onasini xizmatlarini qilib, ularning duolarini olgan odamning umriga, rizqiga, hayotiga Alloh Taolo ulug‘ baraka beradi.

 

  • "Bismillohir rahmonir rahim" bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi.

 

  • Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi.

 

  • Uyda Qur’oni karim bo‘lishi – barakadir.

    

  • "Muhammad" ismli uy va joyda baraka bo‘ladi.

 

  • Bomdod namozining sunnatini uyda o‘qish rizqning barakasiga sabab bo‘ladi.

 

  • Namoz o‘qiydigan kishining rizqi barakali bo‘ladi.

 

  • Fosiq va sudxo‘rlarning daromadida baraka bo‘lmaydi.

 

  • Junub holda ovqatlanishlik kambag‘allikka olib keladi. Hojatxonada gapirishlik esa karlikka olib keladi. Hammomda bavl qilishlik vasvasaga olib keladi.

 

  • Ulamolarimiz: “Oquvchi suvga bavl qilgan kishi esipast bo‘lib qoladi, xuddi sichqon tekkan taomni yegan kabi. Shuningdek limonni kuydurishlik, kiyimi bilan uyni supurishlik, qabrdagi yozuvlarni o‘qishlik, butlarga va xochlarga qarashlik, ikki bog‘langan tuyalarning orasida yurishlik, bitlarni yo‘lga tashlab yurishlik, dengizga doimiy qarab turishlik” deb aytadilar.

 

  • Tatarxoniya kitobida: “Bulbul va shunga o‘xshash qushlar (to‘ti, qumri)ni qafasda saqlashlik joiz emas. Insonlarga foyda keltiradiganlarni saqlash joiz, masalan tovuq, o‘rdak, kurkaga o‘xshashlarni. Lekin shunday qushlariki ozod qushlar, insonlarga foydasi yo‘q, ular faqat havas uchun qafasda saqlanadigan bo‘lsa, o‘sha kishining xonadonidan baraka uchib, faqirlik keltiradi” deyilgan.

 

  • Faqirlik va esipastlik olib keladigan sabablardan bu sallani o‘tirib o‘rash va shimni tik kiyishdir.

 

  • Ulamolarimiz: “Farzandingizni o‘lim bilan duoibad qilmang, chunki u kambag‘allikni keltiradi” deb aytadilar.

 

  • Uyda chiqindilarning bo‘lishligi barakasizlikka sabab bo‘ladi.

 

  • Muborak oyati karimalarda va muborak hadisi shariflarda ota-onaning hatto qadrdonlarini ham e’zozlashga buyurilgan.
  • ta-onamiz yoshi ulug‘lar ichida yuqorida keltirilgan ikrom va odoblarga eng loyiq va eng-eng haqlirog‘idirlar. Zero ularning martabasi va hurmatini Alloh Taoloning O‘zi belgilab bergan. Hatto ota-onamiz sevgan va qadrdon tutgan insonlarni sevish va ikrom qilish – ota-onamizni ikrom qilishdandir.

Bu haqida shunday deyiladi: Ibn Umar raziyallohu anhudan naql qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: «Darhaqiqat, yaxshi ishlarning eng yaxshisi – kishi otasining qadrdonlari bilan aloqalarni bog‘lashidir» (Imom Muslim rivoyatlari).

Alloh hammamizga ota-onalarimiz, ularning qadrdonlari, yoshi katta va ulug‘larimizni martabasini bilish, ularni ikrom qilish kabi yaxshi amallarda ko‘makchi bo‘lsin! Ular sabab ustimizda turgan barakani Parvardigori olam ko‘tarmasin!

 

  • Yoshi ulug‘lar bilan ko‘proq suhbatda bo‘lganlarda viqor va bosiqlik hamda hamma narsaga aql bilan yondoshish kabi xislatlar shakllanadi.

 

  • Qur’oni karimning ¼ qismi (1504-ta oyati karima)da axloq haqida zikr qilingan.

 

  • Har bir xatti-harakatlarimizni Xudo ko‘rib turganini doim esda tutishlik darkor!

 

  • Halol rizqda gap ko‘p ekan... Agar inson rizqida, sog‘ligida va farzandlarida barakani ko‘rishni istasa, halol kasb qilishga va halol luqma yeyishga astoydil urinsin, harom va shubhali narsalardan uzoq yursin!

 

  • Mehnat qilayotgan joyida, xoh savdogar bo‘lsin, xoh quruvchi bo‘lsin, xoh o‘qituvchi bo‘lsin, xoh shifokor bo‘lsin, halol, omonatdor va iffatli bo‘lishi shart.

 

  • Hayo bor joyda iffat, poklik va baraka bo‘ladi.

 

  • Barcha kasb egalari o‘zlari mehnat qilayotgan joylarida o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, tekinxo‘rlik, sudxo‘rlik, aldashlik, birovning mulkini o‘zlashtirish kabi harom ishlardan saqlansinlar! Zero buning oqibati bu dunyoning o‘zidayoq yaxshilik bilan tugamaydi.

 

  • Uyning yaxshiligi va barakoti ko‘payishi uchun uyga kirganingizda, uy odamlariga salom bering.

 

  • Polizni tahoratsiz haydash barakasizlikka sabab bo‘ladi.

 

  • Imom Shofe’iy rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Bir kishi kelib Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga faqirligidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Siz shamolni so‘kasizmi?!» – dedilar.

“Bundan shu narsa tushuniladiki, – deydilar Imom Shofe’iy – kimiki shamolni so‘ksa, faqirlik keltiradi”.

 

  • Zaynul Obidin rahmatullohi alayhi yoshi ulug‘larning haqlari haqida shunday deydilar: “Darhaqiqat, yoshlari kattalarni yoshlari sababli ulug‘lash, Islomni bizdan oldin bilgan va taniganlari uchun hurmat qilish, tortishmaslik, tik qaramaslik, oldinda yurmaslik, johil, ya’ni ilmsiz deb hisoblamaslik, ba’zi hollarda mabodo beparvolik qilsalar ham, uni ko‘tarish va Islom haqqi-hurmati ularni ikrom qilish – ularning haqlaridandir”.

 

  • Keksa va yoshi ulug‘larni ikrom qilish – Allohni ulug‘lashdir!

 

  • Muborak hadisi shariflarda keltirilishicha, Ibn Abbos raziyallohu anhumodan naql qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Yaxshilik (boshqa rivoyatlarida: baraka) kattalaringiz bilan birgadir” (Imom Ibn Hibbon rivoyatlari). Shuning uchun ham yoshlari katta odamlar bor xonadon barakali, nurli va fayzli bo‘ladi.

 

  • Toki ota-ona hayot ekanlar, hech bo‘lmasa bir yilda bir marotaba ota-onaning maslahatlari bilan ularning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan joyga borib, ham dam olib, ham davolanib, ham sayohat qilib kelishlarini o‘z zimmasiga olish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydigan olijanob ish. Buning mukofotini Alloh Taolo nafaqat u dunyoda, balki shu dunyoning o‘zidayoq o‘zining farzandlaridan afzali ziyodasi bilan ortiqroq qilib qaytaradi.

 

  • Muborak Haj-Umra safarlariga o‘z ota-onasini yuborayotgan farzandlarni qaysi niyatda bajarayotgan bo‘lsalar ham, niyatlariga yetkazib, ularga ham Xudoim Taolo nafaqat u dunyoda, balki shu dunyoning o‘zidayoq o‘zining farzandlaridan afzali ziyodasi bilan ortiqroq qilib qaytaradi.

 

  • Ota-onasini xizmatlarini qilib, ularning duolarini olgan odamning umriga, rizqiga, hayotiga Alloh Taolo ulug‘ baraka beradi.

 

  • Ota-onaning huzurlarida o‘z farzandini erkalatish, chiroyli munosabat va shirin muomala qilish o‘ta katta beodoblik, ota-onaga nisbatan juda ham katta behurmatlik va ularni mensimaslik belgisidur. Aqlli inson hech qachon va hech qanday holatda ham bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shu inson hayotida albatta baraka topadi.

 

  • Hazrati Abdulloh Ibn Abbos raziyallohu anhudan: "Ota-onaga oq bo‘lish qanday bo‘ladi?" – deb so‘radilar. U zot deb javob berdilar: “Agar farzand kiyimini qoqsayu, uning changi otasi yo onasiga tegsa, bu farzand Alloh huzurida oq bo‘lgan, deya yoziladi”.

 

  • Hasan Basriy rahmatullohi alayhdan: “ota-onaga oq bo‘lish nima?” deb so‘rashganda: “Farzandning ota-onasiga yaxshilik va ehsonni to‘xtatib qo‘yishi, ularni tashlab qo‘yishi va yuzlariga tik boqishidir”, deb javob berdilar.

 

  • Imom Shofe’iy rahmatullohi alayhidan so‘radilar:
    "Kishi o‘z ota-onasi bilan xusumatlashishi mumkinmi?"
    Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: "Yo‘q, hatto ularning kavushi bilan ham xusumatlashishi mumkin emas!", – deb javob berdilar. "Chunki ota-onaga qarshi dalil hujjatni isbotlashning o‘zi, garchi haq bo‘lsa-da, ularga oq bo‘lish sanaladi".

 

  • Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhi aytadilar: “Agar ota-onang sen bilan murosa qilishni boshlasa, senga gapirganda, bezovtalanishingdan, g‘azabing chiqishidan qo‘rqib, ehtiyotkorlik bilan, so‘zlarni saralab gapira boshlashsa, bilib qo‘yki, ota-onaga oq bo‘lyapsan!”.

 

  • UYINGIZDA BARAKA BO‘LISHINI XOHLAYSIZMI?
    Aziz ayollar, uydagi fayz va xotirjamlik ko‘p jihatdan sizning qo‘lingizda!

Mana bu oddiy, ammo juda muhim amallarni odatga aylantiring:

 

  1. Erta uyg‘onish – tonggi vaqtda rizq va baraka ulashiladi.
  2. Salom bilan kirish – uyingizga farishtalar hamroh bo‘ladi.
  3. Tartib va pokizalik – hojatxona eshiklarini yopiq tutish va singan idishlardan voz kechish uydagi energiyani yangilaydi.
  4. Sirkali suvda tozalash – xonadonni turli salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.
  5. Tilingizni asrang – g‘iybat bor joydan baraka qochadi.
  6. Saxovatli bo‘ling – ozgina bo‘lsa ham sadaqa berish balolarni qaytaradi.
  7. Zikr va duo – Qur’oni karimni tinglash uydagi barcha g‘am-tashvishlarni aritadi.

 

Qiling, aziz ayollar, albatta qiling! Bu kichik harakatlar xonadoningizga kutilmagan baxt va mo‘l-ko‘lchilik olib keladi.

 

  • BARAKASIZLIK VA FAQIRLIKKA SABAB BO‘LADIGAN AMALLAR:
  1. Qur’oni karimni betahorat ushlashlik.
  2. Ota-ona uchun duo qilmaslik.
  3. Ota-onani behurmat qilishlik.
  4. Ota-onani ko‘ngillarini og‘ritishlik.
  5. Ota-onaning xizmatlarini qilmaslik.
  6. Ota-onaning duolarini olmaslik.
  7. Ota-onaga oq bo‘lishlik.
  8. Ota-onaning ismlarini bilan chaqirish.
  9. Ota-onaga itoatsizlik.
  10. Ota-onani bepisand qilishlik.
  11. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo‘ymaslik.
  12. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.
  13. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)  oldilaridan kesib o‘tishlik.
  14. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)  ning oldilariga tushib yurishlik.
  15. Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr bo‘lishlik.
  16. Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmaslik.
  17. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.
  18. O‘tganlarning haqlariga duo qilmaslik.
  19. Ustozning duolarini olmaslik.
  20. Olim-ulamolarni behurmat qilish.
  21. Tong vaqtida uxlashlik.
  22. Bebismilloh taom yeyishlik.
  23. Mehmonga haqorat ila qarashlik.
  24. Non ushoqlarini oyoq ostiga tashlashlik.
  25. Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.
  26. Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.
  27. Faqirni kamsitishlik.
  28. O‘zgalarni mensimaslik.
  29. Uyni supurmay qo‘yishlik.
  30. Bemor, nochor, qiynalgan insonlarning ustidan kulishlik.
  31. Dinimiz shiorlari va muqaddas qadriyatlar (Qur’oni karim, hadisi-shariflar, Qibla, masjid, ulamolar, joynamoz, tasbeh, Ramazon oyi, fazilatlari bisyor ulug‘ ayom kunlari, azon, namoz, tahorat, Haj, Umra va boshqalar)ga nisbatan haqoratomuz munosabat qilishlik.
  32. Idish tovoqni toza tutmaslik.
  33. Qo‘lni yuvmasdan taom yeyishlik.
  34. Tik turib taom yeyishlik.
  35. Xudo bergan ne’matlarni uvol-isrof qilishlik.
  36. Har qanday qabriston va qabristondagilarga nisbatan behurmatsizlik qilishlik.
  37. Namozni qazo qilishlik.
  38. Ostonada o‘tirishlikni odat qilishlik.
  39. Kun chiqquncha uxlashlik.
  40. Bomdod namozidan keyin kun chiqmasdan uxlashlik.
  41. Yalangbosh hojatxonaga kirishlik.
  42. Hojatxonada gaplashishlik.
  43. Noshukrlik.
  44. Masjidda dunyoviy gaplarni gaplashishlik.
  45. Shomdan keyin uxlashlik.
  46. Hovuz, hammom yoki g‘uslxonaga peshob qilish.
  47. Besabrlik.
  48. Idish-tovoqni yuvmay qoldirish.
  49. Boshqalarni ayblashlik.
  50. To‘mtoq qalam bilan yozishlik.
  51. Siniq taroq bilan soch tarashlik.
  52. Hayosizlikdan uzoq bo‘lmaslik.
  53. Yuzni etak bilan artish.
  54. Shamolni, ob-havoni, zamonni so‘kishlik.
  55. Oziga shukr qilmaslik.
  56. Taomdan keyin qo‘l yuvmaslik.
  57. Bir insonni xafa qilishlik.
  58. Axloqsizlik.
  59. Ilmsizlik.
  60. Nomahram ayollarga shahvat nazari ila qarashlik.
  61. Oila a’zolari bilan janjallashishlik.
  62. Yolg‘on gapirishlik.
  63. Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga zulm qilishlik.
  64. Dangasalik.
  65. Gunoh amallar.
  66. Zinoga aralashishlik.
  67. Hayosiz so‘zlarni ishlatishlik.
  68. Tish bilan tirnoq olishlik.
  69. Loqaydlik.
  70. Tilanchilik.
  71. Kishidan qarzdor bo‘lishlik.
  72. Xiyonat.
  73. Ribo (sudxo‘rlik).
  74. Mazlum, yetim, nogiron, bemor, nochor, qiynalgan insonlarning dillarini og‘ritishlik.
  75. Uyda o‘rgimchak to‘ri qolishi.
  76. Siniq idishlardan foydalanish.
  77. Shom va xufton orasida uxlash.
  78. Daraxt ostiga peshob qilish.
  79. Tik turgan holda peshob qilish.
  80. Tunda uy supurish.
  81. Suyanib ovqat yeyish.
  82. Tik turgan holda ichish.
  83. Junub holatida yeb-ichish.
  84. Nonni tish bilan uzish.
  85. Qorong‘i joyda ovqat yeyish.
  86. Ayollarning tik turgan holda soch tarashi.

 

  • «Kishi keksani ikrom qilsa, u yosh  kishiga Alloh Taolo keksaning yoshiga yetganida uni ikrom qiladigan kishini taqdir qiladi» (Imom Termiziy rivoyatlari). Ulamolarimiz ushbu hadisi sharifning sharhlarida “keksalarni hurmat qilgan kishining ham umri uzayib, u ham keksalik yoshiga yetish sharafiga muyassar bo‘ladi”, deyishadi.

 

  • Rasululloh sallallohu alayhi vasallam biz ummatlariga Alloh Taolodan baraka so‘rab duo qilishni o‘rgatganlar. U kishiga pishgan yangi meva olib kelinsa, “Ey, Alloh, bizga shahrimizda, mevalarimizda, muddimizda, so’imizda ko‘plab baraka bergin!” deb duo qilardilar (Imom Muslim rivoyatlari).

 

  • Uyning barakasi qayerdan boshlanadi?
    Bir donishmanddan so‘rashibdi: "Rizqning keng, oilaning xotirjam bo‘lishi uchun nima qilmoq kerak?"

Donishmand javob beribdi: "Erkak kishi ko‘chadan uyga qaytayotganda ayolini xursand qilish payida bo‘lsin; ayol kishi esa erini kutib olayotganda uning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilsin".
Zero hadisi shariflarda ham: «Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshi munosabatda bo‘lganlaringizdir» – deyilgan.

 

  • Bugun ko‘pchilik ro‘zg‘ordagi kamchiliklardan, baraka qochganidan shikoyat qiladi.
    Lekin asl baraka – bir-birini tushunishda, oiladagi shirin so‘zda va ayol kishining ko‘nglini og‘ritmaslikda ekanini unutib qo‘yamiz.

 

  • Ko‘ngil og‘rigan joydan mehr qochadi, mehr qochgan uydan esa baraka ko‘tariladi.
    Oilada xotirjamlik bo‘lishi uchun eng muhim 3 ta xislat:
  • sabr;
  • kechirimlilik;
  • o‘zaro hurmat.

 

  • Kibr halokatga yetaklovchi va umrning barakasini ketkazuvchi omildir.

 

  • Har kuni minnatdorchilik sifatida kamida 5 marotaba shukr qilishlik insonning hayoti (umri, rizqi, oilasi, ishlari, daromadi)ga baraka keltiradi.

 

  • Nabiy sallallohu alayhi vasallamning o‘zlari ko‘p duolarida Alloh Taolodan baraka so‘rardilar. Shuningdek, yangi farzand ko‘rgan, yangi uylangan kishilarga ham baraka tilardilar. Taom paytida ham “Ey, Alloh, bizga rizq qilib bergan narsangda baraka bergin, bizni mag‘firat etib, holimizga rahm qilgin!”, derdilar. Shuning uchun Alloh Taolodan rizqda, mol-u dunyoda, farzandlarda, ilmda, amalda, kunlarda baraka berishini so‘rab duo qilishimiz kerak ekan...

 

  • «Qo‘y boqinglar! Chunki unda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
  • Qo‘y boqinglar, chunki u barakadir» (Imom Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyatlari);
  • Qo‘y jannat jonivorlaridandir» (Imom Termiziy rivoyatlari);
  • Qo‘y boqing, chunki unda baraka bor» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Alloh qaysi bir payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, albatta u qo‘y boqqandir».

  •  

U Zot: «Ha, men ham bir necha qirot evaziga Makka ahlining qo‘ylarini boqar edim», deb javob berganlar (Imom Buxoriy rivoyatlari).
​Mazkur hadisi-shariflarga asosan ulamolar sharhlab: “Uyda qo‘y bo‘lishi o‘sha xonadon ahli uchun rizq eshiklari ochilishiga va turli balolardan himoya bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, deyishadi.

 

  • Sahar vaqti uyqudan turish – barakadir.

 

  • Isrof – barakaning dushmanidir.

 

  • Erta turib, hovli-sahnlarni supurish, ko‘chalarga suv sepish, tilsiz jonivor hayvon-parrandalarni ozuqalantirish, ekin-tekinlarni parvarish qilish, kundalik ro‘zg‘or yumushlari bilan shug‘ullangan xonadonga albatta Allohning rahmati, fayzu ilohiysi va o‘zgacha barakasi yog‘iladi. Chunki bu ishlarning hammasi koni savobdan iborat amallardir. Bu masala ko‘plab mo‘tabar kitoblarimizda zikr etilgan.

 

  • Ota-onasi va ustoziga hurmat ko‘rsatmagan kishining topishida baraka bo‘lmaydi.

 

  • Hurmat-ehtirom ila ota-onasi va ustozining xizmatlarini qilmagan kishining topishida baraka bo‘lmaydi.

 

  • Ota-onasiga xizmat qilgan farzandning umri – barakali, ularga qarshi chiqqanning esa barakasiz bo‘ladi.

 

  • Erta turilgan xonadonga baraka yog‘iladi.

 

  • BARAKALI UY:

Har bir inson uyida tinchlik, muhabbat va baraka bo‘lishini xohlaydi. Bu o‘z-o‘zidan kelmaydi.

Muhim qoidalari:

  • Rizq halol bo‘lsin.
  • Uyga kelayotgan pul halol yo‘l bilan topilsa, uyda baraka bo‘ladi.
  • Oilada ehtirom ustuvor bo‘lsin.
  • Kattalarni hurmat qiling, kichiklarga mehr ko‘rsating.
  • Farzandlarga duo qiling.
  • Ularni faqat so‘z bilan emas, duo bilan tarbiyalang.
  • Ota-onaning duosi uyga baraka keltiradi.
  • Uyda Qur’on sadosi bo‘lsin.
  • Qur’on tilovati, zikr va duolar uyni ma’naviy nurga to‘ldiradi.
  • Mehmonni hurmat qiling.
  • Mehmon – rizq va barakaning sababchisidir. Unga ko‘ngildan chiroyli xizmat qiling.
  • O‘zaro kechirimli bo‘ling.
  • Uyda adovat emas, kechirim, sabr, tushunish va o‘zaro hurmat bo‘lsin. Bu tinchlikning kalitidir.
  • Sadaqa va yaxshilikni odat qiling.
  • Sadaqa faqat moddiy emas, shirin so‘z, yaxshi muomala ham bir yaxshilikdir.
  • Albatta, ushbu amallar doimiy bo‘lsa, Alloh taolo har qanday xonadonga baraka, muhabbat va tinchlik ato etadi.

 

 

BARAKANING (insonga bildirilgan) 177 ta SIRI

(barakaning [umri, rizqi, oilasi, ishlari, daromadidagi] sabablari)

ni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

  1. Qur’oni karim o‘qilganda jim turish.
  2. Qur’oni karimni betahorat ushlamaslik.
  3. Ota-onaning haqlariga har doim duo qilish.
  4. Ota-onani aslo behurmat qilmaslik.
  5. Ota-onaning ko‘ngillarini hech qachon og‘ritmaslik.
  6. Ota-onaga kechayu kunduz, og‘rinmasdan xizmat qilish.
  7. Ota-onaga kechayu kunduz sidqidildan va mehr bilan xizmat qilish.
  8. Ota-onaning duolarini doimo olib yurish.
  9. Ustozlarining duolarini olish.
  10. Ota-onaning qadrdonlarini ham e’zozlash.
  11. Ota-onaga hargiz-hargiz oq bo‘lmaslik.
  12. Ota-onani ismlari bilan chaqirmaslik.
  13. Ota-onaga mutlaqo itoatsizlik qilmaslik.
  14. Ota-onaga aslo bepisand bo‘lmaslik.
  15. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ning hurmatlarini joyiga qo‘yish.
  16. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ga nisbatan beodoblik qilmaslik.
  17. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan kesib o‘tmaslik.
  18. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ga tik qaramaslik.
  19. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ning oldilariga tushib yurmaslik.
  20. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) bilan, hatto telefon orqali gaplashganda ham, o‘rnidan turib gaplashish.
  21. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ga doimo xizmat qilib, ularning duolarini olib yurish.
  22. Aka-ukalar, opa-singillar bilan bemehr bo‘lmaslik.
  23. Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish.
  24. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan chiroyli muomala qilish.
  25. Ayollariga doim shirinso‘zlik bilan muomala qilish.
  26. Ayollarning erlariga doimo itoatli bo‘lishlari.
  27. Ota-onani doimo e’zozlash.
  28. Farzandlarga mehribonlik qilish.
  29. Farzandlarga duo qilish.
  30. Uyda aslo janjal qilmaslik.
  31. Uyda kechirimlilik, sabr-toqat, o‘zaro tushunish va hurmat-ehtiromni saqlash.
  32. O‘tganlarning haqlariga har doim, har kuni kamida besh mahal namozda duo qilish.
  33. Ota-onaning haqlariga har doim, har kuni kamida besh mahal namozda duo qilish.
  34. Borga qanoat qilib, hamisha shukr qilish.
  35. Barcha ishlarda doimo Xudodan qo‘rqib ish tutish.
  36. Tez-tez sadaqa berib turish.
  37. Biror insonni xafa qilmaslik.
  38. Olimlar va ulamolarni hurmat qilish.
  39. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) bilan hech qachon va umuman tortishmaslik.
  40. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ga yolg‘on gapirmaslik.
  41. Xudo bergan ne’matlarni aslo uvol qilmaslik va isrofga yo‘l qo‘ymaslik.
  42. Istig‘for aytishni kanda qilmaslik.
  43. Axloqsizlik qilmaslik.
  44. Ilm o‘rganishga intilish.
  45. Turar joy (uy, ishxona)larni toza-ozoda tutish.
  46. Kiyim-kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim)larni pokiza tutish.
  47. Junub holatida yeb-ichmaslik.
  48. Oila a’zolari bilan janjallashmaslik.
  49. Iloji boricha qarzdor bo‘lmaslik.
  50. Mehmonga haqoratomuz nazar bilan qaramaslik.
  51. Mehmonni hurmat qilish.
  52. Mehmonga chin dildan, chiroyli xizmat qilish.
  53. Behayolik qilmaslik.
  54. Besabrlik qilmaslik.
  55. O‘zidan yoshi katta odamning oldiga tushib yurmaslik.
  56. Uy-ro‘zg‘orda, ishda va kundalik hayotda tartib-intizomga rioya qilish.
  57. Uy-ro‘zg‘orda va ishxonada pokizalikka rioya qilish.
  58. Uy-ro‘zg‘orda va ishxonada ozodalik va pokizalikni saqlash.
  59. Dangasalik qilmaslik.
  60. Atrofdagilarga nisbatan beozor bo‘lish.
  61. Odamlarga aslo aziyat yetkazmaslik.
  62. Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga aslo zulm qilmaslik.
  63. Yolg‘on gapirmaslik.
  64. Har bir ishni «Bismillohir rahmonir rahim» bilan boshlash.
  65. Erta yotish.
  66. Erta turish.
  67. Uyga kirganda salom berib kirish.
  68. Qo‘y boqish.
  69. Namozlarni qazo qilmaslik.
  70. Oilada shirinso‘z va xushmuomala bo‘lish.
  71. Qur’oni karim o‘qishni tark etmaslik.
  72. Tanishlarga ham, notanishlarga ham salom berish.
  73. Odamlarga birinchi bo‘lib salom berish.
  74. O‘zidan yoshlarga birinchi bo‘lib salom berish.
  75. Salom berganlarga ziyodasi bilan yanada chiroyliroq javob qaytarish.
  76. Tong paytida uxlamaslik.
  77. Rizqning halol bo‘lishiga e’tibor berish.
  78. Uyga keladigan pulni halol yo‘l bilan topish.
  79. Uyga keladigan narsalarning halol bo‘lishiga e’tibor berish.
  80. Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish.
  81. Oila a’zolari bilan birga dasturxon atrofida o‘tirish.
  82. Dasturxon atrofida bosh kiyim bilan o‘tirish.
  83. Dasturxonda taomni ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)dan oldin boshlamaslik.
  84. Bebismilloh taom yemaslik.
  85. Dasturxon atrofida ham ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ga chiroyli xizmat qilish.
  86. Dasturxondan duo qilmasdan turmaslik.
  87. Non ushoqlarini oyoqosti qilmaslik.
  88. Idish-tovoqlarni toza tutish.
  89. Taomlanishda man etilgan narsalardan saqlanish.
  90. Taomdan oldin va keyin qo‘lni yuvish.
  91. Taomni birgalikda yeyish.
  92. Taomni "Bismillohir rahmonir rahim" deb boshlash.
  93. Taomning o‘rtasidan emas, chetidan olish.
  94. Muborak Ramazon oylarida saharlik qilish.
  95. Ovqatni qaynoq holda iste’mol qilmaslik.
  96. Saharda bedor bo‘lish.
  97. Xurmo, sut, asal, sirka, arpa qo‘shib tayyorlangan nonni iste’mol qilib turish.
  98. Berilgan rizqqa hamisha rozi bo‘lish.
  99. Bor rizqidan aslo norozi bo‘lmaslik.
  100. Qo‘l yuvmasdan taom yemaslik.
  101. Tik turib taom yemaslik.
  102. Tik turgan holda ichmaslik.
  103. Suyanib ovqat yemaslik.
  104. Nonni tish bilan uzmaslik.
  105. Ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) gapirganlarida sukut saqlab, jim turib, ularni diqqat bilan tinglash.
  106. O‘zidan yoshlari kattalarni doimo hurmat qilish.
  107. O‘zidan yoshi kichiklarni doimo izzat qilish.
  108. Uyda Qur’on tilovati, zikr va duolarni ko‘paytirish.
  109. Oilada hurmat-ehtiromni ustuvor qilish.
  110. Nojo‘ya (behayo, xunuk, sovuq, yoqimsiz va ko‘ngilga tegadigan) so‘zlarni ishlatmaslik.
  111. Odamlar bilan aslo tortishmaslik.
  112. G‘iybat qilmaslik.
  113. Qabriston, masjidlarga bosh kiyimsiz kirmaslik.
  114. Ishlarni ertalabdan vaqtli bajarish.
  115. Ko‘p salavot aytish.
  116. Idish-tovoqlarni yuvmasdan ertalabgacha qoldirmaslik.
  117. Shamolni, ob-havoni, zamonni so‘kmaslik.
  118. Dinimizning shiorlari va muqaddas qadriyatlari (Qur’oni karim, hadisi-shariflar, Qibla, masjid, ulamolar, joynamoz, tasbeh, Ramazon oyi, fazilatlari bisyor ulug‘ ayom kunlari, azon, namoz, tahorat, Haj, Umra va boshqalar)ni samimiy hurmat-ehtirom qilish va e’zozlash.
  119. Ko‘p va ortiqcha gapirmaslik.
  120. Uyda chiqindi to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik.
  121. Uyda o‘rgimchak to‘ri qoldirmaslik.
  122. Tunda uy supurmaslik.
  123. To‘mtoq qalam bilan yozmaslik.
  124. Siniq taroq bilan soch taramaslik.
  125. Tirnoqni tish bilan kesmaslik.
  126. Imkon qadar doim batahorat yurish.
  127. Hojatxonaga yalangbosh kirmaslik.
  128. Hojatxonada gaplashmaslik.
  129. Hojatxona (eshigi, qopqog‘i)ni yopib yurish.
  130. Hovuz, hammom yoki g‘uslxonaga peshob qilmaslik.
  131. Daraxt ostiga peshob qilmaslik.
  132. Tik turgan holda peshob qilmaslik.
  133. Faqirlarni kamsitmaslik.
  134. Bemor, nochor, qiynalgan insonlarning ustidan kulmaslik.
  135. Bemorlar holidan xabar olib, duolarini olish.
  136. Har qanday qabriston va qabristondagilarga nisbatan hurmatsizlik qilmaslik.
  137. Bomdod namozidan keyin quyosh chiqquncha uxlamaslik.
  138. Hargiz noshukrlik qilmaslik.
  139. Masjidda dunyoviy gaplarni gapirmaslik.
  140. Shomdan keyin uxlamaslik.
  141. Shom va xufton namozlari orasida uxlamaslik.
  142. Qorong‘i joyda ovqat yemaslik.
  143. Mazlum, yetim, nogiron, bemor, nochor, g‘arib, qiynalgan insonlarga imkon qadar g‘amxo‘rlik qilish.
  144. Nomahram ayollarga shahvat nazari ila qaramaslik.
  145. Zinoga yaqinlashmaslik.
  146. Ayollarning erkaklar yo‘lini kesib o‘tmasligi.
  147. Ribo (sudxo‘rlik)dan ehtiyot bo‘lish.
  148. Xiyonat qilmaslik.
  149. Ayollarning tik turgan holda soch taramasligi.
  150. Boshqalarni hargiz ayblamaslik.
  151. O‘zaro kechirimli bo‘lish.
  152. Tilanchilik qilmaslik.
  153. Ostonada o‘tirishni odat qilmaslik.
  154. Oldi-sotdida qasam ichmaslik.
  155. Tijoratda yolg‘on va xiyonatga yo‘l qo‘ymaslik.
  156. Xudo bergan qiz farzand uchun aslo xafa bo‘lmaslik.
  157. Bolalarni yaxshi ko‘rish.
  158. Xalqning duosini olishga munosib ishlar qilish.
  159. Musofirlarga doim yordam berish.
  160. Safarga chiqqanda yon-atrofdagilarga ozor yetkazmaslik.
  161. Ayollar, yosh bolalar, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarida cheklovlari borlar bilan tortishmaslik.
  162. Azador xonadonlarga ta’ziya izhor etish.
  163. Oldi-sotdida, qarzni qaytarishda va berilgan va’dalarni bajarishda vafoli bo‘lish.
  164. Suhbatdoshning gaplarini sukut saqlab, diqqat bilan tinglash va uning so‘zini bo‘lmaslik.
  165. Uyda siniq, yaroqsiz narsa (idish-tovoq, turli ro‘zg‘or buyum)lardan foydalanmaslik.
  166. Qibla tomonga behurmatlik ish (oyoq uzatish, tupurish, hojat kabi)larni qilmaslik.
  167. Hammaga faqat yaxshilikni ravo ko‘rish.
  168. Fosiq va sudxo‘rlardan uzoqroq yurish.
  169. Gunoh ishlardan o‘zini tiyish.
  170. Sadaqa berish va yaxshilik qilishni odatga aylantirish.
  171. Ota-onaga bo‘lgan mehrni namoyon etish maqsadida har kuni, har hafta, har oy, bayramlarda va ota-onaning quvonchli kunlarida ularning ko‘ngillarini ko‘tarish. Buning uchun telefon orqali tilaklar, rasmlar, videolar, xabarlar, ovozli xabarlar va SMS-xabarlar yuborish; imkoniyat bo‘lganda yuzma-yuz ko‘rishish; turli sovg‘a-salomlar bilan ularning ko‘ngillarini ko‘tarib, bebaho va betakror tabarruk duolarini muntazam olib turish.
  172. Ota-onaning sog‘liklaridan, kundalik obi-taomlaridan, darkor bo‘lsa dori-darmonlaridan Xudo bergan har bir kunda doimo xabardor bo‘lib turish. Ularning holidan har kuni jiddiy diqqat bilan haqiqatan boxabar bo‘lib, mehrli e’tibor bilan shirin muomala qilish. Barcha kam-ko‘stlarini doimiy ravishda, o‘z vaqtida, tezkor va to‘liq ta’minlab, mehribonlik ila yetkazib turish.
  173. Ota-ona, barcha mo‘min-musulmonlar, o‘z xalqi, yurti, yaqinlari, qavm-qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari, oila a’zolari uchun va o‘zi uchun ham baraka so‘rab duo qilish.
  174. Barcha ishlarda Xudoga tavakkal qilish.
  175. Vaqtni to‘g‘ri, unumli va manfaatli taqsimlash.
  176. Bor-yo‘g‘iga, issiq-sovug‘iga, ko‘p-oziga qaramay, har doim shukr qilish.
  177. Har bir harakatini Xudo ko‘rib turganini doimo esda tutib ish tutish.

ILOHO MЕHRIBON PARVARDIGORIMIZ O‘ZI buyurgan,

Janobi PAYG‘AMBARIMIZ SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM tavsiya etgan,

o‘tmishda O‘TGANLARIMIZNING ruhlari shod bo‘ladigan,

XALQIMIZ xursand bo‘ladigan,

OTA-ONALARIMIZ rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

 

   Ibrohimjon domla Inomov

Maqolalar