Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Mehmonlar Samarqandda (Fotolavhalar)

21.10.2017   7301   1 min.
Mehmonlar Samarqandda (Fotolavhalar)

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari «Afrosiyob» tezyurar poyezdida Samarqandga ketishmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari «Registon plaza» mehmonxonasiga joylashishmoqda.

 Mehmonlar Imom Buxoriy bobomiz qabrlarini ziyorat qilishdi. 

Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi

Konferensiya ishtirokchilari Hazrat Doniyor maqbarasini ziyorat qilishdi

Konferensiya ishtirokchilari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida.

Konferensiya ishtirokchilari Siyob bozorida.

Konferensiya ishtirokchilari Go‘ri Mir maqbarasida.

Konferensiya ishtirokchilari Registon maydonida bo‘lishdi. Shuning bilan ularning Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylar bo‘ylab uyushtirgan ziyoratlari yakunlandi.

Hurmatli portalimiz muxlislari, xalqaro konferensiya ishtirokchilari ertaga ertalab Samarqand shahridan Buxoroga jo‘nab ketishadi. Safar dasturiga ko‘ra, ular shahardagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishadi. Muslim.uz portali ijodkorlari ertangi safar jarayonlari, ishtirokchilarning taassurotlarini telegramdagi kanalimiz, feysbukdagi sahifamiz  va saytimiz orqali yoritib borishni rejalashtirganmiz. Bizni kuzatib boring.

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Misrdagi xalqaro anjumanda ishtirok etadi

02.09.2026   9071   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Misrdagi xalqaro anjumanda ishtirok etadi

Joriy yilning 2–3 sentyabr kunlari Qohira shahrida Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etadi. Ma’lumki, joriy yil iyul oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Butunjahon Fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati a’zoligiga qabul qilingan edilar.

Xalqaro yig‘inda dunyoning taniqli muftiylari, fatvo va fiqh markazlari ulamolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Al-Azhar dorulfununi kabi nufuzli oliygohlar professorlari hamda soha mutaxassislari jam bo‘ladi.

Kun tartibida sun’iy intellekt, jadal raqamlashtirish va zamonaviy bioetika zamonida oila instituti mustahkamligini ta’minlash, ayollar huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ma’naviy inqirozlarga islomiy qadriyatlar asosida shar’iy va ilmiy yechimlar topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari