Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Qizg‘anchiq bo‘lmang

17.08.2017   8321   1 min.
Qizg‘anchiq bo‘lmang

Ayol yo‘l chetida tuxum sotib o‘tirgan choldan so‘radi:

– Tuxum necha pul?

– Donasi 2 dirhamdan.

– 6 donasini 10 dirhamga berasizmi yoki ketaveraymi?

Otaxon noiloj rozi bo‘ldi. Mayli, olaqoling, bugun hali bir dona ham tuxum sotganim yo‘q. Juda bo‘lmaganda savdoimni sizga sotish bilan boshlay. Oxirgi payt savdo unchalik yaxshi emas, juda kam tuxum sotayapman.

Ayol butun boshli boylikni qo‘lga kiritganday 2 dirham arzonga olgan tuxumlarni olib hursand bo‘lib o‘zining qimmatbaho mashinasi tomon yugurdi...

...Ayol dugonalari bilan restoranga bordi. U yerda har doimgidek ko‘p buyurtma berishdi, natijada ko‘pgina iste’mol qilinmagan yeguliklar ortib qoldi.

130 dirhamlik chek olib kelishganda, bu ayol 150 dirham to‘lab qaytimi kerak emasligini aytdi. Ushbu voqea restoran faoliyatida oddiy xol, lekin tuxum sotib kun ko‘rayotgan chol uchun esa og‘riqli masala. Bu ayol 2 dirhamni qizg‘andi, lekin deyarli 150 dirhamni ko‘kka sovurdi.

Nima uchun ana shunday o‘rinlarda savob qilish o‘rniga,  qizg‘anchiqlik qilamiz?! Muhtojga berishga mablag‘ orttirolmaymiz, lekin orzu havasga bir necha millionlab sarf qilamiz. Atrofdagilar bizga baho berishi uchun o‘zimizni ko‘rsatamiz, aslida-chi, aslida bahoni Xoliq bermaydimi?!  

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Mohira Zufarova

tayyorladi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yashashdan muddao ne?

15.05.2025   3641   1 min.
Yashashdan muddao ne?

Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.


Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi. 


Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi. 


Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?


Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin! 
 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar