Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sehrgarlar shaytonning xizmatkorlaridir. Shayton insonlarni Allohga ibodat qilishdan to‘sish uchun o‘z “xodimlari”ni ishga soladi. Buning uchun sehrgar o‘zining huzuriga keluvchilarni Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yishga, tumor taqishga chaqiradi. Natijada ularni asta-sekin shirk amallarga boshlaydi.
Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tumor taqsa, batahqiq shirk keltiribdi”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Sehrgarlarning yana boshqa makrlaridan biri bu – huzuriga kelganlarning kasalliklari haqida bilishlarini da’vo qilishlari sanaladi. Ular har bir insonda uchrab turadigan bemorlik va muammolar masalan, bosh, bel og‘rig‘i, ba’zan g‘amga botish kabilarni aytib, o‘zlarini go‘yoki mijozning har bir dardi hamda sirini biladigandek ko‘rsatishadi.
Yana sehrgarlar varaqlarga Qur’oni karimdagi ayrim oyatlardan yozib, o‘zlarini xuddi jinlardan emas, Allohdan yordam-madad so‘rayotgandek qilib ko‘rsatib, odamlarni aldaydilar.
Davomi bor...
Davron NURMUHAMMAD